Variant-10 Intellektual axborot tizimlari turlari nima va u qanday shakllanadi?
Download 10.33 Kb.
|
Variant-10 1. Intellektual axborot tizimlari turlari nima va u qanday shakllanadi? 2. “Iqtisodiyotda suniy intellekt texnologiyasi” fanining predmeti va vazifalar 3. Data lake tushunchasi va uning vazifalari #1 Intellektual axborot tizimi (IAT) - muammolarni hal qilish uchun yuqori malakali ekspertlar bilimlarini o'rganish va qo'llashdir. Bunday tizimlarning xususiy holi sifatida exspert timlarni keltirish mumkin. Exspert tizim(ET)lar – bu SI ning amaliy tizimlari bo‘lib, ular biror bir predmet sohadagi exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan bilimlarga asoslanadi. ETlar exspertlar soni kam bo‘lganda, masalani yechishda yetarli operativlik holati yetishmaganda yoki exspertlar uchun havfli va sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi sharoitlarda qo‘llaniladi. ETlar yordamida yechiladigan masalalar sinfiga quyidagilarni kiritish mumkin: tashxislash, bashoratlash, anglash, boshqarish, loyihalash, monitoringlash. ETlardan foydalaniladigan faoliyat sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, mikroelektronika, radioelektronika, huquqshunoslik, iqtisod, ekologiya, geologiy (foydali qazilmalarni qidiruv), matematika. #2 Intеllеkt — insonning tafakkur yuritish qobiliyati. Suniy intеllеkt — inson intеllеktining ba'zi vazifalarini o’zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar hususiyati. Sun'iy intеllеkt shaxsning nisbatan barqaror bo’lgan, masalan, axborotni qabul qilish va undan ma'lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. Kompyutеrda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo’lsa-da, intеllеktual hisoblanmaydi. Bu o’rinda maktabda bajariladigan arifmеtik amallar intеllеktual emasmi, dеgan savol tug’iladi. Bu ifodada masalaga tеgishli qandaydir noaniq elеmеnt mavjud. Bu masalani yechish cning aniq algoritmi noma'lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart matеriallar masalani yechish c mеtodini bilmaydigan o’quvchi uchun javobni izlash, anik aqliy mеxnatni talab qiladigan intеllеktual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o’quvchi, ushbu turdagi masalani avtomatik ravishda еchadi. Lektsiyalar kursining asosiy mazmuniga qirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» haqidagi tushunсhani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunсhani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin biz buni qila olmaymiz. Chunki , hozircha «intellekt va SI haqida biron-bir aniq fikr yo’q. Bu tushunсhani turli fan sohalarida ijod qiluvchi olimlarning talqin qilishlari turlicha, fikrlashlarida yakdillik yo’q. Shu sababli bu tushunchalarning mazmunini o’quvchiga tushuntirib berishga harakat kilamiz. «Intellekt» so’zi lotincha «intellestuz» so’zidan kelib chiqkan bo’lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki fahmlash (aql) ma’nosini beradi. «Intellekt» so’zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunсhani (katta sovet entsiklopediyasi va Vesterning amerika lug’atidan olingan) keltiramiz. Bu tushunchalar «intellekt» tushunсhasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt - fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga o’xshash. Umumiy holda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) - o’z xulqini sozlash yo’li bilan har qanday (ayniqsa yangi) holatga yetarli baho berish qobiliyati. Intellekt - turmushdagi dalillar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tushunish qobiliyati. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi harakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo’ladi. #3 Data lake(ma'lumotlar ko'li) - qayta ishlanmagan katta ma'lumotlar ombori. "Ko'l" har xil manbalardan kelgan, har xil formatda bo'lgan ma'lumotlarni saqlaydi. Bu esa odatiy relatsion ma'lumotlar omborida ma'lumotlarni aniq struktura asosida saqlashdan ko'ra arzonroqqa tushadi. Ma'lumotlar ko'li, ma'lumotlarni boshlang'ich holatida analiz qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, "ko'l"lardan bir vaqtni o'zida bir nechta ishchilar foydalanishlari mumkin. Download 10.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling