Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006
Mexanika va Molekulyar fizika-1053
Download 336.44 Kb.
|
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International School
Mexanika va Molekulyar fizika-1053
Massasi 4 kg, zichligi 1,6 g/cm3 bo`lgan jism suvda pastga 4 m/s tezlik bilan cho‘kmoqda. Suvning jism harakatiga qarshilik kuchini toping. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg. A) 16 N B) 25 N C) 15 N D) 12 N Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,04 Ballondagi argon gazi ishlatilishi davomida gazning massasi 20% ga, bosim esa 2 marta kamaygan bo‘lsa, uning harorati dastlabki haroratiga nisbatan necha marta kamaygan? 1,6 marta B) 2,5 marta C) 1,25 marta D) 2 marta Bekatda turgan avtobus qanday tezlanish bilan harakat qilsa, u 4 s da 80 m masofa bosib o‘tadi? A) 8 m/s2 B) 4 m/s2 C) 10 m/s2 D) 6 m/s2 10 sutkada stakandagi 100 g suv butunlay bug‘lanib ketdi. Suv sathidan 1 s da o‘rta hisobda nechta molekula uchib chiqqan? M=18 g/mol. A) 5,05·1016 B) 5,5·1014 C) 3,86·1018 D) 2,36·1019 Gidravlik domkrat kichik porshenining yuzasi 2,4 cm2 bo‘lib, unga ta’sir etuvchi kuch 1000 N. Katta porshen yuzasi 2880 cm2 bo‘lsa, bu domkrat qanday massali yukni ko‘tarishi mumkin? g=10 N/kg. A) 20 t B) 120 t C) 10 t D) 100 t Massasi 140 g bo‘lgan xlor gazi molekulalarining sonini aniqlang. M=35 g/mol. A) 6,02·1023 B) 12,04·1024 C) 12,04·1023 D) 6,02·1025 Jism yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi potensial energiyasining 25% iga teng bo‘ladi? g=10 N/kg. A) 20 m B) 60 m C) 64 m D) 16 m Uzunligi 4 m va massasi 500 kg bo‘lgan bir jinsli metall sterjen yerda yotibdi. Uning bir uchini sterjen bilan yer orasidagi burchak 300 bo‘lguncha ko‘tarishda bajarilgan ishni toping. g=10 N/kg. 1 kJ B) 5 kJ C) 2 kJ D) 0,5 kJ Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan? 5 kJ B) 10 kJ C) 2,5 kJ D) 0,5 kJ Uzunligi 1 m bo‘lgan ipga osilgan yuk vertikaldan 600 burchakka og‘dirib, qo‘yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatidan qanday tezlikda o‘tadi? g=10 N/kg. A) 10,2 m/s B) 1,15 m/s C) 3,16 m/s D) 5 m/s 10 m/s necha km/h ga teng? 36 km/h B) 72 km/h C) 54 km/h D) 2,77 km/h Uzunligi 80 cm, bikrligi 2 kN/m bo‘lgan elastik prujinaga 4 kg massali yuk osilgan. Prujinaning nisbiy uzayishini toping. g=10 N/kg. A) 0,05 B) 0,0625 C) 0,02 D) 0,025 Aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli va burchak tezliklari 2 martadan ortdi. Uning markazga intilma tezlanishi qanday o‘zgaradi? 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi 6 kg massali jismga 48 N kuch qanday tezlanish bera oladi? A) 96 m/s2 B) 8 m/s2 C) 16 m/s2 D) 2 m/s2 Gazning harorati 27 0C bo‘lganda, u 30 litr hajmni egallagan. Bosimni o‘zgartirmasdan, hajmni 5 litrga orttirish uchun gazning haroratini qanchaga ko‘tarish kerak? A) 32 K B) 300 K C) 50 K D) 30 K Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg. 17 min B) 39 min C) 28 min D) 54 min 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan? 18 kPa B) 17 kPa C) 15 kPa D) 16 kPa Tekislikka tik ravishda ta’sir qilayotgan 0,75 kN kuch 25 kPa bosim beradi. Ta’sir yuzasini toping. A) 300 cm2 B) 3 cm2 C) 30 cm2 D) 0,03 cm2 Qo‘rg‘oshin o‘q 200 m/s tezlik bilan uchib kelib, qumga tiqilib qoldi. Agar o‘qning energiyasi to‘laligicha issiqlik energiyasiga aylansa, o‘q necha gradusga qiziydi? c=130 J/(kg·K). A) 1300 B) 1200 C) 1540 D) 1100 Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 20% ga ortsa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi? 28% ga ortadi B) 68% ga ortadi C) 20% ga ortadi D) 44% ga ortadi Agar Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s2 bo‘lsa, massasi Yerning massasidan 4 marta ko‘p, radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta bo‘lgan sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishini toping. A) 20 m/s2 B) 10 m/s2 C) 5 m/s2 D) 40 m/s2 Gorizontga burchak ostida 25 m/s tezlik bilan otilgan jism 4 s da yerga tushdi. Uning uchish davomidagi minimal tezligini aniqlang (m/s). g=10 N/kg. A) 10 B) 15 C) 25 D) 20 Sun’iy yo‘ldosh orbitasining radiusi 4 marta kamaysa, uning doiraviy orbita bo‘ylab aylanish davri qanday o‘zgaradi? 2 marta kamayadi B) 4 marta kamayadi C) 8 marta kamayadi D) 4 marta ortadi 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism 4 sekundda qancha masofaga ko‘chadi? g=10 N/kg. A) 144 m B) 60 m C) 140 m D) 80 m Idishdagi vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadrtik tezligi 2400 m/s, konsentratsiyasi esa 4,1∙1018 cm-3 bo‘lsa, uning idish devoriga ko‘rsatadigan bosimini toping. M=18 g/mol, NA=6·1023 mol-1. 0,026 Pa B) 26 kPa C) 26 MPa D) 0,26 MPa Shisha parchasi suvda 5 m/s2 tezlanish bilan tushadi. Shishaning zichligini toping (kg/m3). Suvning shisha harakatiga qarshiligini hisobga olmang. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg. A) 4000 B) 1000 C) 2000 D) 3000 Yuqoriga 2 m/s tezlik bilan ko‘tarilayotgan lift tormozlanib to‘xtadi. Agar tormozlanish yo‘li 2 m bo‘lsa, shu oraliqda lift ichidagi 50 kg massali odamning vazni qanday bo‘ladi? g=10 N/kg. A) 500 N B) 400 N C) 550 N D) 450 N Massasi m bo‘lgan avtobus 𝜐 tezlik bilan qiyaligi α bo‘lgan tepalikka chiqyapti (α-qiya tekislik bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak). Dvigatelning quvvati N ga teng. Ishqalanish koeffitsiyentini aniqlang. A) 𝑁𝜐−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝑐𝑜𝑠𝛼 B) 𝑁−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝜐𝑐𝑜𝑠𝛼 C) 𝑁−𝑚𝑔𝜐𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝜐𝑐𝑜𝑠𝛼 D) 𝑁−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝑐𝑜𝑠𝛼 Umumiy qanot yuzasi 20 m2 bo‘lgan samolyotning ko‘tarish kuchi va peshana qarshilik kuchini aniqlang. Samolyotning qanoti ostidagi bosim 9,8 N/cm2, ustidagi bosim esa 9,7 N/cm2, peshana qarshilik kuchi ko‘tarish kuchidan 20 marta kichik. g=10 N/kg. A) 350 kN, 17,5 kN B) 98 kN, 97 kN C) 20 kN, 1 kN D) 100 kN, 5 kN Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International SchoolDownload 336.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling