Aposteriori va apriori (lot. a posteriori – tajribadan so‘ng va a priori – tajribagacha) – bilim va uning manbalariga oid falsafiy terminlar. Aposteriori – hissiy bilish orqali tajribadan olingan bilim. Apriori – ongga xos bo‘lgan tug‘ma bilim. Kant falsafasida bilim bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki qismga – tajribaga-cha va tajribadan so‘ng vujudga keluvchi bilimlarga bo‘lib tekshiriladi. Kantda makon va zamon kabi tushunchalar sof apriori tushunchalar hisoblanadi, biroq idroksiz, faqat ular yordamidagina hech qanday bilimga erishish mumkin emas. 20-asrda neokantchilik, pragmatizm va konvensionalizm asosida apriorilikning funksional g‘oyasi deb ataladigan g‘oya vujudga keldi, unga ko‘ra apriori 580qoidalari – fandagi ana shu dastlabki farazlar shartlilik, konvensionallik holatini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |