Variant №23 Naqd pullarni muomalaga chiqarish tartibi To‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar Taklif inflyatsiyasi Pul massasini o’sish sur’atlarini nazorat qilish Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi
Download 76.7 Kb.
|
Pul va banklar VARIANT № 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAVOB: Naqd pullarni muomalaga chiqarish tartibi
- To‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar Taklif inflyatsiyasi
- Pul massasini o’sish sur’atlarini nazorat qilish
- Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi Nullifikatsiya
VARIANT № 23 Naqd pullarni muomalaga chiqarish tartibi To‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar Taklif inflyatsiyasi Pul massasini o’sish sur’atlarini nazorat qilish Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi JAVOB: Naqd pullarni muomalaga chiqarish tartibi Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir. Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko‘rsatiladi: Moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi; Bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi; Ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi; Nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi; Pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi. To‘lovlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik to‘lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud: Kalendar ketmaketlik. Maqsadli ketmaketlik. Kalendar ketma-ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha to‘lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo‘llaniladi. Maqsadli ketma-ketlikda to‘lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to‘lanadi. Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladi. Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. To‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar Taklif inflyatsiyasi Iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borishi natijasida narxning ko'tarilishi. Taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o'sishidir. Xarajatlarning o'sishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyaning ikki shakli mavjud: a) ish haqining o'sish inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi to'lanadigan ish haqi va daromadlarga mutanosib borishi shart, agarda u buziladigan bo'lsa, jami taklif kamayadi, narx ko'tariladi; b) taklif mexanizmining buzilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya, u kutilmaganda birdaniga xomashyo va energiya narxining ko'tarilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda 1973-1974 va 1979-1980-yillarda chetdan olib kelinadigan neft narxining keskin ko'tarilishi. Pul massasini o’sish sur’atlarini nazorat qilish Pul massasi — xoʻjalik aylanma-siga xizmat koʻrsatadigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli harid va toʻlov vositalarining jami hajmi. Pul massasi muomaladagi va jami Pul massasigaboʻlinadi. Muomaladagi Pul massasi muayyan davrda, muayyan sanada hara-katda, muomalada boʻlgan pul miqdo-rini, jami Pul massasi muomalaga chiqarilgan pullarning toʻliq miqdorini bil-diradi. Unga nakd pullar, korxonalar va aholining banklarda hisobvaraklarda saqlanayotgan pul mablagʻlari, toʻlanishi shart boʻlgan pul majburiyatlari kiradi. Tovar ayirboshlash va toʻlov-hisobkitob munosabatlari shakllarining rivojlanishi bilan muomalada yurgan Pul massasining tarkibi va tuzilmasi jiddiy oʻzgarishlarga uchraydi.[1] Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi Nullifikatsiya (lotincha: nullifi catio -yoʻqotish) — biror hujjatni yuridik kuchdan, qonuniylikdan mahrum etish. Qimmatli qogʻozlarga va pul belgilariga nisbatan N. ularning davlat tomonidan bekor qilinishini bildiradi. Baʼzan amalda devalvatsiyam toʻgʻri keladi. Pul islohotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: – muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo‘yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish: – aholi va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha (to‘liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish): – ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini o‘tkazish: Bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo‘li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G‘arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiyotga o‘tishda qo‘llanilgan. «Shok yo‘li» bilan davolashda ish haqini to‘lashni to‘xtatib qo‘yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o‘tkazish, ish o‘rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o‘tkazilgan pul islohotida aholining naqd pullari va jamg‘armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka nisbatan almashtirildi. Aholining pul jamg‘armalarini to‘lash vaqtincha to‘xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to‘langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo‘lgan disbalans tugatilgan va shu yo‘l bilan inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari to‘xtatilgan. Download 76.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling