Variant-29 Manapoliya sharoitida narxning shakllanishi
Download 20.38 Kb.
|
yarashev nazariya
Variant-29 1.Manapoliya sharoitida narxning shakllanishi.. Monopol narx — monopol mavqedagi subʼyekt (firma)lar bozorda belgilaydigan narx, monopol foyda olishning asosiy vositasi. Monopoliya sharoitida bu sotuvchi narxi boʻlsa, monopsoniya sharoitida haridor narxi shakliga ega boʻladi. Monopol narx erkin bozor narxidan raqobat asosida shakllanmasligi bilan farq qiladi. Monopol narxni belgilashning asosiy maqsadi olinadigan foydani maksimallashtirishdir. Mono-poliyaning narx belgilashdagi hukmronligi uning bozordagi hokimiyati hisoblanadi. Monopol narx oʻrnatilgandatanlash imkoniyati boʻlmaganligi sababli haridor daromadining bir qismini yoʻqotadi. Lekin monopoliya Monopol narxni chegarasiz oshira olmaydi, chunki har qanday narxning yuqori chegarasini harid qobiliyati belgilaydi. Shuni hisobga olib Monopol narx bozor koʻtaradigan narxning eng yuqorisi qilib belgilanadi, ammo bunday narx talabning ela-stikligini yuzaga keltirmaydi, yaʼni talab narxining ortishiga nisbatan tezroq pasayadi. Monopol narxga resurelar narxining ortishi ham taʼsir etadi, chunki harajatlar ortib, foyda qisqaradi. Monopsoniya sharoitidagi Monopol narx haridor narxi hisoblanib, u ishlab chiqaruvchilarning oʻrtacha harajatlari darajasida boʻladi. Buning natijasida monopsonistga tovar sotganlar minimal foyda koʻradi, monopsonist esa narxni pastligidan yutib chiqadi. Bu yerda sotuvchilarning yoʻqotishi haridor — monopsonistning yutugʻiga aylanadi. Monopol narx bozorning asosiy vositasi boʻlganligidan, davlat bu narxlarni nazorat qiladi, ularning haddan ziyod yuqori yoki last belgilanishiga yoʻl bermaydi, narxni oshirish hisobidan topilgan foydani davlat oʻz byudjetiga olib qoʻyadi.
Download 20.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling