Вaриaнт-6 Таҳлилда қўлланиладиган иқтисодий кўрсаткичламинг таснифи ва тавсифини очиб


Иқтисодий таҳлилнинг ахборот базаси


Download 35.9 Kb.
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi35.9 Kb.
#1321585
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-10

2. Иқтисодий таҳлилнинг ахборот базаси
Ҳозирги шароитда иқтисодий таҳлилнинг бошқа фанлар билан ўзаро алоқасини кўриб чиқиш зарурати шунга боғлиқки, ривожланаётган ва амалий талаб юқори бўлган фан сифатида таҳлил “Молия назарияси”, “Молия”, “ Молиявий менежмент” каби турли молиявий фанларнинг асосий инструменти ва мазмунига айланди. Лекин профессионал даражада иқтисодий таҳлил ўтказиш учун таҳлилнинг аниқ мақсадларига мутаносиб жавоб берувчи услубиёт билан бирга ахборот базасини чуқур англаш ҳам талаб етилади. Таҳлилда фойдаланиладиган ахборотларнинг салмоқли қисми бухгалтерия ҳисоби тизимида шаклланади. Иқтисодий таҳлилни ўтказиш учун бухгалтерия ҳисобидан ташқари бошқарув ва молиявий ҳисоботлар ҳам ахборот базаси ҳисобланади.
3.

Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Haqiqatda

Farqi (+;-)

Korxona sof foydasi, ming so’m

235000

258000

23000

Foyda solig’i stavkasi, foizda

15

12

-3

Foyda solig’i summasi, ming so’m

35250

30960

-4290













258000*12/258000*15

180







258000*12/235000*12

158,093617







258000*12/235000*12

197,6170213









ВAРИAНТ-9
1. Иқтисодий таҳлил субйектлари (ҳақиқий ва потенсиал инвесторлар, кредиторлар, маҳсулот йетказиб берувчилар, харидорлар, ходимлар, шунингдек ҳукумат муассасалари, вазирликлар, идоралар, жамоатчилик ва бошқа манфаатдор фойдаланувчилар) ва уларнинг қизиқишлари.
Iqtisodiy tahlil subyektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. Ularni shartli ravishda ichki va tashqi subyektlarga bo’lish mumkin. Ichki tahlil subyektlariga faqat shu firma, kompaniya xodimlari kirsa, tashqi subyektlarga haqiqiy va bo’lgusi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek‚ hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: Mulk egalari (qatnashchilar va ta‘sischilar) va investorlarning e‘tibori ko’proq xo’jalikning ustav kapitalida xissali qatnashishidan oladigan dividendlar summasini mavjudligiga, jalb qilingan investitsiyalar yuzasidan xavf-xatarlarning yo’qligiga qaratiladi.
Kreditorlar – o’zlariga tegishli kreditlar va foizlar o’z vaqtida to’lanadimi yoki yo’q ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar; Mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida-o’zlariga tegishli summa o’z vaqtida to’lanadimi yoki yo’q ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar;
Xaridorlar – ayniqsa‚ (ular uzoq muddatli bitimga ega bo’lsalar yoki mazkur xo’jalik yurituvchi subyektga bog’liq bo’lsalar) xo’jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to’g’risidagi axborotdan manfaatdorlar;
Xodimlar – xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to’g’risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ular ham xo’jalik yurituvchi subyektning o’z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo’yicha ishlash imkoniyatlarini ta‘minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotni olishdan manfaatdorlar;
Davlat boshqaruvi organlari-resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati to’g’risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ularga ham xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma‘lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak;
Jamoatchilikda ham, chunki xojalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga ko’pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta‘minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo’llab-quvvatlash bilan katta hissa qo’shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo’nalishlari va xo’jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so’nggi yutuqlar to’g’risidagi axborot bilan ta‘minlab, ularga yordam beradi. Tashqi tahlil subyektlari qatoriga shuningdek, reyting kompaniyalarini ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar alohida xo’jalik yurituvchi subyektlarning boshqa xo’jalik subyektlarga nisbatan iqtisodiy o’rnini aniqlashga imkon beruvchi axborotlarni tahlil etish va ularni doimiy kuzatuvini olib borish bilan shug’ullanadilar. Moliyaviy tahlil subyektlari xo’jalik subyektlarining moliyaviy holatini kompleks (to’liq) baholashlari ham mumkin. Bu borada auditorlik faoliyatida olib boriladigan tahliliy protseduralarni ham misol qilib keltirish mumkin. Qolgan hollarda analitiklarning va buyurtmachilarning maqsad, manfaatlaridan kelib chiqqan holda zaruriy bo’lgan obyektlar bo’yicha xulosalar chiqarishga etadigan tahlillar o’tkaziladi. Moliyaviy holatning kompleks tahlili ko’proq faqat ichki moliyaviy tahlilga hos jihatdir. Tashqi tahlil subyektlari odatda o’zini qiziqtirgan masala yuzasidan axborotlarning jozibadorligiga ahamiyat qaratadilar.

Download 35.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling