Variant a biologiya
Download 260.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Blok A 1-Biologiya 2-Kimyo 07.08.2020
Variant A Biologiya 07.08.2020-yil. 1. Makroevolutsiya (a) va mikroevolutsiya (b) ni ifoda etuvchi evolutsion o‘zgarishlarni aniqlang. 1) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillaridan sudralib yuruvchilar sinfining kelib chiqishi; 2) g‘o‘za turkumining hosil bo‘lishi; 3) populatsiya genofondini o‘zgarishi; 4) dizruptiv tanlanish natijasi; 5) halqali chuvalchanglar tipining paydo bo‘lishi; 6) geografik alohidalanish tufayli kenja turlarning kelib chiqishi. A) a - 1, 5; b - 3, 4 B) a - 1, 5; b - 2, 4 C) a - 2, 5; b - 1, 6 D) a - 5, 6; b - 1, 4 2. Oziq zanjirlaridagi 1, 2, 3, 4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang. A) 1 - erkak chivin; 2 - laylak; 3 - baqa; 4 - lochin B) 1 - asalari; 2 - kolorado qo‘ng‘izi; 3 - musicha; 4 - lochin C) 1 - sariq galanga; 2 - sichqon; 3 - jayron; 4 - emu D) 1 - o‘rgimchak; 2 - baqa; 3 - kaltakesak; 4-arxar 3. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang. 1) kolorado qo‘ng‘izi; 2) assidiya; 3) zog‘ora baliq; 4) alligator; 5) povituxa qurbaqasi; 6) suqsun; 7) podalariy; 8) kuropatka. A) 3, 4 B) 6, 7 C) 1, 5 D) 2, 8 4. Kelib chiqish markazi Janubi-G‘arbiy Osiyo hisoblangan o‘simliklar haqida ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bug‘doy; 2) sabzi; 3) karam; 4) beda; 5) arpa; 6) suli A) 3 - gulkosachabargi to‘rtta; 4 - gullari qiyshiq B) 2 - to‘pguli murakkab boshoq; 5 – hayotiy shakli o‘t C) 1 - bir uyli; 4 - gulkosachabargi ikki qavatli; 6 - gullari qiyshiq D) 1 - ildizi qo‘shimcha ildizlar yig‘indisidan tashkil topgan; 2 - to‘pguli murakkab soyabon; 6 - to‘pguli murakkab shingil 5. Odam va echki gemoglobinidagi α va β zanjiri aminokislotalarida farq paydo bo‘lishi (a), kiprikli chuvalchanglarni parazit yashashga moslashgan vakillaridan so‘rg‘ichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglarning kelib chiqishi (b), ikki nuqtali tugmachaqo‘ng‘iz qizg‘ish va qoramtir qanotli populatsiyalarining paydo bo‘lishi (c) qaysi biologik hodisalarni aks ettiradi? A) а - konvergensiya; b - divergensiya; с - makroevolutsiya B) а - divergensiya; b - mikroevolutsiya; с - makroevolutsiya C) а - divergensiya; b - makroevolutsiya; с - mikroevolutsiya D) а - makroevolutsiya; b - mikroevolutsiya; с - divergensiya 6. Biologik jarayon va hodisalarni ular o‘rganadigan fan bilan mos holda juftlangan javobni aniqlang. 1) ko‘k kaptar embrionida jabra yoriqlarining bo‘lishi; 2) silliq endoplazmatik to‘rdagi metabolizm jarayoni. A) 1 - embriologiya; 2 - sitologiya B) 1 - paleobotanika; 2 - morfologiya C) 1 - paleontologiya; 2 - lixenologiya D) 1 - lixenologiya; 2 - briologiya 7. Quyidagi ta’riflarga mos keluvchi moddalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) tarkibi monosaxaridlardan iborat; 2) polipeptid bog‘i orqali birikadi; 3) ayrisimon bez tomonidan ishlab chiqariladi. A) 1 - kraxmal; 2 - treonin; 3 - timozin B) 1 - selluloza; 2 - riboza; 3 - uratsil C) 1 - glikogen; 2 - dezoksiriboza; 3 - guanin D) 1 - xitin; 2 - timin; 3 - tirozin 8. Abiotik omil ta’sirini aniqlang. A) tuvaloqni hasharotlar va kaltakesaklar bilan oziqlanishi B) sabzavot va poliz ekinlariga shiralarni katta ziyon keltirishi C) sovuqda daraxt barglarining to‘kilishi D) yovvoyi arining kungaboqar o‘simligini changlatishi 9. Dominant holda irsiylanadigan belgini aniqlang. A) polidaktiliya B) gemofiliya C) daltonizm D) tug‘ma karlik 10. Ko‘krak qafasida joylashgan suyaklarni aniqlang. A) o‘mrov va qovurg‘alar B) to‘sh va o‘mrov suyaklari C) umurtqa va kaftusti suyaklari D) to‘sh va ko‘krak umurtqalari 11. Lolasimonlarga mansub, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o‘simliklarni aniqlang. A) bangidevona, mingdevona B) greyg lolasi, chuchmoma C) mosh, loviya D) mingdevona, g‘o‘za 12. Xo‘roz patining chipor rangda bolishi (B) qora bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digomozigotali qora rangli gulsimon tojli xo‘roz spermatogenezining ko‘payish davri profazasida b allellari (I) va A allellari (II) soni to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) I-2; II-2 B) I-0; II-2 C) I-2; II-0 D) I-4; II-4 13. Nazariy jihatdan makkajo‘xorining changdonidagi 60ta diploid to‘plamli hujayradan hosil bo‘lgan spermiylarning 30%i tuxum hujayrani urug‘lanishida ishtirok etgan bo‘lsa, urug‘lanishda ishtirok etgan tuxum hujayralar sonini aniqlang. A) 36 B) 72 C) 288 D) 144 14. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Sayg‘oqning muskul hujayrasida 7 molekula glukoza to‘liq parchalanishi natijasida . . . . A) 10640 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planadi; glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiya miqdoridan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi B) 8960 kJ energiya ATF ning fosfat bog‘larida to‘planishi glikoliz jarayonida kuzatiladi; tayyorgarlik bosqichida ajralgan energiyaning 60%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi C) aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi; glikoliz bosqichida ajralgan energiyaning 40%i issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi D) glikoliz bosqichida issiqlik energiyasi sifatida tarqalgan energiya to‘plangan energiyadan 1,5 marta ko‘p bo‘ladi; aerob bosqichida 14 molekula sut kislota hosil bo‘ladi 15. Hayotning molekula (a) va hujayra (b) tuzilish darajasiga mos keladigan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) ribosoma katta va kichik bo‘lakchalardan tashkil topgan; 2) riboza i-RNK tarkibiga kiradi; 3) uglerodning davriy aylanishi; 4) gemoglobin transport funksiyasini amalga oshiradi; 5) Golji majmuasi sisternalar, vakuol va pufakchalardan iborat. A) a - 1; b - 3 B) a - 5; b - 2 C) a - 4; b - 5 D) a - 3; b - 4 16. Qizil chuvalchang, bitiniya, dreysena uchun xos bo‘lgan xususiyatlar mos ravishda to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. A) biofiltr hisoblanadi; yopiq qon aylanish sistemasiga ega; boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan B) ko‘p tuklilar sinfiga mansub; anal teshigiga ega; metamorfoz orqali rivojlanadi C) qon aylanish sistemasi yopiq; mantiya teriga ega; ayrim jinsli D) yirtqich hayvon; qon aylanish sistemasi yopiq; ayrim jinsli 17. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (B) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil bo‘ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 108 ta jo‘ja olindi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang: a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik guruhlari nisbati; b) avlodda olingan AaBb va AABb genotipli jo‘jalarning soni A) a - 8 ta yong‘oqsimon:2 ta gulsimon:2 ta no‘xatsimon; b - 60 ta B) a - 1 ta gulsimon:1 ta no‘xatsimon:7 ta yong‘oqsimon; b - 48 ta C) a - 7 ta no‘xatsimon:1 ta gulsimon:1 ta yong‘oqsimon; b - 48 ta D) a - 8 ta gulsimon:2 ta yong‘oqsimon:2 ta no‘xatsimon; b - 60 ta 18. Quyida berilganlardan faqat madaniy tok uchun xos (a), faqat Turkiston ismalog‘i uchun xos (b) hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) magnoliyasimon; 2) guli oddiy gulqo‘rg‘onli; 3) mevasi rezavor; 4) mevasi yong‘oqcha; 5) gullari ikki jinsli; 6) ikki yillik begona o‘t; 7) barglari yonbargchali. A) a - 3, 7; b - 2; c - 1 B) a - 2, 4; b - 1; c - 6 C) a - 2; b - 1; c – 2 D) a - 1, 4; b - 6; c - 3, 6 19. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, shu fragment asosida sintezlangan oqsil molekulasining molekular massasini (a) hamda peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120, i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a - 42000; b - 349 B) a - 21000; b - 349 C) a - 42000; b - 350 D) a - 21000; b - 350 20. Metamorfoz bilan rivojlanuvchi umurtqali hayvonlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) qunduz, kvaksha baqasi B) qorayaloq, ko‘l baqasi C) povituxa qurbaqasi, okun D) qirg‘ovul, qilquyruq A) 3 - venoz qon, 5 - arterial qon, 7 - arterial qon B) 3 - arterial qon, 5 - venoz qon, 7 - arterial qon C) 3 - arterial qon, 5 - arterial qon, 7 - venoz qon D) 3 - venoz qon, 5 - venoz qon, 7 - arterial qon 25. Somatik hujayra mitoz sikli tasvirlangan yuqoridagi rasmda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladigan bosqichlar qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? a) har bir xromosoma o‘z sentromerasi bilan bittadan bo‘linish urchug‘iga birikadi; b) yadro kattalashib, yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi A) a - 6; b - 4 B) a - 5; b - 4 C) a - 3; b - 5 D) a - 2; b - 3 26. Barglari novdada qarama-qarshi (a), navbat bilan (b), halqasimon (c) joylashgan o‘simliklarni aniqlang. A) a - yalpiz; b - chinnigul; c - qumrio‘t B) a - dalachoy; b - atirgul; c - kiyiko‘t C) a - gazanda; b - nastarin; c - qumrio‘t D) a - marmarak; b - pomidor; c - qirqbo‘g‘im 27. Nozemaning tufelkadan farqlarini aniqlang. 1) erkin yashaydi; 2) ayirish organoidi bo‘lmaydi; 3) shizogoniya usulida ko‘payadi; 4) geterotrof organizm; 5) hazm qilish organoidi murakkab tuzilgan; 6) chuchuk suvda yashaydi. A) 1, 4 B) 3, 5 C) 2, 6 D) 2, 3 28. Opossum mansub tip (1), kabarga mansub sinf (2), chumolixo‘r mansub turkum (3), olaqo‘zan mansub oila (4) ni aniqlang. A) 1 - xordalilar; 2 - sutemizuvchilar; 3 - hasharotxo‘rlar; 4 - suvsarsimonlar B) 1 - umurtqalilar; 2 - sudralib yuruvchilar; 3 - hasharotxo‘rlar; 4 - suvsarsimonlar C) 1 - umurtqalilar; 2 - sutemizuvchilar; 3 - oz tishlilar; 4 - ayiqsimonlar D) 1 - xordalilar; 2 - sutemizuvchilar; 3 - oz tishlilar; 4 - suvsarsimonlar 29. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Xlorella . . . . A) xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub dengiz suvo‘ti B) DNK molekulasi halqa shakldagi prokariot organizm C) xloroplastga ega tuban o‘simlik D) yorug‘da suvni, mineral tuzlarni po‘sti orqali shimib oladi 30. Vegetetiv nerv markazlari funksiyalaridagi muvofiqlik to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) simpatik; b) parasimpatik; 1) yurakning minutlik sistolik hajmini oshiradi; 2) o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi; 3) qon bosimini pasaytiradi; 4) bronxlarni toraytiradi; 5) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi; 6) siydik qopi muskullarini qisqartiradi; 7) bronxlarni kengaytiradi; 8) ichak peristaltikasini tezlashtiradi. A) a - 2, 4, 7; b - 5, 6, 8 B) a - 1, 2, 6; b - 3, 4, 5 C) a - 2, 7, 8; b - 1, 3, 6 D) a - 2, 5, 7; b - 4, 6, 8 Kimyo 31. Xloropren qanday olinadi? A) vinil asetilenga HCl biriktirib B) benzolga HCl biriktirib C) butadiyenga HCl biriktirib D) butin-3ga HCl biriktirib 32. Kaliy propionat va mol miqdordagi kaliy gidroksiddan iborat 100gr aralashma qizdirilganda gaz hosil bo`ldi. Bu gaz quyosh nuri tasirida xlor bilan reaksiyaga kirishishi natijasida olingan monogaloidli birikma Na bilan tasirlashib 14.5 gr mahsulot hosil bo`ldi. Reaksiyaga qatnashmagan KOHning massasini (g) aniqlang? A)56 B)16 C)84 D)44 33. NO+1/2O 2 =NO 2 yuqori temperaturada reaksion idishda NO va O 2 ning dastlabki miqdori 0.6mol va 0.4mol. K m =6. Muvozanat holatida NO 2 ning konsentratsiyasi NO va O 2 konsentratsiyalari yig`indisiga teng. Idishning hajmini (m 3 ) aniqlang? A)0.006 B)0.002 C)0.008 D)0.004 34. Qaysi kislotaning eritmadagi foiz ulushi 40% dan ortsa portlab parchalanadi? A)HClO B)HClO 2 C)HClO 3 D)HClO 4 35. Natriy persulfat tarkibidagi kislorodning oksidlanish darajasi qiymati nechaga teng? A)0;+1 B)-1;+1 C)-1;-2 D)-2;+1 36. Ca 2 (XO 4 ) 3 +C+SiO 2 →….Bu reaksiyada hosil bo’lgan oddiy modda maxsus kamera va suv ostida kondensatsiyalanadi, aks holda havoda yonib ketishi hech gap emas, ushbu reaksiyada hosil bo’ladigan oddiy modda nomi va reaksiyaning barcha koeffitsientlari yig’indisini aniqlang. A) oq fosfor 20 B) qizil fosfor 22 C) oq fosfor 35 D) qizil fosfor 19 37. Butil asetatni 400-500 o С da qizdirib qanday mahsulot olinadi? A)sirka kislota va butan B)sirka kislota va butadiyen-1,4 C)sirka kislota va butin D)sirka kislota va buten -1 38. Quyma cho`yan (1) rangli bo`lib unda uglerod (2) holda uchraydi. a.oq; b.kulrang; c.grafit; d.temir karbid; A)1-a, 2-c B)1-b, 2-d C)1-a, 2-d D)1-b, 2-c 39. Propilbutil keton KMnO 4 ta’sirida oksidlanganda necha xil kislota hosil bo’lishi mumkin? A)2 B)4 C)5 D)3 40. Atirgul hidini eslatuvchi aldegidlarda nechta uglerod atomi bo’ladi? A)9-10 B)8-9 C)3-4 D)5-9 41. Vodorod sulfid mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi va normal sharoitga keltirilganda bo’shlang’ich gazlar hajmi 2 marta kamayib 6,72 litrni tashkil etdi. Reaksiyada hosil bo’lgan suv massasini (g) hisoblang. A) 3,6 B) 5,4 C) 7,2 D) 1,8 42. Oleum tarkibida kislota va oksidning mol miqdori 1:2 nisbatda va umumiy atomlar soni 3 ⦁N A dona bo’lsa, ushbu miqdor oleumni neytrallash uchun qancha hajm (litr) 2 M li NaOH eritmasi talab etiladi? A) 0,3 B) 0,4 C) 0,6 D) 0,5 43. Azot atmosferasida ikki garfit elektrodi orasida elektr yoyi razryadi o’tkazilganda azotning 25 % i sarflanib, 27,2 g bitta oddiy va bitta murakkab modda aralashmasi olindi. Azotning dastlabki miqdorini (g) aniqlang. A) 16,8 B) 22,4 C) 28 D) 14 44. Teng massadagi kremniy (IV) – oksid va magniy aralashmasi qizdirilganda 8 g oksid tutgan moddalar aralashmasi olindi. Olingan qattiq qoldiq tarkibidagi oddiy modda massasini (g) hisoblang. (η = 100%) A) 6 B) 1,4 C) 4 D) 2,1 45. Fosfor (V) –oksidning 1/3 qismi issiq suvda, qolgan qismi sovuq suvda eritilganda umumiy massasi 51,6 g bo’lgan kislotalar olindi. Tajriba uchun olingan fosfor (V) – oksid massasini (g) hisoblang. A) 14,2 B) 56,8 C) 28,4 D) 42,6 46. Мa’lum miqdordagi rux sulfatga 40 % li NaOH eritmasi qo’shilganda 19,8 g cho’kma tushdi va 0,2 mol Na 2 [Zn(OH) 4 ] hosil bo’ldi. Sarflangan ishqor eritmasining massasini (g) hisoblang. A) 120 B) 140 C) 100 D) 80 47. 4 litr suvda 272 mg CaSO 4 hamda 730 mg magniy gidrokarbonat bo’lsa, suv qaynatilmasdan oldin va keyin umumiy qattiqlik qanday (mg ⦁ekv/litr) bo’ladi? A) 3,5 va 1,0 B) 2,5 va 1,0 C) 3,5 va 2,5 D) 3,5 va 3,5 48. Qattiqligi 3 ⦁10 –3 mg ⦁ekv/litr bo’lgan 300 litr hajmdagi suvga qaysi moddadan 47,7 g qo’shib yumshatish mumkin? A) natriy sulfat B) soda C) o’yuvchi natriy D) so’ndirilgan ohak 49. 400 g 20 % li mis (II) – sulfat eritmasiga 20 g Fe plastinka tushirildi. Ma’lum vaqtdan so’ng plastinka masaasi 21,6 g ni tashkil etdi. Eritmadagi Fe 2+ va Cu 2+ ionlarining mol nisbatini toping . A) 2:1 B) 3:1 C) 2:3 D) 1:1 50. 48 g mineral [ ω (Cu) = 0,8; ω (S) = 0,2 ] mo’l miqdordagi kislorodda yondirilganda 150 kJ issiqlik ajralgan bo’lsa, mineralning yonish issiqligini (kJ/mol) hisoblang. A) 600 B) 450 C) 300 D) 500 51. Quyidagi qaysi molekula tarkibida 4 ta OH guruhi mavjud? A) glukoza B) glitserin C) etilenglikol D) riboza 52. Qaysi moddalar kumush (I) – oksidning ammiakdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishib oksidlanadi? 1) etanal 2) sirka kislota 3) glukoza 4) sazaroza 5) etilatsetat 6) etilformiat A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 2,3 D) 1,4 53. 0,2 mol metoksimetan massasini (g) hisoblang. A) 8,4 B) 9,2 C) 9,6 D) 8,8 54. Qaysi spirt degidratlanganda oddiy efir hosil qiladi, alken hosil qilmaydi? A) 2,3–dimetil–butanol–1 B) butanol–1 C) 2,2–demetilpropanol–1 D) 2–metil–propanol–2 55. Quyida berilgan moddalardan disaxaridlarni tanlang. 1) selluloza 2) riboza 3) kraxmal 4) maltoza 5) laktoza 6) fruktoza A) 1,4 B) 2,6 C) 4,5 D) 1,3 56. Fotosintez jarayonida 30 g glukoza hosil bo’lishi uchun sarflanadigan CO 2 miqdorini (mol) toping. A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 57. Glukon kislota molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar sonini ko’rsating. A) 3 B) 25 C) 4 D) 24 58. 1 mol metoksimetan yonganda necha gramm suv hosil bo’ladi? A) 36 B) 72 C) 90 D) 54 59. 1 mol etanol molekulalararo degidratlanganda necha gramm organik modda olinadi? A) 37 B) 74 C) 56 D) 28 60. 1 mol metilformiat to’liq gidrolizlanganda (kislotali muhitda) necha gramm organik moddalar hosil bo’ladi? A) 60 B) 46 C) 78 D) 32 Download 260.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling