variant Tayyorladi: Aminov Olimboy Iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, ta‘limotlarning paydo bo‘lishi


Download 17.64 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi17.64 Kb.
#1179590
Bog'liq
7-variant Iqtisodiyot nazariyasi


7-variant
Tayyorladi:Aminov Olimboy

1) Iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, ta‘limotlarning paydo bo‘lishi
Iqtisodiyot Nazariyasi faniga 17-arsda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U G’arbda paydo bo’lsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy g’oyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu o’rinda Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab “Siyosiy Iqtisod” nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A.Monkretyen(Fransiya) o’zining “Siyosiy iqtisod haqida traktat” asarida(1615 y.) qo’llagan. A.Monkretyen va T.Man(Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.

2) Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.

Ehtiyojlar turlari:
Ehtiyojlar deb, kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqeyga ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisiga aytiladi. Har bir insonda xohish, istak turlicha bo’ladi va shu tariqa ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi.

Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmatiga ko’ra farqlanadi. Kelib chiqishiga ko’ra ehtiyojlar Tabiiy va Madaniy bo’lishi mumkin.

Tabiiy ehtiyojlarda kishining o’zining hayotiu va o’z avlodlari hayotini saqlash va davom ettirish uchun zarur bo’lgan shart_sharoitlarga bog’liqligi ifodalanadi. Barcha odamlarda ovqatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bo’lishiga, uxlashga, sovuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanishga va hokozolarga tabiiy ehtiyoj bo’ladi.

Madaniy ehtiyojlarda odamning faoliyati insoniyat madaniyatining mahsulotlariga bog’liq ekanligi ifodalanadi; uning ildizlari butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi.



Ehtiyojlar o’z predmetining xarakterga ko’ra MODDIY va MA’NAVIY bo’lishi mumkin.

Moddiy ehtiyojlarga kishining moddiy predmetlarga qaramligi, Ma’naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi.

Moddiy ehtiyojlar – insonning paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtiyojlar kundalik birlamchi ehtiyojlar bo’lib, ular oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalardir.
Ma’naviy ehtiyojlar – jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, dam olish, davolanish va boshqa har xil xizmatlar kiradi.
Ijtimoiy ehtiyojlar – mehnat qilishga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi.
3) Iqtisodiyotning bosh masalasi va uning ikki tomoni
Iqtisodiyot bu cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va istemolchilarga yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyat birlisgini taminlovchi iqtisodiy tizim.
Iqtisodiyotning bosh masalasi – bu ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurlarning cheklanganidir.



Download 17.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling