Vasiylik va Homiylik
IV. Davlat reyestrida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki hisobini yuritishning to‘xtatilishi
Download 53.99 Kb.
|
Vasiylik va Homiylik
IV. Davlat reyestrida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki hisobini yuritishning to‘xtatilishi
15. Davlat reyestrida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ularning mol-mulkining hisobini yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi: yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola tarbiyalash uchun oilaga (farzandlikka, vasiylikka (homiylikka), oilaga tarbiyaga (patronatga) joylashtirilganda; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola ota-onasiga qaytarilganda; yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola voyaga yetganda yoki to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya); yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola vafot etganda. 16. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolar va ularning mol-mulkining hisobini davlat reyestrida yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi: muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanganda; muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning muomala layoqati tiklanganda; sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolar vasiylik va homiylik organiga o‘zlari haqidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar vafot etganda. 17. Davlat reyestrida yetim bola va ota qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs hisobini yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi: bola oilaga tarbiyaga (patronatga) olinganda; bola ota-onasiga qaytarilganda; yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar vasiylik va homiylik organiga davlat reyestrida o‘zlari haqidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs vafot etganda. 18. Davlat reyestrida muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs hisobini yuritish quyidagi hollarda to‘xtatiladi: vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanganda; vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs vasiylik va homiylik organiga davlat reyestrida o‘zi haqidagi ma’lumotlarning hisobga olinishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs vafot etganda. Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling