Vasiylik yoki homiylikni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan bola toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi:
a) tugʻilganlik haqida guvohnoma (pasport) nusxasi;
bolalarning ota-ona qarovisiz qolganlik holatini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan biri:
ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnomalar nusxasi;
ota-onasining yoki ulardan birining ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi haqida sud qarori;
ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdan va taʼminotidan boʻyin tovlaganligi, ota-onalarga qidiruv eʼlon qilinganligi haqidagi hujjatlar, ichki ishlar organlari, davolash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalarning bolalarning ota-onasiz qolganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalari;
b) sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy muassasa (tibbiy-maslahat komissiyasi)ning xulosasi;
v) vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxsning turar joyi, mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) vasiylik va homiylik organining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish istagini bildirgan shaxsning turmush sharoitlari, oila aʼzolarining salomatligi va oilaning boshqa sharoitlari toʻgʻrisidagi tekshiruv dalolatnomalari;
d) vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiy belgilanishiga muhtoj shaxslarga nisbatan vasiy yoki homiy belgilash zarurligi, vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |