Vasiylik va Homiylik


Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi


Download 53.99 Kb.
bet9/37
Sana05.01.2022
Hajmi53.99 Kb.
#219992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
7 янги

Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarni vasiy yoki homiy tayinlash mumkinligi toʻgʻrisida xulosa berilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida tuman, shahar hokimligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Tuman, shahar hokimi hujjatlarni olgan kundan boshlab, uch kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan taqdim qilingan hujjatlarni besh kun mobaynida koʻrib chiqadi va tegishli xulosa tayyorlaydi.

Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya xulosasi asosida besh kun mobaynida vasiylik yoki homiylik boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.

Hokimning vasiy yoki homiyni tayinlash boʻyicha qarori bir kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiylarga yuboriladi.

Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs oʻrtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek 10 yoshga toʻlgan homiylikka olinuvchining istagi inobatga olinishi lozim.

Quyidagi shaxslar vasiy va homiy etib tayinlanishi mumkin emas:

ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi oqibatida bekor qilingan boʻlsa;

oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashgan joyi boʻyicha belgilanadi.




Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling