Vasiylik va Homiylik


Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari


Download 53.99 Kb.
bet12/37
Sana05.01.2022
Hajmi53.99 Kb.
#219992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
7 янги

Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari

Vasiylar oʻz vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili boʻlib, ularning nomidan va ularning manfaatlarini koʻzlab zarur bitimlarni tuzadi.

Homiylar oʻz homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili boʻlib, homiyligidagi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida koʻmaklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslarning suiisteʼmolliklaridan muhofaza qiladi.

Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning huquq va manfaatlarini barcha muassasalarda, shu jumladan, sudda ham alohida ishonchnomasiz himoya qiladi.

Vasiylar va homiylar quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni uning fikrini hamda vasiylik va homiylik organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda tarbiyalash usullarini mustaqil belgilash;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni qonuniy asoslarsiz oʻzida ushlab turgan har qanday shaxsdan, shu jumladan ota-onasidan hamda boshqa yaqin qarindoshlaridan uni qaytarib berishni sud tartibida talab qilish;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning taʼminoti, unga tarbiya, taʼlim berish va uning sogʻligʻini saqlash boʻyicha huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olish;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli boʻlmagan bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

zarur ijtimoiy yordam olish uchun vasiylik va homiylik organlariga, taʼlim muassasalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilish;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning davolanishi va sogʻligʻini tiklashi maqsadida davolash, sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar olish uchun sogʻliqni saqlash muassasalariga murojaat qilish.

Vasiylar va homiylar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.




Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling