Vasiylik va Homiylik
V. Davlat reyestridan foydalanish
Download 53.99 Kb.
|
7 янги
V. Davlat reyestridan foydalanish
19. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ular yashayotgan hududidagi vasiylik va homiylik organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga yozma ariza bilan murojaat etadi. 20. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar vasiylik va homiylik organidan farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy, tutingan ota-ona bo‘lishga nomzodlar sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, shuningdek ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan so‘ng, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olishi mumkin. 21. Vasiylik va homiylik organi, mahalliy davlat hokimiyati organiga ariza tushgan kundan boshlab o‘n besh kun muddat mobaynida vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsga so‘ralgan ma’lumotni yoki asoslangan rad javobini taqdim etadi. Vasiylik va homiylik organining rad javobida vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs so‘ragan ma’lumot berilmasligining asoslari, yozma javobning sanasi, shuningdek ushbu javob ustidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatiladi. 22. Ma’lumotlarni taqdim etish sanasi ma’lumotlarni qayd qilish daftarida qayd etiladi. 23. Vasiylik va homiylik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan faqat xizmat doirasida foydalanishi mumkin. 24. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani farzandlikka olish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, bolaning anketasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyalashga berish oilasi yoki fuqaroligi va yashash joyidan qat’i nazar, bolaning qarindoshlari oilasiga tarbiyalashga berish bo‘yicha vasiylik va homiylik organlari tomonidan choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina bola haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga haqli. 25. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga faqat mazkur shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilgandagina yo‘l qo‘yiladi. 26. Vasiylik va homiylik organlari sud, prokuratura va tergov organlarining rasmiy so‘rovlariga asosan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ushbu bolalarni o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart. 27. Agar yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani bir necha shaxs o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirsa, davlat reyestrida oldinroq muddatda ro‘yxatdan o‘tgan shaxs bola haqidagi tegishli ma’lumotni olishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladi. 28. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarga yo‘llanma beriladi, davlat reyestri ma’lumotlarida yo‘llanma berilganligi haqida tegishli ma’lumotlar qayd etiladi. 29. Agar davlat reyestrida yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqaro tomonidan so‘ralgan bola to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa, fuqaroning yozma arizasiga ko‘ra so‘ralgan bolani qidirish davom ettiriladi yoki mazkur fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobini yuritish to‘xtatiladi.
Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling