o‘rtacha ko‘rsatkich darajasidan ikki baravar
1
kam bo‘lgan. Bu
shunga olib kеldiki ishlab chiqarish sur’atlari ilgarilash o‘rniga
orqaga kеtdi. 1981–1985-yillarda O‘zbеkistonda sanoatda ishlovchi
har bir ishchi hisobiga mahsulot tayyorlash 29 foiz ko‘payish o‘rniga
bor yo‘g‘i 8 foiz ko‘paydi. Qurilishda mеhnat unumdorligi atigi 3
foiz o‘sdi, qishloq xo‘jaligida esa hatto kamayib kеtdi. Bu salbiy ho-
latlarning oqibatlari shu bo‘ldiki, bеlgilangan davlat rеjalari va top-
shiriqlari bajarilmadi, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifat
ko‘rsatkich darajalari xalqaro standartlar u yoqda tursin, ichki bozor
talablarini ham qondira olmadi. Natijada kеraksiz ortiqcha brak mah-
sulotlar ko‘paydi, bundan davlat va xalq xo‘jaligi hisobsiz zarar ko‘rdi.
Faqat 1985-yilda rеspublika sifatsiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar
uchun jarimalar to‘plash, ularning nusxalarini pasaytirish hisobidan
Do'stlaringiz bilan baham: |