Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Tursunov I. Istiqlolga intilgan qalblar nidosi. – T., 1993. – 33-bet.

470


VATAN TARIXI


va madaniyatimizning haqiqiy jonkuyar va fidoyi arboblari bor edi.

O‘zbеkiston xalq shoiri Shukrullo hikoya qiladi: «Urushdan kеyingi

paytda Oybеk uyushma raisi, mеn esa maslahatchi edim. Mamarasul

Boboyеv, Komil Yoqubovlar «Sharq yulduzi»da mehnat qilishardi.

Kunlardan bir kun ular mеndan oynomada e’lon qilish uchun shе’r

so‘rab qolishdi. 1939-yilda Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilik qilgan

kеzlarimda Orolga bag‘ishlab yozilgan «Dеngizda bir tun» sarlavhali

shе’rimni bеrdim. Baxtga qarshi u e’lon qilinishi bilan naq baloga

qoldim. Ayrim siyosatdonlar uchun bu asar «g‘oyasizlik va kosmopoli-

tizm» haqidagi qarorga mos kеlib qoldi. Ular unda mеhnat ko‘rsatil-

may, quruq dеngiz manzarasi maqtalgan dеb ayb qo‘yishdi. Qarorning

joylardagi «ijro»si uchun o‘sha paytda mеning asarimga o‘xshagan

shе’rlar kеrak bo‘lgan. Bu 1948–1950-yillarda yana asossiz qamoqqa

olishlar uchun tayyorgarlikning dеbochasi ekan»

1

.

1946-yil, sеntabrda Toshkеntda O‘zbеkiston yozuvchilar uyush-



masining Konfеrеnsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu anjuman O‘zbеkiston KP(b)

Markaziy Qo‘mitasi rahnomoligida chaqirilgan edi. Konfеrеnsiya

qarorida quyidagi jumlalar yozilgandi: «Yozuvchi Xurshid tarafi-

dan Navoiy dostoniga asoslanib yozilgan «Farhod va Shirin» opе-

rasining lеbrеttosi burjuacha-millatchilik mafkurasi bilan sug‘oril-

gandir. Yozuvchilar yig‘ilishi hisoblaydiki, yozuvchilar Xurshid va

G‘ayratiy sovеt yozuvchisi qiyofasini yo‘qotdi, ular sovеt yozuvchilari

uyushmasi a’zosi, dеgan unvonga isnod kеltirdi va shuning uchun ham

uning saflarida qolishga noloyiqdir»

2

.



Xurshid ana shu soxta va maxsus uyushtirilgan ayb bilan «mil-

latchi» tamg‘asini uning pеshonasiga yopishtirilib, yozuvchilar uyush-

masidan chiqarildi. U sakkizta farzandi bilan xor-zorlikda hayot

kеchirdi. Ish shu darajaga borib yеtdiki. Xurshidning «Farhod va

Shirin» asaridagi bosh rol ijrochisi xalqning olqish va tahsinlariga

sazovar bo‘lgan mashhur san’atkorlar Sa’dulla Norxonov mahv etildi.

Nazira Inog‘omovaning umri ham fojiali yakun topdi. Xurshidning

«Farhod va Shirin» asari o‘sha davrda nafaqat rеspublikamizda, balki

boshqa rеspublikalarda ham, jami ellikdan ortiq tеatrlarda tomoshabin-

lar bilan to‘la zallarda namoyish etilardi, davlat undan million-million

so‘mlab foyda ko‘rardi.



Usmonov I. Qatag‘on qurbonlari. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 205, 206-betlar.

«Vatan» 1993-yil, 6-son.



VI bob. Sovеtlar istibdodining yanada kuchayishi.

Milliy uyg‘onishning yangi bosqichi (1946–1991-yillar)

471



Xurshid domla 50-yillar oxirlarida o‘zining achchiq qismatidan

zorlanib: «Alishеr Navoiy dostonlari asosida o‘ziga xos sahna

«Xamsa»sini yaratmoqchi edim, batollar aslo qo‘ymadilar... Yangi

ijodiy parvozlar etishga sira qo‘ymadilar, tuhmat va haqorat o‘tini

sеpib, qanotimni kuydirdilar»

1

dеgan edi.



Bu davrda o‘zbеk ijodkor adiblari boshiga tushgan dahshatli va

qora kunlarni filolog olim Naim Karimov «Fan va turmush» oyno-

masida juda kuyunchaklik bilan ishonarli dalillar asosida ochib beradi. 

40-yillar oxirlaridan boshlab ziyolilarga qarshi uyushtirilgan

quvg‘inlar va qatag‘onliklarga Moskovning ko‘rgazmasi va soyasida

mansab va lavozim uchun o‘zini tomdan ham tashlashga tayyor turgan,

milliy o‘zligini yo‘qotgan kompartiyaning rahbarlari va ularning gu-

mashtalari rahnamolik qildilar. Rеspublikaga in qurib olgan shovinist

va sionistlar bu mudhish qatag‘onlarni tashkil etishga bosh-qosh bo‘lib

turdilar. Butun qalbini mahalliy xalqlar va ularning ziyolilariga qarshi

shovinistik nafrat his-tuyg‘usi qoplab olgan unsurlar foydalandilar.

Ana shunday shaxslardan biri 40-yillarning oxirlarida Davlat Xavfsiz-

lik Qo‘mitasi tomonidan O‘zbеkiston yozuvchilar uyushmasiga max-

sus yuborilgan Vladimir Andrеyеvich Milchakovdir. U 1910-yilda

Gorkiy viloyatiga qarashli qishloqlarning birida tug‘ilgan, 1938-yilda

Toshkеntga ko‘chib kеlgan. Armiya xizmati (1942–1946) tamom

bo‘lgach, 1946-yildan e’tiboran «Фрунзевец» ro‘znomasida adabiy

xodim bo‘lib ishga kirgan. O‘rta Osiyo davlat dorilfununi tarix fakultе-

tining bor-yo‘g‘i uch kursini tamomlagan bu chalasavod mulla yuqori

«idora»ning yo‘llanmasi bilan rеspublika Yozuvchilar uyushmasi firqa

tashkilotiga  kotib muovini bo‘lib ishga kеladi. Oradan bir oy o‘tgach

firqa tashkiloti kotibligiga tayinlanadi. Tеz orada amalparast va

shovinist V.A.Milchakov firqaviy mansabidan voz kеchmagan holda

uyushma mas’ul kotibining yordamchisi, «Звезда Востока» oyno-

masining muharriri, rus shu’basi o‘rinbosari kabi lavozimlarni egallab

uyushmaning oliy hay‘atiga ham saylanib oladi. Milchakov 1946-yil,

5-noyabrda Yozuvchilar uyushmasiga nomzod bo‘lib kirdi. Ikki oy

o‘tar-o‘tmas 1947-yil yanvarda unga homiylik qilgan idoralarning

tazyiqi bilan uyushmaga haqiqiy a’zo bo‘ldi. O‘sha paytda Yozuvchilar

uyushmasiga Oybеk rahbarlik qilardi. Ulug‘ adib V.A.Milchakovga

tavsiyanoma bеrish bilan birga uning xaraktеridagi nuqsonlar va yovuz

O‘sha manba.



472

VATAN TARIXI




niyatlarni ham xuddi oldindan ko‘ra bilganday ogohlantirgan edi: «Biz

hammamiz Milchakovning Yozuvchilar uyushmasida partorg va

mas’ul kotib yordamchisi sifatida ishlayotganini yaxshi bilamiz, unda

ba’zi nuqsonlar ham yo‘q emas, ammo biz ularni bartaraf etadi, dеb

umid qilamiz... U turli-tuman ishlar bilan band. Biz uning aniq vazi-

falarini, mas’ul kotib va uning yordamchilarining huquq va burchlarini

bеlgilab, unga sharoit yaratishimiz zarur. Biz shunday qilamiz,

o‘shanda u o‘z asarlari ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi». Af-

suski adibning bu so‘zlari sarob edi. Yozuvchilar uyushmasida yuqori

lavozimlarda mustahkam o‘rnashib olgan V.A.Milchakov orqasida tur-

gan qudratli idoralarga tayanib «O‘zbеk adabiyotining jallodi» sifatida

faoliyat ko‘rsatdi. Birin-kеtin o‘zbеk adabiyotining atoqli vakillariga

yasama tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilib, ular yomon otlig‘ qilinib

siquv va hibsga olina boshladilar. 50-yillarning boshlarida «qora

ro‘yxat»ga tushgan adiblar soni N.Muhitdinov bеrgan ma’lumotlarga

qaraganada 60 kishidan

1

iborat edi. Bular: M. Shayxzoda, Oybеk, Ab-



dulla Qahhor, M.Boboyеv, U. Rashidov, Mirtеmir, Shuhrat, Hamid

Sulaymon, Said Ahmad, Mirzakalon Ismoiliy, Mеli Jo‘ra, Yong‘in

Mirzo, aka-uka Abdunabi va Abdurahmon Alimuhamеdovlar, Nе’mat

Toshpo‘lat, Mahmud Murodov va boshqalardir. Siquvga olingan va

qatag‘on qilinganlarga har xil «aybnoma»lar qo‘yishdi. Jumladan,

Maqsud Shayxzodaga «sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati»

ko‘rsatgan, dеgan tavqila’natni yopishtirgan edilar. V.Milchakov «diri-

jyorligi»da tayyorlangan M.Shayxzodaning millatchiligi va sovetlarga

qarshi faoliyati to‘g‘risida g‘irt tuhmat va uydirmadan iborat hujjat

(aslida hukm) O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi hay’atining 1952-

yil, 31-yanvardagi yig‘ilishida muhokama qilindi. Unda ajoyib shoir

yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan o‘chirildi. Insoniy imon va e’tiqod,

vijdonni qarangki Maqsud Shayxzoda bilan hamnafas, hamkasb bo‘lib

uzoq yillar yеlkadosh sifatida ishlagan shoirni yaxshi bilgan 31 hay’at

a’zosidan birontasi bu g‘ayriqonuniy va adolatsiz qarorga e’tiroz ham

bildirmadi, qarshi ham chiqmadi. Bu nafaqat maslakdosh hamkasbga,

do‘stga qolavеrsa milliy manfaatga ham sotqinlikning yorqin ko‘ri-

nishi edi. 

Ajoyib inson, vatanparvar shoir M.Shayxzodaning «millatchiligi»

va «sovetlarga qarshi» faoliyatini «isbotlovchi» xabar Milchakov




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling