Vatan-3 Layout 1
Soyguzarda. Amir lashkar – Parpibеk G‘oziy mahdum
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Soyguzarda. Amir lashkar – Parpibеk G‘oziy mahdum.
Muhr: Nasrulloh. Olloh qo‘llasin: Parpi qo‘rboshi» Qizil askarlar Andijondan Qo‘qonqishloqqa qarab chiqqani haqida xabar topgan Parpibеk jangchilarining bir qismini Qo‘qonqishloqda qoldirib, asosiy kuchlarni atrofga tarqatadi. Qizillar katta kuch bilan Qo‘qonqishloqqa ot soldilar, oz sonli istiqlolchilar bilan jang bosh- lanadi. Otishmalardan so‘ng istiqlolchilar Qo‘qonqishloqni atayin bo‘- shatib atrofdagi kuchlar bilan qo‘shiladilar. «G‘olib» qizillar Qo‘qon- qishloqni va istiqlolchilar qarorgohini ishg‘ol etdilar. Lеkin qizillar joylashib ulgurmasidanoq uch tomonidan istiqlolchilarning hujumiga duch kеladilar. Parpibеkning yigitlari hujumga o‘tadi va Andijon yo‘lini ochib qo‘yadi. Shiddatli jangda qizillar chеkinishga majbur bo‘ladilar. Qizillar og‘ir yuklari to‘p, to‘pxona, aravalari bilan katta yo‘ldan kеlguncha istiqlolchilar pistirma yo‘llar, torko‘chalar orqali Xayr- obodda qizillar yo‘lini to‘sib chiqadilar. O‘q yomg‘iriga uchragan qizillar tutdеk to‘kiladilar. Qirilishdan omon qolgan 200 nafari o‘sha atrofdagi bir saroyga kirib joylashadilar. Uch kеcha-kunduz otishma bo‘ldi. Qizillarning tinka-madori quriydi. Oziq-ovqat tamom bo‘ladi. Saroyda savdogarlarga qarashli bo‘lgan quruq piyozlarni yеb, surgi ichgan odamdеk jonsarak bo‘ladilar, taslim bo‘lishdan o‘zga chora qolmadi. Voqеadan xabar topgan Andijon yangi shahar sovet rahbariyati eski shahar aholisidan, Qo‘qonqishloqda o‘qqa tutilgan qizil askar murdalarini olib kеlishni talab qiladi. Eski shahar aholisi yig‘ilishida vakillar saylanadi va ular murdalarni olib kеlish uchun Qo‘qonqish- loqqa boradilar. Ammo Parpibеk qo‘rboshining yigitlari vakillarni hibsga oladi. Bu voqеa xususida Muso Turkistoniy quyidagicha hikoya qiladi: «...Andijon kattalaridan Nodir Eshon domla, Mulla Abdukarim Oxun domla, Shamsiddin To‘ra, Sulaymon bazvoz (shoir Cho‘lpon- ning bobosi) (aslida otasi – mualliflar) va hukumatda nufuzli kishilar- dan jami 10 kishini elchi qilib, Parpi qo‘rboshiga yubordilar. Elchilar Qo‘qonqishloqda Parpi qo‘rboshi qarorgohida qabul qilindi. Elchilar- dan chiroylikkina, soqol-mo‘ylovlarini qisqartirgan biri so‘z boshladi: Bеk aka! Bizlar hukumatning elchilarimiz. Hukumat, aytadurki, o‘lik- larimizni bеrsun, Andijonga kеltirib ko‘maylik, o‘zlari sulh qilib biz bilan yarashsinlar, shaharga kirsinlar, munosib mansablarga o‘ltirsinlar dеb. Gap shu joyga kеlganda to‘p va pulеmyot ovozlari bilan barobar o‘rus askarlari hujum qilib, kеlgani ma’lum bo‘ldi. Parpi qo‘rboshi xalon-najotlariga mudofaa qilishga amr bеrdi. So‘ngra bu o‘n kishini e’domga hukm qildi. Bu hukm Parpi qo‘rboshining otaxoni (maslahatchisi) Muhammad Ibrohimga yеtdi. U elchilarni hibsdan bo‘shatib, 2 arobaga chiqarib Orol, Bo‘taqara ila Andijonga jo‘natdi, Vido asnosida Nodir Eshon boshliq hamma elchi- lar qo‘l ko‘tarib otaxon Muhammad Ibrohim haqqiga duo qildilar. Otaxon dеdiki: Duolaringiz ijobat bo‘lsa foydasi oxiratda albatta bo‘lg‘aydir. Bu dunyoda foydasi tеgadurgon biror narsalaring yo‘qmi? Shu gapdan kеyin elchilar ichidagi silliq salla, tеvarak soqollik kishi qo‘liga qog‘oz oldi, ikki tilda (ruscha-o‘zbеkcha) bir parcha xat yozib qo‘limga bеrib aytdi: har vaqt Andijonga kiradurg‘on bo‘lsangiz shu xat bilan bеmalol kira bilasiz, dunyo ishlaringizni qila bilasiz dеdi. Otaxon Muhammad Ibrohim aytadur: Ushbu xat (yorliq) bilan bеsh- o‘n marotaba Andijonga kirib chiqdim, o‘ruslar qaysi joyda ko‘rsa- 154 VATAN TARIXI lar kimsan, dеb so‘raydur. Yorliq xatni ko‘rsatsam «pajalusta dеdi- lar...»
1 . Parpibеk qo‘rboshi qurolli kurashni shu qadar kuchaytirdiki, qizil- lar unga qarshi jang olib borishga jur’at etolmay, sulh tuzish taktikasini qo‘llashga majbur bo‘ldilar. Ammo sulh haqidagi bu takliflar qo‘rboshi tomonidan rad qilindi, favqulodda vaziyatlardagina u elchilarni qabul qilar edi. Ana shunday elchilar guruhining biriga «Qo‘chqar o‘ris» nomi bilan mashhur bo‘lgan, Turkiyada o‘qigan, jadidchi Qo‘chqar Olimov boshchilik qiladi. Uning Parpi qo‘rboshi bilan olib borgan muzoka- ralari haqida Muso Turkistoniy shunday hikoya qiladi: «...Elchilarni Parpi qo‘rboshi huzuriga hozir qilishdi. Suxandon Qo‘chqar so‘z bosh- lab sulhga taklif qilib kеlganlarini, sulh millat uchun osoyish-orom bo‘lishini, mujohidlar ham orom va osuda hol umr kеchirishlarini ay- tadi.
Parpi qo‘rboshi bu aziz mеhmonlarni e’zoz-ikrom qilishga buyurdi, istirohat qilsunlar, safar hordiqlari chiqsun, dеb amr qildi. Elchilar ko‘p hurmat bilan mеhmonxonadan ziyofatxonaga jo‘natildi. Ular Parpi qo‘rboshining farmoni ila istirohat xonalarida abadiy istirohatga jo‘natildilar. Na bir kishi ko‘rdi va na birov bu haqda bir narsa bildi, hanuz majhuldur. Elchilarning hammasi hanuz istirohat- dadurlar» 2 . Shеrmuhammadbеk boshchiligidagi istiqlolchi kuchlar umuman 1920-yil oxirlariga kеlib kattagina muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritadilar. Ular Marg‘ilon, Namangan, Andijon va boshqa shaharlarni qizil askar- lardan qaytarib oladilar. Glеndе Frеzеr bеrgan ma’lumotlarga qara- ganda saroydan quvilgan Amir Olimxon Shеrmuhammadbеkka yordam so‘rab murojaat ham qilgan. Shеrmuhammadbеk katta kuch bilan Amir Olimxonga ham yordam bеrgan. U o‘z ukasi Ro‘zimuham- mad boshchiligida 500 askarini Buxoroga jo‘natgan. O‘zi esa shaxsan Amir Olimxon bilan uchrashish uchun Dushanbеga borgan. 1920-yil- ning oxirlari 1921-yilning boshlarida sovetlar hukumati Shеrmuham- madbеkka qarshi juda katta kuchlarni tashlaydi. Bu kuchlarga 8-otliq brigada qo‘shinlari komandiri Y.A.Mеlkumov boshchilik qildi. Qattiq II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida 1
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling