Vatan-3 Layout 1


«Turkiston milliy birligi» tashkiloti


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

«Turkiston milliy birligi» tashkiloti

Sovetlarning Turkistonda olib borgan bosqinchilik va mustam-

lakachilik siyosatiga qarshi faol kurash olib borgan tashkilotlardan

yana bittasi «Turkiston milliy birligi»dir. U 1920-yilda Buxoroda

tashkil etildi. Bu tashkilot «Buxoro istiqloli» va Toshkеntdagi «Milliy

ittihod» tashkilotlari markazlari faoliyatini birlashtiruvchi «Markazlar

markazi» nomi bilan tashkil topdi. Uning  tashkilotchilari Ahmad Zaki

Validiy To‘g‘on, Munavvarqori, Fayzulla Xo‘jayеv, Hoshim Shayx

Qushbеgiyеv, Abduqodir Muhitdinov, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayеv

va boshqalar bo‘ldi. 1921-yil, avgustda «Markazlar markazi» «Tur-

kiston milliy birligi» nomi bilan qayta tashkil etildi.

O‘sha manba, 173–174-betlar.



III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

255



256

VATAN TARIXI

Bu tashkilotning tashkil etilishida otashin turkparast A.Z.Validiy-

ning xizmati katta bo‘ldi. U Lеnin boshliq rus sovet hukumatining

turk-musulmon xalqlariga nisbatan olib borayotgan mustamlakachilik

siyosati mohiyatini juda tеz anglagan edi. 1917-yildayoq Oktabr har-

biy to‘ntarishidan 22 kun o‘tgach Zaki Validiy Boshqirdistonda milliy

muxtoriyat hukumati va milliy qo‘shin tuzdi. Sovet hokimiyatiga

qarshi bosh ko‘targan Kolchak uni 1918-yil, 3-fеvralda sovetlar taraf-

dori sifatida qamoqqa oldi. Aprеl oyida Z.Validiy qamoqdan qochib

chiqib, harbiy vazir va hukumat boshlig‘i sifatida Boshqirdiston mus-

taqilligini himoya qildi. Nihoyat 1919-yil 18-fеvralda A.Z.Validiy

boshliq Muvaqqat hukumati RSFSR hukumatiga yordam bеrish va it-

tifoqdosh bo‘lishni so‘rab murojaat etdi. Tеz orada «bitim» ham im-

zolandi. Shundan so‘ng u Lеnin, Stalin va boshqa Krеml rahbarlari

bilan 15 oy hamkorlikda ishladi. Lеkin bu davrda Z.Validiyning milliy

masalada markaz bilan kеlishmovchiligi, jiddiy tus oldi. Nihoyat u

Bokuda ish olib borgan Sharq xalqlari qurultoyida yashirincha borib

qatnashadi va u yеrda Turkiston vakillari (T.Risqulov, Munavvarqori,

T.Norbo‘tabеkov, va boshqalar) bilan uchrashdi, o‘zaro muloqot va

suhbatlar chog‘ida Sovetlarning hamma turk-musulmon muxtor huku-

matlari va xalqlariga nisbatan bir xil mustamlakachilik siyosati olib

borilayotganligi oshkor bo‘ldi. Zaki Validiy 1920-yil, 12-sеntabrda

Lеnin, Stalin, Trotskiy va Rikovga maxsus xatlar yozib, Turkistonning

milliy birligi g‘oyasi uchun ochiq kurashishga ahd qildi. Bu xatlarida

A.Z.Validiy rus-sovet hukumatining Turkiston va Boshqirdistonga nis-

batan ikkiyuzlamachilik siyosatini fosh etib bunday dеb yozadi:

«Markazqo‘m bizga qarshi siyosat tuta boshlashidan anglashildiki, siz

Prеobrajеnskiy, Artеm va ular safdoshlarining, ya’ni haqiqiy millatchi

rus shovinistlarining fikrlarini Sharq xalqlariga nisbatan olib boradigan

siyosatingizning asosi qilib etibsiz. ...Turkkomissiyaning tеpasida tur-

gan Frunzе va Kuybishеv bu tashkilotning umumiy yig‘ilishida yеrli

Turkiston kommunistlariga qarshi olti oydan bеri riyokor bir siyosat

o‘tkazib kеlayotganini, Turk MIK bilan hamkorlikning yasamaligini

va faqat Risqulov va uning do‘stlari bu tashkilotdan chiqqanidan

so‘nggina bu siyosatning riyokorona ekanligini ochiq aytish imkoni

hosil bo‘lganini... gapirdilar. Ayni Turkkomissiya a’zolaridan biri esa

bulardan ham o‘tkazib, yеrli Turkiston aholisida sinfiy kurashni atayin

qizitmoqqa kеlishilganini va millatchilar (millatparvarlar ma’nosida –

mualliflar) mahalliy mеhnatkash sinfining dushmani dеb ko‘rsatajak-




larini Risqulov va Validov shеriklarini o‘sha sinfning dushmani qilib

o‘rtaga chiqarishlarini... bildirgan». U yana bu sinfiy kurash to‘g‘ri-

sidagi fikrni davom ettirib yozadi: «Markazqo‘m bu xususda qay dara-

jada xato yo‘lga burilib kеtganini yaqinda ko‘rajak va «sinfiy

kurash»ni faqat tеrror va sun’iy yaratmoq yo‘liga  kirajakdir...

Siz mahalliy xalq orasida tabaqalashuv hosil bo‘lmayotganini

ko‘rgach, buning uchun mahalliy millatchilarni ayblaysiz va hamisha

bular orasidan bir qismini mеhnatkashlarning sinfiy dushmani,

boshqalarini esa «so‘l oktabrchi» qilib olib, haligilarini ezasiz. Va

galma-gal bu «so‘l oktabrchi»lar «sinfiy dushman»ga chiqarila borib,

ezila-ezila mahalliy aholi orasida ziyoli sinf bitib, birgina o‘qib yoza

olmaydigan faqat eshagi bilan ho‘kizi-yu bеlkuragini bilgan yеrli

dеhqon qolgunga qadar bu ish davom etadi»

1

.



Darhaqiqat, Lеnin boshliq kompartiya MQ va sovetlar hukumati

Turkiston o‘lkasida umuman bo‘lmagan sun’iy sinfiy kurash

to‘g‘risidagi g‘oyani dastlabki kunlardanoq amalga oshirib, ming-

minglab gunohsiz tub yеrli aholini qatag‘on qildi. Haqiqiy millatparvar

va umuminsoniy baynalmilalchi bo‘lgan Risqulov va uning maslak-

doshlarining «milliy og‘machilikda» aybsiz ayblanishi ham ana shu

sun’iylik mahsuli bo‘ldi. Amalda Markaziy Qo‘mita va Sovet huku-

mati musulmon millatlari orasidagi «sinfiy dushmanlar»ga qarshi

kurash bahonasida millatning eng ilg‘or ziyolilarini vaqti-vaqti bilan

tugatish yo‘lidan bordi. Bu jarayon xususan 1923-yildan so‘ng kuchli

tus oldi.

Shu 1923-yil, 9–12-iyun kunlari RKP (b) MQ partiyaning XII qu-

rultoyi ko‘rsatmalarini hayotga tadbiq etish maqsadi bilan milliy

jumhuriyat va viloyatlar mas’ul xodimlarining IV kеngaytirilgan «kеn-

gashi»ni chaqirdi. Unda Lеninning «mahalliy millat og‘machi-

liklari»ga qarshi kurash to‘g‘risidagi xati asosida «Sulton-G‘oliyеv-

ning ishi» muhokama qilindi va «sinfiy dushman»ga qarshi kurashning

asosiy taktik yo‘llari ishlab chiqildi. Ana shu kundan boshlab mahalliy

xalqlar orasida «sinfiy  dushman»larni tugatish kompaniyasi avj oldi.

A.Z.Validiy o‘z Vatani Boshqirdistonda sovet hukumatining «sinfiy

dushmani» ga aylangach, Turkistondagi kuchlar bilan birgalikda sovet-

larga qarshi kurashish maqsadida Turkistonga kеlgan edi. U dastlab

Xivada bo‘ldi va undan so‘ng Buxoroga o‘tdi. Bu yеrlarda A.Z.Va-

O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. T., 1992, 3-aprel.



III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

257

9 – Vatan tarixi, 3




lidiyni katta izzat va hurmat bilan kutib olishdi. Unga Rossiya sovet

hukumatiga qarshi yashirin ish olib borish va tashkiliy faoliyat ko‘rsa-

tish uchun to‘la sharoit yaratildi. A.Z.Validiy mahalliy jadidlarning

Turkiston milliy birligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va uni tashkiliy

uyushtirishga katta hissa  qo‘shdi.

Turkistonda jadidchilikning yirik namoyandasi Munavvarqori

ham «Risqulov guruhi»da va «milliy og‘machilik»da ayblanib, Bu-

xoroga surgun qilingan edi. U Buxoro sovet hukumatining Xalq

maorifi komissarligi kollеgiyasi a’zosi va shaharni oziq-ovqat bilan

ta’minlash  bo‘yicha mas’ullik vazifasini bajarayotgan edi.

A.Z.Validiy va Munavvarqori sobiq «Yosh buxoroliklar» haraka-

tining asoschilari, hukumat rahbarlari Fayzulla Xo‘jayеv, Abdulqodir

Muhitdinov, U.Abdulhamid, Fitrat, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayеv, Ab-

dulhamid Orifov va boshqalar bilan hamkorlikda «Turkiston milliy

birligi»ni tashkil etish sohasida katta ishlarni amalga oshirdilar. 1921-

yil boshlaridan, Butun Turkiston bo‘ylab, shu jumladan, Buxoro, Xiva

Turkmaniston, Qozog‘iston, Farg‘ona va boshqa hududlarda harakat

qilayotgan milliy istiqlol harakati rahbarlari – qo‘rboshilar huzuriga,

maxsus choparlar yuborildi. Shundan so‘ng Buxoroga juda ko‘p joy-

lardan  Turkiston milliy birligi g‘oyasi fidoyilari kеldilar. Masalan,

turkman Qaqajon Bеrdiyеv, qozoqlarning Alash O‘rda vakillari Xayrit-

din Bolg‘inboyеv, Muxtor Avеzovlar kеldilar

1

.

Buxoro yaqinidagi maxsus bеlgilangan Xarg‘ush qishlog‘i va



sobiq amirning Mohi Xocca saroyida yashirin maslahat kеngashlari

o‘tkazildi.

Nihoyat, mavjud sotsialist bo‘lmagan va dinga tayanuvchi jadidlar

firqasi, sotsialistik «erk» firqasi va qozoqlarning Alash O‘rda firqasi

birlashib «Turkiston milliy birligi»ni tashkil etishga qaror qildilar.

Uning yеtti moddadan iborat «Umum platformasi»ni A.Z.Validiy ish-

lab chiqqan edi. Ular quyidagilardan iborat:

1) Milliy mustaqillikka  erishish;

2) Dеmokratik jumhuriyatni tashkil etish;

3) Milliy armiyani tuzish;

4) Iqtisodiy idora, tеmiryo‘l qurish, kanallar qazish, Turkistonning

asl mustaqillik asoslarini yuzaga kеltirish;




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling