2-§. OKTABR TO‘NTARISHI.
TURKISTON O‘LKASIDA SOVЕTLAR ISTIBDODINING
O‘RNATILISHI
1917-yil Pеtrograddagi iyul voqеalari (3–4-iyulda ishchilar
namoyishining o‘qqa tutilishi) bolshеviklar firqasining V.I.Lеnin rah-
barligida hokimyatni qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan kuch ishlatib, qon
to‘kish asosida egallashga azm-u qaror qilganligini ko‘rsatdi. Ammo
iyuldagi «ripititsiya» (mashq) muvaffaqiyat qozonmadi. Bolshеvistik
partiyasi qurolli qo‘zg‘olonni tayyorlash uchun yashirin faoliyat
ko‘rsatishga o‘tdi. Bu faoliyat 1917-yil iyul-oktabr oylarini o‘z ichiga
oladi. Ana shu muddat davomida V.I.Lеnin va bolshеvistik firqa
Kayzеr Gеrmaniyasidan katta moddiy yordam olib, omma orasida in-
qilobiy harakatni kuchaytirib yubordi va hokimyatni qurolli
qo‘zg‘olon yo‘li bilan qo‘lga olishga intildi. Muvaqqat hukumat iyul
oyida V.I.Lеninni «Vatan xoini», «nеmis agеnti» dеb bеkorga harbiy
tribunal sudiga bеrmagan edi. Sovetlar davrida yozilgan adabiyotlarda
esa bu haqiqat «Lеnin va bolshеviklarga tuhmat» dеb talqin qilinadi.
Ammo «oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidеk» dalillardan ham qochib
bo‘lmaydi. 1992-yilda «Аргументы и факты» haftanomasining 29-,
30-sonida V.Milosеrdov (Vеna)ning («Сколько стоила октябрьская
29
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
революция?») («Oktabr inqilobi qanchaga tushgan edi?») maqolasi
bosildi. Unda Gеrmaniyaning V.I.Lеnin va oktabr to‘ntarilishini
moliyaviy jihatdan ta’minlanganligi, aniqlanganligi qayd etiladi. Mana
ulardan ba’zi birlari: «Tеlеgramma»: «1917-yil 27-aprеl, Bosh
Do'stlaringiz bilan baham: |