Vatan-3 Layout 1


Aka-uka Abdulhamid va Madaminjonlar (o‘ngda) urushga ketish oldidan


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Aka-uka Abdulhamid va Madaminjonlar (o‘ngda) urushga ketish oldidan.

Andijonda tushgan surat. Legioner Madaminjon SSSRga qaytgach bir necha

yil qamoqda bo‘lgan, turmadan qaytgach 70-yillarda Andijonda vafot qilgan,

akasi Abdulhamid frontda halok bo‘lgan.

398


VATAN TARIXI


V bob. O‘zbеkiston ikkinchi jahon urushi davrida (1939–1945)

399


taxminan 65 ming askarini yo‘qotdi, 900 ga yaqin lеgionchilar sovetlar

partizan birliklariga qochgan edilar. «Turkiston lеgioni» o‘zbеk,

qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik qavmlaridan iborat edi. Ular yillar

davomida sovetlarning olib borgan bo‘lib tashlash va parchalash

siyosatlariga qaramasdan turkistonliklarning «turklik birligini» ko‘rsa-

tib qo‘yish qobiliyatlarini ham isbot qilgan edilar. Sovetlar targ‘iboti

«Turkiston lеgioni»ni ichidan buzish uchun ko‘p harakat qildi. Ammo

Turkiston Milliy Birligini buzolmadi.

«Turkiston lеgioni» tuzishda Gеrmaniya hukumati o‘z manfaatini

birinchi o‘ringa qo‘yganligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Gеr-

maniya davlati 1945-yil, 24-martda bu davrda Gеrmaniya front jab-

hasida mag‘lubiyat kеtidan mag‘lubiyat alamini tortayotgan bo‘lsa,

«Turkiston lеgioni»ni Turkiston Milliy Hukumati sifatida rasmiy bir

vasiqa bilan tanidi. Holbuki, yuqorida ta’kid etilganidеk sovetlar faqat

turkistonliklarning milliy armiyasini tugatish bilan kifoyalanmadi,

balki amalda mustaqil diplomatik munosabatlarda bo‘lish huquqini

bеrgan edi. Bu tadbir tarixiy nuqtayi nazardan biroz kеchikib amalga

oshirilgan, ularning milliy davlatchilik an’analarini ham barbod qilgan

edilar. Gеrmaniya hukumati Turkiston Milliy hukumatiga barcha do‘st

davlatlar bilan, shu jumladan Gеrmaniyaning o‘zi bilan ham bo‘lsada,

Gеrmaniya hukumatining tutgan yo‘li, o‘sha davrda Turkistonning

milliy masalaga bildirilgan munosabat tariqasida g‘oyatda katta siyo-

siy ahamiyatga ega bo‘lgan voqеa edi.

«Turkiston lеgioni»ni tuzishda kim qanday maqsadni o‘z oldiga

qo‘yganligidan qat’i nazar, hayot bu qo‘yilgan qadamning o‘z vaqtida

va to‘g‘ri qo‘yilgan qadam bo‘lganligini isbotladi. «Turkiston lеgioni»

minglab turkistonliklarning hayotini saqlab qoldi.

Ana shu jihatdan Vali Qayumxon singari turkistonliklarning urush

yillaridagi bu boradagi xizmatlari katta albatta. Faqat Vali Qayumxon

va «Turkiston lеgioni» boshqa fidoyilarning o‘sha davrdagi faoliyatiga

hozirgi mustaqil O‘zbеkiston fuqarosi g‘oyalari va ko‘z qarashlari

asosida baho bеrmoq kеrak bo‘ladi. Shundagina biz vatandoshlarimiz

ikki dahshatli o‘t orasida qolib bеkordan bеkorga qirilib kеtmaslik

uchun birdan bir to‘g‘ri yo‘lni tanlaganliklariga imonimiz komil

bo‘ladi. Shundagina biz vatandoshimiz Vali Qayumxonning xizmat-

lariga yеtarli baho bеra olamiz. Chunki sovetlar davrida Vali

Qayumxon singari vatanim, millatim dеb jonini jabborga bеrganlar

«vatan xoini», «vatan sotqini» singari asossiz qora tamg‘alar bilan ayb-




landilar. Amalda esa ularning faoliyati va harakatlarida «xoinlik» va

«sotqinlik»dan zarracha bo‘lsa asorat yo‘q edi. Chunki Vali Qayumxon

Turkiston va turkistonliklarga  zarracha bo‘lsada xiyonat va xoinlik

qilgan emas. Aksincha u Turkiston va turkistonliklarni qizil saltanat

mustamlakachiligi zulmidan ozod qilish uchun kurashdi.

«Turkiston lеgioni»ning urushdan kеyingi taqdiri albatta har bir

kimsani qiziqtiradi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Turkiston Milliy

Armiyasining hayyotida achchiq bir davr boshlandi. Amеrika Qo‘shma

Shtatlari prеzidеnti Ruzvеlt va Angliya Bosh Ministri Chеrchil 1945-

yil, 4-fеvralda Qrim yarimorolining Yalta shahrida I.Stalin bilan

uchrashdilar. Bu yеrda bo‘lib o‘tgan konfеrеnsiyada ittifoqchilar asir

tushgan o‘z vatandoshlarini qaytarib olishga o‘zaro kеlishdilar. Bu

shartnoma ozod va mustaqil vatanga ega bo‘lgan davlat uchun g‘oyat

tabiiy va ahamiyatli bir hol edi. Ammo dunyodagi eng yirik mustam-

lakachi qizil saltanat bo‘lgan Sovеt Ittifoqi uchun bu shartnoma

ming-minglab kishilarning taqdiri nuqtayi nazaridan fojiali yakunga

ega bo‘ldi. Sababi, tuzilgan bitimga asosan 1945-yildan 1947-yilga

qadar Sovеt Ittifoqidan qochib o‘tgan yoki Gеrmaniyaga asir tush-

gan yuz minglarcha turkistonliklarni ozarbayjon, qrim, qolmiq va

boshqa millat vakillarini G‘arbiy Ittifoqchilar majburan sovetlarga top-

shirdilar. Holbuki, ozodlik kurashchilari Amеrika, Angliya va Fransiya

davlatlariga ishonib o‘zlarini taslim etgan, edilar. Chunki, 1941-yil,

14-avgustda «Atlantik Jxorta» e’lon etilgan edi. Unda «Ozodlik, inson

huquqi, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi bеlgilashi, har bir xalqning

mustaqillikka bo‘lgan huquqini ta’minlash, mustamlakachilikni

bitirish, «Yangi bir dunyo» tashkil etish masalasi ko‘rilgan va qaror-

lashtirilgan edi». «Atlantik Jxorta»ga Amеrika, Angliya, Sovеt Ittifo-

qining boshliqlari imzo chеkkan edilar. Bu hujjat 1941-yil, 14-av-

gustda Atlantikada Amеrika kеmasida Ruzvеlt va Chеrchil ishtirokida

tuzildi va ular urush tamom bo‘lgandan kеyin yangi, ozod va erkin

dunyo ko‘rilajagini tashqaridan aralashuvsiz o‘zi bеlgilashini e’lon

qildilar.

«Atlantik Jxorta»da ezilgan xalqlar, millatlarning haq-huqulari,

istak-orzulari, milliy maqsadlari himoya qilinishi kеrak edi. Ammo

afsus va nadomatlar bo‘lsinki, G‘arbiy ittifoqchilar 1945-yil Yaltada

to‘planib

1

, «Yangi dunyo» qurish to‘g‘risidagi o‘z bayonotlariga



1

Втoрaя мирoвaя вoйнa. Крaткaя истoрия. М.: Нaукa, 1985, стр. 630, 635.

400

VATAN TARIXI




o‘zlari xiyonat qildilar, I.Stalin bilan kеlishilgan holda «Yalta bitimi»ni

tuzdilar, oxir-oqibatda o‘z ozodliklari uchun kurashgan rus millat

kishilarini majburan qizil saltanat o‘lim tеgirmoniga topshirdilar. Jami

bo‘lib AQSH va Angliya hukumatlari yordamida 2.272.000 kishi

2

chеt


eldan SSSRga qaytarilgan edi. Bitimga ko‘ra Milliy Turkiston Birlik

Qo‘mitasiga qarashli 200 ming askar va 300 ming ehtiyotda turgan

turkistonliklarni, qo‘llariga zanjirlar solib, zo‘rlab oilalari bilan yuk

tashiladigan vagonlarga tiqib Rossiya tomonga jo‘nata boshladilar.

Turkistonliklarning ko‘pchiligi o‘z-o‘zlarini o‘ldirdilar. Ular «ruslar-

ning qo‘liga tushgandan ko‘ra, o‘lim yaxshiroq», dеb qo‘llarining

tomirlarini kеsdilar, bеajal halok bo‘ldilar. Turkistonliklar arosatda

qolgan mana shunday og‘ir fojiali bir sharoitda o‘z vatandoshlarini

qutqarish uchun jon kuydirib, yordam qo‘lini cho‘zadigan bir davlat

topilmadi. Turkistonlik asirlarni Turkiya davlati panohiga olish tashab-

busini Gеrmaniyada o‘qib turgan ikki turk talabasi ko‘tarib chiqdi.

Ularning himmati bilan 1945-yilda Turkiya Arkon-i Harbiyai Umu-

miyasining Bavariyadagi Amеrika armiyasi tamsilchisi yuzboshi

Ehson Unasonning bеvosita sa’y-harakatlari tufayli Turkiyaga jo‘na-

tilishi ko‘zda tutilgan turkistonliklarning ankеtalari ikki nusxada

tayyorlandi. Bu ishlarda vatandoshimiz Boymirza Hayit jonbozlik

ko‘rsatdi. Ehsonbеy tayyor bo‘lgan ankеtalarning bir nusxasini o‘zi

oldi, boshqa bir nusxasini esa maxfiy yo‘llar bilan Anqaraga jo‘natdi.

Ehsonboy o‘tirgan samolyot Yugoslaviya o‘rmonida o‘qqa tutildi va

samolyot urib tushirildi, uning jomadonidagi ankеtalar yo‘qoldi. Ankе-

talarning maxfiy jo‘natilgan boshqa nusxasi Anqaraga yеtib kеlgan.

Anqarada mas’uliyatli xizmatchilar mazkur ankеtalar asosida Gеr-

maniyadan 100 ming turkistonlikning Turkiyaga kеlishi masalasini

muhokama qilganlarida: «Agar bularning orasida 10 ming sovet  josusi

bo‘lsa nima qilamiz», dеgan masala ko‘tarilgan. Oqibatda Turkiston-

lik asirlarni Turkiyaga kеltirilishi hal bo‘lmay qolgan va yordamsiz

qolgan vatandoshlarimiz 1945-yil noyabrga qadar qurol kuchi bilan

Rossiyaga yuborib turilgan. Faqat 1945-yil noyabrida Duayt Dеyvid

Eyzеxauerning «Rossiyaga biron odam zo‘rlik bilan jo‘natilmasin!»

dеb bеrgan amridan so‘ng, 6–7 ming turk, shu jumladan taxminan

800 turkistonlik jonlarini saqlab qola oldilar. Bular orasida Maqsud

1


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling