V bob. O‘zbеkiston ikkinchi jahon urushi davrida (1939–1945)
armiya tomoniga o‘tib ketishdan cho‘chiganlar. Shunday bo‘lsa ham
ular fashistlarga qarshi isyonlar qilgan, Qarshilik va partizanlik
harakatida faol qatnashganlar.
Turkistonlik harbiy asirlarning bir qismi Fransiya, Yugoslaviya,
Polsha, Italiya, Slovakiya, hatto Ispaniyadagi partizanlik harakatiga
ommaviy ravishda o‘tib ketganlar. Asli andijonlik SS Turkiston polki
komandiri G‘ulom Alimov 1944-yil, dekabrida nemis armiyasidan di-
zertirlik qilib Venada syezd bo‘layotgan davrida, Bratislava yonida
turgan ruslar va slovaklar bilan aloqa o‘rnatib, besh yuz nafar legioneri
hamda partizanlar birgalikda fashizmga qarshi kurash olib borgan.
1
Uning polkida asakalik G‘ulomjon Ro‘ziboyev (mashhur bastakor),
andijonlik (Qizil Karvon ko‘chasidan) Madaminjon Isroilov va bosh-
qalar bo‘lgan.
Ruslar, Turkiston milliy askarlaridan asir olmas edilar, ularni
«qora fashistlar» dеb atashardi. Olingan asirlarni ayab o‘tirishmas,
ularni joyida o‘ldirishardi. Hatto yarador askarlarga nisbatan ham
shafqat yo‘q edi. «Turkiston lеgioni» 1944-yilning oxirlariga kеlib
1
Shamsutdinov R., Hoshimov S. «Urush va zulm qurbonlari». «Наука. Образование.
Техника» № 1. – 2007. 42-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: