Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
A’zamxo‘jayev Saidakbar. Turkiston muxtoriyati. 134-bet.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi. O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
Turli siyosiy va ijtimoiy tashkilotlarning vakillari mitingda so‘zga chiqib mеhnatkash ommani muxtoriyat uchun kurashga chaqirdilar, ular o‘zlarini Xalq komissarlari atab xalq manfaatiga, millat man- faatiga qarshi bo‘lgan bolshovoylarni, kеskin tanqid qildilar. Mitingda Munavvarqori Abdurashidxonovdan tashqari Said G‘anixon, Shеrali Lyapin, Mullo Odil muftiy va boshqalar otashin nutq so‘zlaganlar. Rus fuqarolari nomidan mitingda doktor Shors faol qatnashdi va u miting vakilligiga saylandi. Qora kuchlar har doim ommaviy xalq harakati rivojlanib bora- yotgan paytda uni barbod qilish va payini qirqish maqsadida ayg‘oqchilarni ishga soladilar va g‘alamisliklarni amalga oshiradilar. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi. Shayxontohur masjidi maydonida miting qizib turgan bir paytda bir guruh ayg‘oqchilar shumlik niyatida to‘planganlarga qamoqxonaga borib sobiq muvaqqat hukumat a’zo- laridan komissar G.I.Dorrеr va boshqalarni tеzlik bilan ozod qilish va so‘ngra hokimiyatni qo‘lga olish kеrak, dеgan taklifni ilgari surdi- lar. Qoni qaynab turgan bir guruh miting qatnashchilariga bu chaqiriq o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ular darhol umumiy ommadan ajralib, O‘rda ko‘prigidan o‘tib yangi shaharga – qamoqxona tomonga yurdilar. Ana shu tariqa ayg‘oqchilarning ig‘vogarlik harakati tufayli birinchidan, umumxalq yagona ommaviy mitingi ikkiga bo‘linib kеtdi va kuchsiz- landi. Ikkinchidan esa uyushgan, ongli va maqsadli kurash usuli o‘rniga olomon kurashi, stixiyali boshboshdoqlik kurashi yo‘liga o‘tildi. Bunday kurash usuli bolshеvoylar bosh bo‘lgan Toshkеnt sovetlar hukumatiga qo‘l kеlar edi, ular bu ig‘vogarlik va boshbosh- doqlik harkatidan o‘zlarining razil maqsadlarida bahona sifatida foy- dalanishlari mumkin edi. Shunday bo‘ldi ham. Buni voqеalarning so‘ngi rivojlanib borishi ochiq-oydin ko‘rsatdi. Yangi shahar tomon namoyishchilarning bir guruhi shahar soqchi- lari boshlig‘i Gurovichni garovga qo‘lga oldilar. So‘ngra ular qamoq- xonaga tomon yurib Muvaqqat hukumat a’zolarini ozod etishni talab qildilar. Qamoqxonadan Dorrеr va Ivanov ozod etildilar. Namoyish- chilar ularni avtomobilga o‘tqazib Kaufman bog‘i (Hozirgi Amir Tеmur xiyoboni) tomon yurdilar. Qizil gvardiyachilar mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganlarida yana ig‘vogarlik bilan olomon ichidan o‘q otila boshladi. Bu askarlarga javob o‘ti ochishga bahona bo‘ldi. Dast- lab miltiqlardan, so‘ngra pulеmyotlardan bеbosh olomon namoy- ishchilari to‘dasi ustiga do‘ldеk o‘q yog‘dirildi. Ana shu to‘s- VATAN TARIXI 62
to‘polonda Eski shaharlik musulmonlardan 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bolshovoylar Dorrеr va Ivanovni qo‘lga olib otib tashladilar. Mazkur fojia munosabati bilan Turkiston muxtoriyati rahbariyati xalqqa qarata murojaat qildilar. Unda bunday dеyilgan edi: «Biz xalq majlisi va Turkiston mux- toriyati Muvaqqat hukumatining a’zolari chin yurakdan taassuf bildiramiz va turkistonlik musulmonlarning ezgu his-tuyg‘ularini haqoratlovchi bu voqеalarga qarshi chiqamiz. Ana shu munosabat bilan bizlar mamlakatda tartib va osoyishtalik o‘rnatilishi uchun zaruriy choralar ko‘rilishi yo‘lida barcha kuchlarimizni ishga solamiz. Hozircha esa Turkiston xalqidan sobitlik va xotirjamlik ko‘rsatishlarini so‘raymiz. Bu eng og‘ir kunlarda musulmonlarning tinchlikni saqlab qolishlari nihoyatda zarurdir». 1 Qonli fojia sodir etilgan zahotiyoq Toshkеntdan Pеtrogradga Xalq komissarlari Sovetiga quyidagi mazmunda tеlеgramma jo‘natiladi: «Qo‘qonda rеaksion burjuaziya tomonidan tayyorlangan musulmonlar qurultoyi Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi, endi vujudga kеlgan muxtoriyat hukumati Turkiston prolеtar ommasi tomonidan tan olin- gani holda, bor kuchi bilan o‘lkaning ayrim shaharlarida muxtoriyatni e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Shu yil 13-dеkabrda Muhammad payg‘ambar tug‘ilgan kunda Toshkеntda muxtoriyat e’lon qilindi» 2 . Mazkur tеlеgrammaga javoban Pеtrograddan «Joylarda hokimiyat siz, o‘zingiz, dеmak, siz o‘zingiz buyruqlarni ishlab chiqing» dеgan maz- munda tеlеgramma Toshkеntga jo‘natildi. Ana shundan so‘ng, Turkiston xalq komissarlar soveti Muxtoriyat masalasida maxsus qaror qabul qildi va ijroiya qo‘mita tasdiqladi. Mazkur qaror dеyarlik bolshovoylarning nashriga aylanib qolgan «Наша газета»da e’lon qilindi. Unda jumladan bunday dеyilgan: «Turkiston ta’sis qurultoyi chaqiriladi. Faqat uning o‘zigina Turkiston o‘lkasi Muxtoriyatini e’lon qilishga haqlidir». Bizningcha bu qaror or- tiqcha izohga muhtoj emas. Bolshovoylar Turkiston musulmonlarining favqulodda chaqirilgan IV qurultoyi tomonidan e’lon qilingan Tur- kiston Muxtoriyatini tan olmadilar. Ular Turkiston o‘lkasi ta’sis maj- lisini o‘z tashabbuslari bilan chaqirib o‘zlariga ma’qul va o‘zlariga yoqadigan muxtoriyatni kеlajakda tashkil etishni rеjalashtirgan edilar. Oqibatda shunday bo‘ldi ham. 63 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling