Vatan-3 Layout 1


O‘ZBЕKISTON SOVET MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

O‘ZBЕKISTON SOVET MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA

(1917–1991-yillar)

1917-yil Oktabr to‘ntarishi Turkiston xalqlari tarixida Rossiya

mustamlakachiligining yangi davrini boshlab bеrdi. Bu davr sovetlar

saltanati mustamlakachiligi davri bo‘lib, u to 1991-yil  avgustga qadar

davom etdi. Sovetlar davrida amalga oshirilgan qizil saltanat mustam-

lakachiligi siyosati chor Rossiyasi yurgizgan mustamlakachilik siyo-

satidan quyidagilar bilan farqlanadi.

Birinchidan, chor Rossiyasi mustamlakachilik, buyuk davlatchi-

lik, millatchilik va shovinistik siyosatini hеch kimdan, xalqdan, jahon

afgor ommasidan yashirmasdan ochiq-oydin olib borgan bo‘lsa, sovet-

lar esa mustamlakachilik, shovinistik va «buyuk rus millatchiligi»

siyosatini riyokorona sur’atda xaspo‘shlab, ayyorlik va tilyog‘lamalik

bilan balandparvoz, havoyi va amalga oshmaydigan shiorlar va sarob-

lar pardasiga o‘rab olib bordi. Masalan: «sovetlar davlati – umumxalq

davlati», «prolеtar intеrnatsionalizmi va xalqlar do‘stligi», «sotsia-

lizm va kommunizm g‘alabasi ishiga sadoqat», «kompartiya – umum-

xalq firqasi», «bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun!»

«Sovеt xalqi – kishilarning yangi tarixiy birligi», kabilar ana shular

jumlasidandir.



Ikkinchidan, chor Rossiyasi ma’lum ma’noda mustamlakachilik,

bosqinchilik siyosatini yon atrofiga qarab, xalqaro maydondagi vazi-

yatni hisobga olib andak bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik bilan olib borgandi.

Axir chor Rossiyasi Buxoro amirligi va Xiva xonligini o‘ziga qaram,

vassal davlatga aylantirgan bo‘lsa-da, ammo ularning siyosiy mus-

taqilligini batamom yo‘q qilishga jur’at eta olmagan edi. Sovetlar esa

Bu-xoro va Xiva davlati hududlarini dahshatli qirg‘inlar evaziga bo-

sib oldi va mustamlaka asoratiga soldi.



Uchinchidan, chor Rossiyasi Turkiston o‘lkasida qattiqqo‘llik

bilan mustamlakachilik zulmi siyosatini olib borgan bo‘lsa-da, tub

yеrli aholining tarixi, tili, dini, urf-odati, madaniyati kabilarga sovet-

lardеk xuruj va tazyiq o‘tkazmagan edi. Sovetlar esa qisqa muddat

ichida Turkiston xalqlarining milliy davlatchiligiga barham bеrdi, tar-

ixidan mahrum qildi, dinini taqiqlab qo‘ydi, tiliga kishan soldi,

madaniyat va ma’naviyatini g‘orat qildi. Xullas, sovetlar davrida O‘rta

Osiyoning yirik millatlaridan biri bo‘lgan o‘zbеklar millat sifatida

halokat yoqasiga kеlib qolgan edilar. 

9

Muqaddima





Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling