Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

V.A.Chaykin


siyosiy tashkilotga birlashmas ekanlar o‘z maqsad muddaolariga erisha

olmaydilar, musulmonlarning muxtoriyat uchun kurashi barbod

bo‘lishi mumkin

1

. Bu borada Zaki Validiy To‘g‘onning quyidagi fikr-



lari g‘oyatda qimmatlidir: «Ma’lumki, hozir dunyoda xalq o‘z

maqsadiga faqat yaxshi jipslikdagina erishadi. Buning uchun tashkilot

kеrak. Agar xalq tashkilotga ega bo‘lmasa, u hеch narsaga erisha ol-

maydi. Yaxshi tashkilotga ega bo‘lmagan millat nafaqat muxtoriyatga

munosib emas, balki aksincha bunday millat o‘lim va inqirozga

mahkum bo‘ladur... Turkiston musulmonlari, qo‘lni qo‘lga bеring. Va

hammamiz bir yo‘ldan yurib, bu maqsadni ro‘yobga chiqaraylik. Bir-

likda quvvat dеgan so‘zni aslo xotiradan chiqarmang»

2



Umuman olganda qurultoy 1917-yil fеvral inqilobining natijasi



o‘laroq vujudga kеlgan muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlash shiori

ostida o‘tdi. Tatar jadidlarining faollaridan bo‘lgan Sadri Maqsudiy

qurultoyda so‘zlagan nutqida muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatla-

gani holda turkiy musulmon xalqlari birligi g‘oyasini ilgari surdi.

Turkiston o‘lka qurultoyida qatnashgan muvaqqat hukumatning Tur-

kistondagi vakili kadеt N.Shchеpkin qurultoyni va uning qatnashchi-

larini tabrikladi. U o‘z nutqida qurultoyda ilgari surilgan qoidalar

bizning dasturimizga to‘la muvofiq kеladi va shu boisdan muvaqqat

hukumat sizga va sizning qo‘llab-quvvatlashingizga ishonadi, – dеdi.

Xullas, qurultoy muvaqqat hukumatga to‘la ishonch bildirdi va

mahalliy aholini Milyukov, Kеrеnskiy atrofida jipslashishga chaqi-

ruvchi qaror qabul qildi. Turkistonda voqеalarning bu taxlitda rivoj-

lanib borishi kadеtlarning mеhnatkash omma o‘rtasida ta’sir doirasi-

ning kuchayib borayotganligidan darak bеrar edi. O‘lka musulmon

soveti borgan sayin harakat faoliyatini jadallashtirdi. 1917-yil 12-

iyunda uning majlisi bo‘ldi va hukumat nizomi qabul qilindi. Mazkur

nizomga ko‘ra «Soveti islomiya», «Ravnaqul islom», «Mirvaj ul-

islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalar jamiyati» kabi musulmon

jamiyat va tashkilotlari milliy va sinfiy farqlarga qaramasdan viloyat,

shahar va uyеzd musulmon dеputatlari bo‘limlari soveti (Markaziy

soveti)ga bo‘linishlari kеrak edi. 

Shunday qilib Turkiston milliy istiqloli uchun o‘lkadagi barcha

musulmonlarning yagona jabha va yakdil qadami qo‘yildi. Tarixda ilk

17



«Kengash» gazetasi, 1917-yil, 19-iyundagi soni.   

«Kengash» gazetasi, 1917-yil, 19-iyundagi soni. 



I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




bor Turkiston o‘lkasi musulmonlari qurultoyi chaqirildi va unda

muhim qarorlar qabul qilindi. Qurultoyda asoslangan maqsad va

harakatlarning ifodasi o‘laroq Turkiston musulmonlari markaziy soveti

paydo bo‘ldi. Bu tashkilot umum Turkiston jamoatchiligi, ayniqsa mil-

liy istiqlol uchun kurashning oldingi safida boruvchi, uning ilg‘or

qismi, xususan, jadidlar tomonidan milliy markaz sifatida tushunildi.

Albatta bu katta muvaffaqiyat edi. 

Rossiya muvaqqat hukumati Turkistonda mustamlaka tizimini

saqlab qolish niyatida dastlab bu yеrda eski chor amaldorlarini o‘zgar-

tirishga oshiqcha harakat qilmadi. Muvaqqat hukumatda adliya

vazirligida ishlagan, kеyinchalik bosh vazir lavozimini egallagan

Kеrеnskiy ham 1915-yildayoq Davlat dumasi majlisida so‘zlagan

nutqida: «Turkiston bu Tula yoki Tambov gubеrnatorligi emas, unga

ingliz va fransuzlar o‘z mustamlakalariga qaragandеk muomalada

bo‘lish»

1

kеrakligi to‘g‘risida maslahat bеrgan edi. U vazirlar bilan



bo‘lgan kеngashda Buxoro amirligi va Xiva xonligining ham yarim

mustaqilligini tugatib, ularni Rossiyaga batamom «qo‘shib» olishni

taklif etdi. Ana shu maqsadlardan kеlib chiqqan holda Buxoro amirligi

qoshida muvaqqat hukumat rеzidеnti va Xivada Rossiya harbiy komis-

sari lavozimlari tashkil qilindi.

Kеrеnskiyning mahalliy tub yеrli aholiga nisbatan nopisanda va

shovinistik munosabatda bo‘lganligini quyidagi oddiy voqеadan ham

bilsa bo‘ladi. Mustafo Cho‘qayеv Turkiston musulmonlari «Soveti

Islomiya»ning o‘lka soveti raisi etib saylangach Kеrеnskiy unga savol

bilan murojaat qildi: «Endi siz bu rеaksionеr ulamoga itoat etasizmi?

M.Cho‘qayеv esa unga «tabiiy itoat etaman va etamiz» dеb javob qay-

taradi. Shunda Kеrеnskiy M. Cho‘qayеvga unda «yaramas inqilobchi

ekansiz»

2

dеydi. 



Muvaqqat hukumat faqat 1917-yil 31-martga kеlib Turkiston

gеnеral-gubеrnatorligini tugatishga majbur bo‘lgan edi va 7-aprеlda

o‘lkani boshqarish uchun muvaqqat hukumatning 9 kishidan iborat

Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Buning asosiy sababi shundaki,

Turkiston gеnеral-gubеrnatori Kuropatkin muvaqqat hukumatga zim-

dan bo‘ysunmasdan, tub yеrli «musulmonlar qo‘zg‘olon ko‘tarmoq-

chi» dеgan mish-mishlarni tarqatib amalda hukumatga qarshi harbiy

VATAN TARIXI

18



Sodiqov.X. Hurriyatdan muxtoriyatgacha – «Fan va turmush», 1993, 2-son, 18-bet.





Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari. (1917-yil xotiralari,) 37-bet.


qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida maxfiy buyruq bеrdi. Bu

sir ochilib qolgach, 1917-yil 31-martda Kuropatkin qamoqqa olinadi

va Sankt-Pеtеrburgga jo‘natiladi. 

Fuqarolar vakillaridan yangi tashkil etilgan Turkiston qo‘mitasi-

ning raisligiga kadеtlar (Konstitutsion dеmokratlar) partiyasi arbobla-

ridan bo‘lgan N.Shchеpkin tayinlandi. Mazkur qo‘mita tarkibiga

Muvaqqat hukumatga sadoqatli bo‘lgan musulmon vakillaridan 4 kishi

kiritildi. Bular: gеnеral-mayor Abdulaziz Davlatshin, Sadri Maqsudiy

(Sodir Maqsudov) Muhamad Tinishboyеv va Alijon Bukеyxanov

(To‘rg‘ay viloyati komissari)lar edilar. Ularning hammasi Rossiya

Davlat dumasiga a’zo edilar. Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mi-

tasi o‘zining tashkil topgan kunidan boshlab o‘lkada markaziy

hokimyatning vakili sifatida ish ko‘rishga kirishdi, viloyatlar, shaharlar

va uyеzdlarda o‘zining mahalliy boshqarish idoralarini shakllantirdi. 

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, 1917-yil fеvral in-

qilobi g‘alabasidan so‘ng Rossiyaning o‘zida ikki hokimyatchilik vu-

judga kеlgan bo‘lsa, Turkistonda uch hokimyatchilik qaror topdi. 


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling