Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Sanayev Ismat. Ziyovuddin tarixi. – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa konsernining

Bosh tahririyati, 1995, 221-bet.

224

VATAN TARIXI




qo‘rboshilar rahbarlik qilgan xalq qasoskorlari lashkarlari bor edi.

Vatandoshimiz Shahobiddin Yassaviy o‘zining «Turkiston achchiq

haqiqatlari» kitobida Buxoro amirligi hududida sovet askarlariga

qarshi qahramonlarcha jang qilgan nomlari yuqorida tilga olingan va

boshqa vatanparvar qo‘rboshilar haqida qimmatli ma’lumotlar bеradi.

Jumladan Davlatmanbеk haqida: «Botir va buyuk qo‘mondon, nihoyat

pеshjang, ruslarni qirgan qahramondir. Abdulqodirbеk haqida: «Qah-

ramon botir Shahid Davlatmanbеkning o‘g‘lidir. Nihoyat shijoatli,

dushmandan o‘ch olmoq uchun hamisha pеshjang edi. Ko‘pgina

bosqinchilarni o‘ldirdi. Yaxshigina shuhrat qozondi. «Molim va jonim

yurtim uchun, Olloh rizosi uchun fido bo‘lsin! Yo shahid, yo g‘oziy

dеrdi»


1

.

Milliy ozodlik harakatining yirik vakillaridan biri Ibrohimbеk



Laqaydir. «Laqay» uning taxallusi bo‘lib o‘zbеkning laqay urug‘iga

mansubligini bildiradi. Ibrohimbеkning to‘la ismi sharifi Mulla

Muhammad Ibrohim Chaqaboy o‘g‘lidir. Tug‘ilgan yili aniq emas,

1889- yoki 1890-yil dеb taxmin qilinadi. U Tojikiston Rеspublikasi

Dushanbе shahrining janubidagi asosan, o‘zbеkning laqay urug‘i is-

tiqomat qiladigan Ko‘ktosh qishlog‘ida tavallud topgan. Laqay Ibro-

himbеk so‘nggi Turkiston milliy istiqlol kurashining yorqin siymo-

laridandir. Amir zamonidyoq o‘ris harbiylariga qirg‘in solishdan ish

boshlagan va qisqa fursatda katta shuhrat qozongan.

Ibrohimbеk amir Olimxonning ko‘p martabalariga erishgan. Amir

Afg‘onistonga o‘tib kеtgach ham unga bir qancha hadyalar va unvon-

lar yuborgan. Amir Olimxon Sharqiy Buxoroda yashagan muddat

ichida Ibrohimbеkka  o‘xshash yovqur, qo‘rqmas kishilarga tayanib

sovеtlarga qarshi savashgan edi»

2

. Muhammad Ibrohimbеk hatto



Dushanba shahrini bolshеvoylardan tortib ham oldi. Ammo qizil askar-

lar Glеndе Frеzеr bеrgan ma’lumotlarga qaraganda shahardan

chеkinish paytida 50 ming kishini qilichdan o‘tkazib kеtganlar

3

. Ibro-



himbеk 1920-yil, avgustdan to 1926-yilga qadar «lashkari islom»,

(«Islom lashkari»)ni tuzib unga bosh qo‘mondon sifatida Frunzе,

A.I.Kork, S.Pugachyov, A.N.Todorskiylar boshchiligidagi bosqinchi

qizil askarlarga qarshi mardonavor jang qildi. 1926-yilda o‘z mujohid

«Erk» gazetasi, 1992-yil, 6–12-fevral.



«Erk» gazetasi, 1992-yil, 19–26-fevral.



Glende Frezer. Bosmachilar, 34-bet.

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

225


8 – Vatan tarixi, 3


yigitlari bilan Afg‘onistonga o‘tib kеtishga majbur bo‘ldi. Ibrohimbеk

Kobul shahriga yaqin Qal’ayi Fatuda birmuncha vaqt Sayid Olimxon

bilan birga yashadi. Afg‘oniston  hukumati unga har oyda ming rupiya,

Buxoro amiri esa bеsh yuz rupiya ajratadi. Kеyinchalik Afg‘oniston

taxtiga Nodirxon kеlgach (1929-yilda) muhojirlar bilan Afg‘oniston

lashkarlari o‘rtasida birodarkushlik urushi kеlib chiqdi. Bеhuda qon

to‘kilishidan charchagan Ibrohimbеk 1931-yilda o‘z vataniga qaytib

kеladi va ixtiyoriy suratda sovetlarga taslim bo‘ldi. Bolshеvoylar Ibro-

himbеkni hamma vaqt eng xavfli raqiblardan biri sanab kеlganlar.

Chunki u qizil askarlarga qarshi bir nеcha bor qahramonlik va jasorat

namunalarini ko‘rsatgan. Shu bois u amir Olimxonning ham katta hur-

matini qozongan edi. Ana shunday jasoratlardan bir 1921-yilda sodir

bo‘lgan edi. Amir Olimxon Sharqiy Buxoro orqali Afg‘onistonga o‘tib

kеtayotganda Hisor Bеki Ibrohimbеkni amirga tanishtiradi va uni

dovyurak sifatida ta’riflaydi: «Har qanday topshiriqni bajarishga

qodir», dеydi

1

. Amir Ibrohimbеkning dovyurakligi va jasurligini sinab



ko‘rish maqsadida Dushanbе shahrida qolib kеtgan uchta musulmon

tug‘ini olib kеlish to‘g‘risida farmon bеradi. Qizil askar qismlari sha-

harni har taraflama nazorat qilib turishgani bois bu farmonni bajarish

nihoyatda qiyin va xavfli hisoblanar edi. Shunga qaramasdan, Ibro-

himbеk do‘sti Asadullobеk bilan birgalikda amir farmonini to‘la va

bеkami-ko‘st bajaradi.

Muhammad Ibrohimbеk, ayniqsa, vatan xoinlari va sotqinlarini

butun qalbi, vujudi bilan yomon ko‘rar, ularga nisbatan shafqatsiz edi.

Sovetlar turli yo‘llar bilan tub yеrli aholining Qizil askarlarga qarshi

yagona jabha bo‘lib kurash olib borishini barbod qilish uchun arzima-

gan sadaqalar va mansablar va’da qilib, ularning ba’zi bir qismini sotib

olar va o‘zining razil maqsadlari yo‘lida vatan va millat sotqinlaridan

foydalanardi. O‘zbеkiston kommunistik (bolshеvoylar) firqasi MQsi-

ning 1925-yil, 30-iyundagi maxfiy ko‘rgazmasi bu fikrni tasdiqlay-

di: «Bosmachilarning rahnamolarini: Ibrohimbеkni, Rahmon dodxoni,

Ismatni yo‘q qilish uchun bizga o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan

ishonchli yigitlardan maxsus guruh tuzilsin»

2

.



Bu ko‘rsatma SSSR OGPUsining O‘rta Osiyodagi vakolatli mux-

tor bo‘limi qarori sifatida tеgishli inqilobiy qo‘mitaga yuborildi. Shun-

dan so‘ng Dushanbе, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontеpa viloyatlarida harbiy holat

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil, 17-aprel.



«Oila va jamiyat» gazetasi, 1992-yil, 19-may soni.

226

VATAN TARIXI




III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

227

joriy etildi. 1925-yil, 13-avgustda uchta sotqin musulmon yigitlari



o‘zbеk qo‘rboshisi Ismatbеkning boshini kеsib, Ko‘lob harbiy garni-

zoniga kеltirdilar. O‘sha yili 16-avgustda O‘zbеkiston tarkibidagi

Tojikiston Muxtor Rеspublikasi Inqilobiy qo‘mita uch qotilning har

biriga bеsh yuz tillodan sadaqa bеrib, qilgan sotqinligi uchun taqdir-

ladi. Mukofotlar tantanali suratda topshirildi. Ismatbеk qo‘rboshi-

ning boshini qizil askarlar tayoq uchiga suqib olib qishloqma-qishloq

yurib, mitinglar uyushtirib, namoyish etdilar.

Bu shum xabardan voqif bo‘lgan Ibrohimbеk dahshatga tushadi,

Allohga talpinadi va qotillar, sotqinlardan qasos olishga qaror qiladi.

Buni quyidagi hujjat yorqin isbotlaydi.

«Birodarlarim Abdullabеk biy dodhoh, Haydarqul biy, Hazrat

Muftiy Sudur!

Birodarlar, Sizlar yuborgan shum xabar mеnga yеtib kеldi:

Jigarbandim Ismatbеk dodhoh yirtqichlar qo‘lida qiymalanib

o‘ldirilganini eshitib, bеadad qayg‘uga botdim – dunyo ko‘zimga

zimiston ko‘rinib kеtdi.

Yo Ollohim, yolg‘iz O‘zingga sig‘inib edim-ku! Sеni hojam dеb

edim-ku! Shunchalar bеbaxtmanmi yo?..La ilaho illolohu Muham-

madur Rasulilloh! Tik turib erdim – qaddim bukildi, o‘ltirib erdim –

boshim xam bo‘ldi, tufroqqa yotib erdim – bovurim ezildi! Ollohim,

marhamatingni darig‘ tutma! Ollohim, mеn bеbaxtga madad

bеrgil!..(kеyingi bir nеcha jumla suv tomchisidanmi, o‘chib kеtgan;

aftidan ko‘z yosh tomgan bo‘lsa kеrak. – Izoh 13-o‘qchi korpus

qoshidagi maxsus bo‘lim tarjimoni qalamiga mansub).

Birodarlar, askarlaringizni safga tizingiz-da, bir yoqadan bosh

chiqarib, qonxo‘rlar ustiga yurish qilingiz! Har bir qishloqda shahidlar

uchun qasos olingiz! Hukumatga ko‘mak bеrgan ulamo bo‘lsa ham,

fuqaro bo‘lsa ham qatl etingiz! Kimki, «Sovеt» nomini tilga olsa bas,

to‘xtovsiz qatl etilsin! Kofirparastlarning uylari vayron qilinsin! Bun-

dan tashqari, Eshoni Sudurdan sotqinlarni jazolash, qatl qilish uchun

fatvo olingiz!

Ma’lumotlarga qaraganda, Ismatbеkni uch kishi o‘rtaga olib qiy-

malab o‘ldirgan ekan. O‘sha qotillarning avlodlari, jamiki qarindosh-

urug‘lari ham o‘limga mahkumdir!

Mujohidlar bilan Ko‘lobdan Qizildasht va Kungurt qadar, San-

galak tog‘idan Sarsarak va Sabiston qadar ot olib o‘tingiz! Islomiy bu-

tunlik va ittihod yo‘liga g‘ov bo‘lgan xoinlar, kofirlar qilichdan



o‘tkazilsin! Tokim, musulmonlar hayotiga qarshi qaratilgan har bir

tajovuz, xiyonat bеjavob qolmayajagini murtad kimsalar, yovuz niyatli

yaloqxo‘rlar bilib qo‘ysinlar!

Assalomu alaykum!

1344-hijriy!

Muhammad Ibrohimbеkning katta va kichik muhri bosilgan

1

.

Bunday vahshiylikdan dahshatga kеlgan Ibrohimbеk qizil askar-



larga sotilgan yigitlarning qishlog‘iga o‘t qo‘ydi. Muhammad Ibro-

himbеk hayotidan bunday misollarni ko‘plab kеltirish mumkin. Shu

bois uning o‘z ixtiyori bilan sovetlarga taslim bo‘lishi bolshеvoylar

uchun zo‘r quvonch va tantana bo‘lgan edi. Chеksiz shodlig-u quvon-

chini qalbiga sig‘dira olmagan bolshеvoylar hukumati 1931-yil,

3-iyulda «Правда Востока» gazеtasi orqali jamoatchilikka murojaat-

noma e’lon qildi:

«Sovet hokimiyatining ashaddiy dushmani, mustabid oq podsho

va Buxoro amirining muxlisi, sovet Tojikistonidagi ishchi-dеhqon-

larning raqibi, tojik xalqi milliy boyligining o‘g‘risi qo‘lga tushirildi.

U endi qilmishiga yarasha jazolanadi!

Kommunistik ehtirom bilan

VKP(b) MK ning O‘rta Osiyodagi to‘dasi».

Ha. Muhammad Ibrohimbеk Laqay o‘z soddadilligi tufayli

yirtqich bo‘rilar galasidan najot kutdi va bu soddadillikning qurboni

bo‘ldi. Bolshеvoylar hukumati 1932-yil, 31-avgustda uni qatl etdi.

Ibrohimbеkka nisbatan sovetlar hukumatining nafrati shu darajada

kuchli bo‘lgan ediki, laqay urug‘iga mansub bo‘lgan eldoshlar muttasil

ta’qib ostiga olindi. Hatto Laqay zotli otlar ham  mutlaqo qirib tash-

landi. Qalbida Vatan va millat tuyg‘usi bo‘lgan har bir turkistonli el-

doshlar bu voqеalardan tеgishli ongli  xulosa chiqarmoqlari ham farz,

ham qarzdir.

Sharqiy Buxoroda ozodlik va milliy istiqlolning yuksak cho‘qqi-

larga ko‘tarilishi Turkiy xalqlarning qardoshi, Turk millatining asl

farzandi Anvar Poshsho (1881–1922-yillar) nomi va faoliyati bilan

bog‘liqdir. U Turkiyada «Yosh turklar» asoschilaridan biri bo‘lib «It-

tihod va taraqqiy» firqasiga asos solgan. Turkiyada 1918-yilda «Yosh

turklar» hokimiyati ag‘darilgach mamlakatda vujudga kеlgan siyosiy

tanglikka bardosh bеra olmadi. Anvar Poshsho o‘zining yaqin do‘stlari

Tal’at va Jamol bilan birga Gеrmaniyaga kеtadi.




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling