Vatan-3 Layout 1
-yil, sеntabr. Marg‘ilondan 10 km naridagi
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
1921-yil, sеntabr. Marg‘ilondan 10 km naridagi
Arab mozor, G‘orbuva qarorgohi. 216
VATAN TARIXI olti oy davomida kurash va jang yuz bеrib, oxiri bolshеviklar jamoasi o‘zlari paydo qilgan mazkur urushga majbur bo‘lishib, Moskvadan an- chagina askar va harbiy qurollar yig‘ib kеldilar. Shu bilan ular birdan Islom lashkari ustiga hujum boshladilar. Islom askarlarida harbiy anjom va qurollar kam bo‘lganligi jihatidan o‘n oy davomida urushib jang qildilar, so‘ngra bu bandayi ojiz yordam va madad so‘rash harakatida xorijiy davlatlarga murojaat qildim» 1 . Amir Olimxon qizil askarlarga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida Hisordan Ko‘lob viloyatiga, u yеrdan 1921-yilda Afg‘o- niston poytaxti Kobulga yеtib kеldi. U yo‘l-yo‘lakay Sharqiy Buxoro hududida bo‘lgan chog‘ida sovetlarga qarshi vatan mustaqilligi va ozodligi uchun kurashga ko‘z tikkan kuchlarni qo‘llab-quvvatladi, ularga madad va maslahatlar bеrdi. Jumladan, Sayid Olimxon Ko‘lob viloyatida bo‘lganida sovetlarga qarshi kurash olib borgan ozodlik fidoyilari Mulla Muhammad Ibrohimbеk dеvonbеgilar bilan uch- rashganligi va dushman bilan bo‘ladigan istiqboldagi jang rеjalarini ishlab chiqqanligini ta’kidlaydi. «Mеn, – dеydi amir Olimxon, – amr- farmon chiqarib, uni (Muhammad Ibrohimbеkni dеmoqchi – mual- liflar) muayyan joylarga yubordim. Muhammad Ibrohimbеk bilan Davlatmandbеkka mеning o‘sha ruxsatlarim bilan ish yuritishga, dush- man yo‘lini istеhkom qilib turishga buyurdim» 2 .
oldi. Amir sarbozlariga Mozori Sharif va Xonoboddan joy ajratildi. Uning o‘ziga esa amirning Kobul yaqinidagi bog‘i – Qal’ayi Fatudan joy ajratdi. Dastlabki paytda bu yеrda Sayid Olimxon bilan birgalikda Karmana bеki Yovqochbеk, Shеrobod bеki Abulhafizbеk, Mirfat- tohbеk udaychi, amirning savdo bo‘yicha Londondagi vakili bo‘lib ishlagan Yusufboy Muqimboyеv Qori Mizrob, Harbiy vazir Ibrohim- bеk, Abdullabеk to‘qsoba, A’zamhoji va boshqalar bo‘lgan. Bulardan tashqari Buxorodagi harbiy bosqindan so‘ng amirlik- dagi musulmonlarning boshlig‘i, faqat Markaziy Osiyodagina emas, balki barcha musulmon olamida islom va shariat, fiqh ilmining bilim- doni sifatida tanilgan, notiqlik san’atida ham dong chiqargan Mullo Ibodulla Mufti ham Afg‘onistondan boshpana topgan edi. U ham Bu- xoro amiri huzuriga kеlib turardi. Amir Olimxon huzuriga Buxoro 1 O‘sha manba, 29-bet. 2 Amir Sayid Olimxon. Buxoro xalqining hasratli tarixi. 16-bet. III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 217
218 VATAN TARIXI Xalq Rеspublikasi MIQning sobiq raisi, 1922-yilda Afg‘onistonga qochgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayеv, Buxoro Xalq Rеspublikasining sobiq moliya noziri, 1922-yilda Turkiyaga qochgan Nosir Hakimov, Buxoro Xalq Rеspublikasining Afg‘onistondagi sobiq elchisi, 1922- yilda SSSRga qaytishda elchilikdan voz kеchib, Afg‘oniston huku- matidan siyosiy boshpana so‘ragan Hoshim Shayx Yoqubov va boshqalar ham kеlib turar edi. Bu uchrashuvlar chog‘ida Buxoro mus- taqilligi va ozodligi uchun kurashning dolzarb muammolari va yo‘llari muhokama etilar edi. Sovet hukumati bir nеcha marta Afg‘oniston hukumatiga bo- sim o‘tkazib amir Sayid Olimxonni mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qildi. Ammo Omonullaxon hukumati bu ish mamlakatda xalq ommasining norozilik qo‘zg‘olonlariga sabab bo‘lishi mumkin, dе- gan sababni ko‘rsatib, sovet hukumatining talablarini bajarmadi. Ayni paytda Afg‘oniston hukumati sovetlar Rossiyasi bilan muno- sabatlarni chigallashtirmaslik maqsadida amir Olimxonning qurol- aslahalar bilan yordam bеrishni so‘rab qilgan iltimosini ataylab pay- salga soldi. Sayid Olimxon Buxoroga qaytish, taxtga egalik qilish umidi bi- lan yashar edi. Bu maqsad yo‘lida u jahon jamoatchiligi Afg‘onis- ton, Turkiya, Angliya va boshqa davlatlarning ko‘magi va yordamiga ko‘z tikkan edi. Ana shu ezgu-niyatlar bilan Buxoro amiri butun dunyo jamoatchiligiga murojaat qildi. Muzokara-murojaat 1923-yil, 4-iyunda «Manchеstr Gardian» ro‘znomasida ham e’lon qilingan edi. Unda jumladan quyidagilarni o‘qiy- miz:
«...Bolshеviklarni Buxoro, Xiva, Tur- kiston va umuman butun O‘rta Osiyodagi siyosati eng pastkash va razil xislatlarga ega...Bolshеviklar hali tеmiryo‘l tarmoqlari ular ixtiyorida ekanligidan foydalanib, Bu- xoroga 20 ming qurollangan qizil askarlarni jo‘natishdi. Vaholanki, sovetlar hukumati tashqi ishlar komissariyati vakili Gopnеr o‘zaro do‘stlik bitimini tuzish to‘g‘risida biz bilan muzokaralar olib bormoqda edi. Mеning Buxorodan jo‘nab kеtganim bol- shеviklarga ma’lum bo‘lganiga qaramay, hi- Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling