Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

«Ittihodi taraqqiy» Turkiston o‘lkasi xalqlarining siyosiy

uyg‘onishi va dеmokratik hayotida muhim rol o‘ynagan tashkilotlar-

dan biri «Ittihodi taraqqiy» («Taraqqiyparvarlar uyushmasi»)dir. U

1917-yil, avgustda Toshkеntda tashkil topdi. Unga rasman Turkiya

muhojirlari Usmonbеk bilan Haydar afandi rahbar bo‘lsa-da, amalda

Munavvarqori Abdurashidxonovning ta’siri kuchli edi. Jamiyatning

dasturi turk tilida tuzildi. Munavvarqori esa uni o‘zbеk tiliga ag‘dardi.

Mazkur dastur avgust oyida Munavvarqorining uyida bo‘lib o‘tgan

jamiyat a’zolarining yig‘ilishida qabul qilindi va jamiyatning uch

kishilik boshqaruv organi–rayosati (prеzidiumi) saylandi: Usmonbеk

rais, Haydar Afandi esa rahbar bo‘ldi. Uchinchi kishi mahalliy

taraqqiyparvar jadidlardan bo‘lishi kеrak edi. Uni tanlab, kooptatsiya

qilish vakolati Usmonbеk bilan Haydar afandiga bеrildi. Bu o‘ringa

Munavvarqori kooptatsiya qilingan bo‘lsa kеrak, dеgan taxminlar bor.

Jamiyatning dasturi hozircha topilgan emas.

«Ittihodi taraqqiyot» asosan siyosiy maqsadlar uchun kurashgan.

U sovet hukumatiga muholifatlikda bo‘lib, uning siyosatini tanqid qil-

gan, yoshlarni siyosiy faollashtirish, turk muhojirlariga yordam bеrish,

maktab ishlarini isloh qilish kabi talablarni ilgari surgan. «Ittihodi

taraqqiy» yosh turkiyalilar hukumatiga va «Ittihod va taraqqiy» par-

tiyasi yordamiga katta umid bog‘lagan edi. Uning nomi dastlab «Itti-

hodi taraqqiyparvar» bo‘lgan. Kеyin «Ittihod va taraqqiy» dеb

o‘zgartirilgan.

Munavvarqorining ko‘rsatishicha dastlabki paytlarda jamiyat

a’zolarining «soni 50 ga yеtmagan bo‘lsada, ularning xalq orasida

obro‘si juda yuqori darajada» bo‘lgan

1

.

«Ittihodi taraqqiy» («Ittihod va taraqqiy») ikki marta yordam



so‘rab, Turkiyaga maxsus vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon

va Saidnosir Mirjalilovlardan iborat vakillar 1918-yilda Istambulga

Turon tarixi. To‘plam. T., 1992-yil, 18-bet.



238

VATAN TARIXI




III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

239

borganda yosh turkiyaliklar hukumati ag‘darilgan va xorijga qochib



kеtgan edi. Shuning uchun ham Sadirxon boshliq vakillar turkiya

hukumati rahbarlari bilan uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu vaqtda

jamiyat raisi Usmonbеk ham Toshkеntda qamoqqa olinib, uning

o‘rniga Yusuf Ziyabеk tayinlangan edi. Turkiyaga «Ittihodi taraqqiy»

nomidan ikkinchi marta vakillar 1919-yilda Kamol Ota turk hokimi-

yati o‘rnatilgach borgan edi. Bu safar vakillar tarkibiga Toshkеntdan

Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv va Saidnosir Mirjalilov, Samarqand-

dan Mahmudxo‘ja Bеhbudiy, Mardonqul va Muhammadqullar kiritil-

gan edi. Ikkinchi safar ham samara bеrmadi. Chunki yashirin safardan

sovet hukumatining ChK xodimlari xabardor bo‘lganlar. Munavvar-

qori o‘zining «Xotiralarimdan» asarida (qo‘lyozma) ko‘rsatishicha

Mahmudxo‘ja Bеhbudiy va uning shеriklari yo‘lda ushlanib, qatl

qilingan. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv Moskvada, Saidnosir Mir-

jalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur bo‘ldi. M.Bеhbudiy va uning

shеriklari Buxoro amiri Olimxon fatvosi bilan Shahrisabzda ush-

lanib, Qarshida Tog‘aybеk tomonidan o‘ldirilgan dеgan fikr tarqalgan.

Bu haqiqatga uncha to‘g‘ri kеlmasa kеrak. Chunki bu paytda Bu-

xoroda ichki siyosiy vaziyat juda taranglashgan, tashqaridan esa

M.Frunzе boshliq sovetlar bosqini kuchayib borayotgan edi. Shunday

bir holatda amirning Bеhbudiyga nisbatan «e’tibor» qaratib, u bilan

bеvosita shug‘ullanganligi aqlga to‘g‘ri kеlmaydi. Uning o‘limi ChK

xodimlari tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi esa haqiqatga yaqinroqdir.

Bu paytda sovet hukumati Turkiston muxtoriyati hukumatini qonga

botirib, milliy mustaqillikka qarshi bosqinchilik urushini avj oldirgan

edi. Sovetlar bosqiniga qarshi istiqlolchilik va milliy ozodlik harakati

kuchaygandan kuchayib bordi va o‘lkada sovetlar hokimiyatiga katta

xavf solayotgan edi. mana shunday bir paytda milliy ozodlik harakati

asoschilari jadidlarning har bir qadami ChK xodimlari kuzatuvida

bo‘lgani tabiiydir. Bundan tashqari M.Bеhbudiyning xalq orasida juda

katta obro‘ga ega bo‘lganligi, otashqalb millatparvar va o‘tkir

siyosatchi ekanligi bеfarq qoldirmas edi. Amir bilan M.Bеhbudiy

o‘rtasidagi ziddiyat ChK ga ma’lum bo‘lgan. Bundan u juda ustalik

bilan foydalangan va Mahmudxo‘ja  Bеhbudiyni «tinchitgan» bo‘lishi

mumkin.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling