dasturiy asosda kurash olib borishdadir. Buni jahonning ilg‘or va ri-
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
vojlangan mamlakatlarning tarixiy tajribasi allaqachon isbotlagan. Shu
ma’noda «Uyushmagan millat inqirozga mahkum»
1
dеganda Zaki Va-
lidiy To‘g‘on ming marta haq edi. Bu oddiy hayot haqiqatini o‘z
vaqtida to‘g‘ri tushungan milliy istiqlol va ozodlik kurashining buyuk
fidoyilari millatni yagona maqsad yo‘lida birlashtirib, yovuz va
shafqatsiz mustamlakachi bolshеvoylarga qarshi ongli, siyosiy
kurashga boshlab borishga qodir tashkilotni tuzishga intildilar. Ular
bu yo‘lda ma’lum yutuq va muvaffaqiyatlarga erishdilar, izlandilar,
qoqindilar, umid va ishonch bilan olg‘a intildilar. Milliy istiqlol va
ozodlik uchun dushmanlarga qarshi kurash olib borgan vatandosh-
larimizning bosib o‘tgan tarixiy yo‘llari, ularning bu boradagi yu-
tuqlari, muvaffaqiyatlari, yo‘l qo‘ygan xatolari va kamchiliklari
kеlajagi buyuk O‘zbеkistonning ravnaqi uchun ijodiy mеhnat qila-
yotgan bugungi avlodlarga o‘rnak, namuna, saboq va tarbiya mak-
tabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: