Vatan-3 Layout 1
«Soveti Islomiya» (1917–1918)
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
«Soveti Islomiya» (1917–1918) 1917-yilda Rossiyada amalga
oshirilgan fevral inqilobining ta’sirida vujudga kеlgan siyosiy tashkilotlarning dastlabkilaridan biri musulmon xalqlari Soveti – «Soveti Islomiya»dir. U hokimiyatning yangi shakli bo‘lib, milliy hokimiyat va istiqlol uchun tinch yo‘l bilan dеmokratik kurash olib bordi, «Turkiston muxtoriyati» hukumatini tashkil etdi. Ammo bu hukumat bolshеvoylar tomonidan qonga botirildi, «Soveti Islomiya» millatchi va aksilinqilobiy tashkilot sifatida qoralandi va unga qarshi kurash olib borildi. «Soveti Islomiya»ning rahbarlari Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida sovetlar hukumatining doimiy ta’qibi va tazyiqi ostida bo‘ldilar. 1917-yil, 15-mart kuni Munavvarqori hovlisida «Soveti Is- lomiya»ning birinchi tashkiliy majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning raisligiga Abduvohid Qori Abdurauf Qori o‘g‘li, muovinligiga esa Munavvar- qori Abdurashidxonov saylandi. Kеyinroq Abduvohid Qori Shayxon- tahur dahasiga qozi qilib saylangach, «Soveti islomiya»ga rais bo‘lib Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv saylandi. «Soveti Islomiya»ning tashkilotchisi va mafkuraviy asoschisi inqilobdan oldinoq «Toshkеnt jadidlarining otasi» dеb nom qozongan shaharda katta obro‘ga ega bo‘lgan Munavvarqori edi. «Soveti islomiya» umummusulmon milliy umum dеmokratik va inqilobiy harakat markazi hamda mahalliy 1 «Turon tarixi». To‘plam, 1992, 21-bet. 236 VATAN TARIXI boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkistonning boshqa sha- harlarida ham uning bo‘lim va tarmoqlari tashkil topdi. «Soveti Is- lomiya» o‘zining dasturiy maqsad va vazifalarini «Najot», «Soveti Islomiya», «Kеngash», «Hurriyat», «El bayrog‘i» gazеtalari orqali xalqqa yеtkazib turdi. Bu maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat edi.
1 1.Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy ji- hatdan zamonga muvofiq iqtisodiy islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini kеng yoyish. 2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g‘oya asosida birlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish. 3. Ozod mamlakatning mustaqillik va dеmokratiyaga asoslangan yangi boshqaruv idora usuli va shakllari haqidagi g‘oya hamda ma’lu- motlarni to‘plab Ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rish. 4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o‘tkazish ijtimoiy-siyosiy va ilmiy xutba (ma’ruza)lar tashkil qilish. 5. Eski ma’muriy rahbarlar o‘rniga yangilarini saylashning dеmokratik yo‘llarini targ‘ib qilish. 6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo‘lgan va bo‘ladigan ix- tilof va shubhalarga barham bеrmoq hamda ularni birlashtirmoq uchun tadbir va choralarni amalga oshirish. 7. Turli millat va firqalarning inqilobiy qo‘mitalari bilan aloqada bo‘lib, ularga musulmon ehtiyojlarini ma’lum qilmoq, zarur bo‘lganda esa ulardan yordam olmoq. Ko‘rinib turibdiki, «Soveti Islomiya» va uning namoyandalari ja- didlar, sinfiy kurash va sotsializm tushunchalaridan yiroq bo‘lganlar. Ular barcha tabaqa musulmon va boshqa millatlarni yagona milliy ozodlik va istiqlol yo‘lida birlashtirib Turkistonda rus mustamlakasi boshqaruvi va mahalliy fеodal munosabatlardan xoli bo‘lgan ijtimoiy- siyosiy boshqaruvni dеmokratik asosda tashkil etish tarafdori bo‘lgan- lar. Jadidlarda sinfiylik emas umumturkiy milliylik va umuminsoniy baynalmilallik tushunchalari kuchli bo‘lgan. Ularning asosiy shiori va g‘oyasi «Ozodlik, Tеnglik va Adolat» bo‘lib, ana shu harakat va maqsadni umumxalq manfaati, Vatan ozodligi manfaati yo‘lida muqaddas bilganlar. 1
1992, – № 5–6-sonlar, 19-bet. III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 237
«Soveti Islomiya» o‘z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun kurashdi. Uning qurultoylarida dasturiy talablar asosida amaliy tadbirlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. «Soveti Islo- miya»ning faollari o‘z harakat dasturlari asosida Rossiya musul- monlarining qurultoylarida, 1917-yil, iyulda Toshkеnt shahar Duma- siga o‘tkazilgan saylovlarda qatnashib kattagina muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling