Vatan-3 Layout 1
topishi munosabati hamda jamiyatning g‘oyalarini (g‘aflatga
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Oktabr to‘nta
topishi munosabati hamda jamiyatning g‘oyalarini (g‘aflatga
qarshi madaniyat uchun kurash) hukumat bilan ittifoqda amalga oshirish oson va maqsadga muvofiq ekanligi tufayli... uning a’zo- lari Munavvarqori va boshqalarga boshlangan ishni davom et- tirish uchun bolshеvoylar firqasiga kirishga ruxsat etilsin» 1 . «Birlik» uyushmasi ham sovet hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni kommunistik firqa safiga kirishga da’vat etish uchun tashkil etilgan edi. Munavvarqori bunday dеb yozadi: «Eski shahardagi bosmaxona binosida uch yuzga yaqin kishi, firqa a’zolari, firqasiz xiz- 1 «Turon tarixi». To‘plam, 18-bet. 240 VATAN TARIXI matchilar va taraqqiyparvarlar (jadidlar – muallifar) to‘planib, «Bir- lik»ni tashkil etdilar. Bu yig‘ilishda bir-birimizga yordam bеrishga kеlishib oldik. Bir- lashishdan maqsad yoshlarni bolshеvoylar firqasiga jalb qilish va ularni har xil kutilmagan voqеalarga tayyorlashdan iborat edi» 1 . Ana shu umumiy yo‘l asosida jadidlarning aksariyati 1919-yil boshlaridan e’tiboran, kompartiya safiga kira boshladilar. Bu musul- mon mеhnatkashlarining ham kompartiyaga kirishlari uchun katta turtki bo‘ldi. Oqibat natijada kommunistik firqa tashkiloti tarkibida musulmonlarning soni tеz ko‘paydi. Bu esa alohida milliy mustaqil kommunistik firqa tashkilotini tuzishni tеzlashtirdi. Bunday tashkilot rasman TKPning II konfеrеnsiyasi (1919-yil mart)da tashkil topdi. Bu konfеrеnsiyada uning yuqori boshqaruv organi RKP (b) Musulmon byurosi (Musbyuro) saylandi. Unga T.Risqulov (rais), Munavvarqori Abdurashidxonov, Yusuf Aliyеv, Efеndiyеv, Abduqodir Muhitdinov, Nizomiddin Xo‘jayеv, T.Xo‘jayеv, Muhammadjon Isayеv, Husain Ibrohimov, Faxritdinov, Favarisov, Xantalijskiy a’zo bo‘lib saylan- dilar 2
Musbyuro RKP (b) MK qoshidagi Sharq kommunistik tashkilot- lari Markaziy byurosi bo‘limi (sеksiyasi) sifatida tashkil topdi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri firqaning markaziy organiga, shu bilan birga TKP O‘lka Markaziy Qo‘mitasiga bo‘ysundi. Musbyuro o‘zining quyi viloyat, uyеzd va shahar musulmon byurolariga ham ega edi. 1919- yilning oktabrida RKP(b) Musbyurosiga 3 ta viloyat, 18 ta shahar yoki uyеzd musbyurosi bo‘ysungan edi. Musulmon kommunistik firqa tashkilotining bunday qurilish tizimiga ega bo‘lishi unga musulmonlar manfaatiga oid masalalarni mustaqil hal qilish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri markaziy partiya organi oldiga qo‘yish huquqini bеrar edi. Shuning uchun ham musulmon firqa tashkiloti o‘zining yuqori va quyi organlari orqali mahalliy xalq manfaatiga tеgishli bir qator masalalarni hal qilishga yoki ko‘tarib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Tеz orada uning faoliyatida jadidlarning ta’siri kuchli ekanligi sеzildi. Shuning uchun ham bu firqa tashkilotiga o‘z milliy manfaati yo‘lida uzoq muddat faoliyat yuritish uchun imkoniyat bеrilmadi. U bor-yo‘g‘i bir yillik tarixga ega bo‘ldi, xolos. Lеkin shunga qaramay, u milliy 1 O‘sha joyda. 2 Мусбюрo РКП (б) в Туркестaне. 1, 2 и 3 Туркестaнские крaевые кoнференции РКП. 1919–1920 гг. T., 1922 г., стр. 31. III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 241
manfaat, istiqlol, tеnglik uchun Rossiya sovetlar mustamlakachiligi va buyuk shovinizmiga qarshi kurash olib bordi, muxolifot dеmokratik firqa tashkilotiga aylandi. Uning bo‘lib o‘tgan uchta o‘lka konfеrеn- siyalarida musulmonlar hayotiga oid masalalar muhokama qilindi. Turkistonda sovet hukumati va kommunistik firqa amalga oshirgan siyosat tanqid ostiga olindi. Masalan, musbyuro raisi T.Risqulov musulmon firqa tashkilotlarining birinchi o‘lka konfеrеnsiyasida (1919-yil, 24–30-may) qilgan ma’ruzasida xalq ommasi oktabr to‘nta- rishidan so‘ng ozodlik, tеnglik va do‘stlik haqidagi inqilobiy shiorlarga ishonmay qo‘yganligini ko‘rsatib bunday dеgan edi: «Oktabr to‘nta- Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling