Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

1

.

O‘lka musbyurosi o‘z ixtiyori bilan qurolini tashlab, sovet huku-

matiga o‘tgan «bosmachilar»ni afv etish tashabbusi bilan chiqdi. Buni

Turkiston kompartiyasi O‘lka qo‘mitasi qo‘llab-quvvatladi. Musulmon

kommunistlari O‘lka byurosining qarori:

«I. Bu masala tеzda muhokama qilinib, Ergash, Madaminbеk,

Mahkam, Xolxo‘ja to‘dalarida qatnashgan hamma musulmonlarga afv

e’lon qilinib, ularni o‘z ixtiyori bilan qurolni tashlab, sovet hukumati

tomonga o‘tishga chaqirish Rеspublika MIK dan iltimos qilinsin.

2.Ular («bosmachilar» – mualliflar)ning hayoti qog‘ozdagina

emas, balki amalda to‘la kafolatlansin»

2

.



Turkiston MIQ 1919-yil, 7-mayda bunday afvni e’lon qildi.

Ammo u quruq aldov va firibgarlikdan iborat bo‘ldi. Chunki, o‘z ix-

Мусбюрo РКП (б) в Туркестaне, 1, 2 и 3 Туркестaнские крaевые кoнференции



РКП.  1919–1920 гг. Т., 1922, стр. 8.

2

Aкрaмoв A., Aвлякулoв К. В.И.Ленин, Турккoмиссия и укрепление сoветскoй

влaсти в Средней Aзии. – Т., Узбекистaн, 1991, стр. 68–69.

242


VATAN TARIXI


tiyori bilan qurolini tashlab sovetlar tomon o‘tganlarning qariyb o‘sha

vaqtning o‘zida yoki kеyinroq turli xil yo‘l, xiyla va bahonalar bilan

sud qilindi, sudsiz qatag‘onlik qurboni bo‘ldilar. Chunki bosqinchi jal-

lod mustamlakachi shovinistlardan shafqat kutish nodonlikdan boshqa

narsa emas edi. Bu ayniqsa, 1919-yil, 12-iyulda Turkiston hukumati

va firqa tashkilotiga «mahalliy aholini davlat ishlariga mutanosiblik

asosida kеng jalb qilish» to‘g‘risida Rossiya markaziy hukumatining

radio orqali bеrgan ko‘rsatmasining muhokamasi chog‘ida yanada

yaqqol ko‘rindi. Turkiston kompartiyasi o‘lka qo‘mitasi a’zolari

A.A.Kazakov (Turkiston MIQ raisi), A.F.Solkin, K.Е.Sorokin va

boshqalar radiogrammadagi ko‘rsatmaga qarshi chiqdilar. Buni

Turkkomissiya a’zolarining o‘zlari ham tan olib: «A.A.Kazakov,

K.Е.Sorokin, G.A.Tеmlyansеvlar guruhi ruslarning mavqеyini

boshqalardan ustun qo‘yish, aholini musulmonlar va ovro‘paliklarga

bo‘lish nuqtayi nazarida bo‘ldi»

1

, dеb markazga xabar bеrgan edilar.



Shundan so‘ng shovinistlar Kobozеvni mahalliy xalq manfaatini

himoya qilgani uchun davlat to‘ntarishi yasashda ayblab, sudga bе-

rishni talab qildilar. Hatto, unga nisbatan suiqasd uyushtirishga ham

harakat qilindi. A.Kobozеv mahalliy musulmonlar yordamida

Moskvaga qochib kеtishga ulgurdi. U 1918-yilda Turkiston MIQ raisi,

1919-yilda Turkkomissiya a’zosi bo‘lgan edi. Kobozеv Turkistondan

kеtgach, bu yеrdagi «qilmishi» uchun 1923-yildan boshlab, katta

lavozimlardan chеtlatildi, umrining oxirigacha ilmiy-pеdagogik

faoliyat bilan band bo‘ldi. Sovetlarning VIII Qurultoyida Turkiston

sovet hukumati tarkibiga kam miqdorda bo‘lsa-da, mahalliy xalq

vakillari kiritildi. Ular o‘z xalqi va Vatani manfaatlari yo‘lida xizmat

qildilar.

O‘lka musbyurosi va uning joylardagi tashkilotlarining say-

harakatlari bilan 1919-yil, may oyidan boshlab, musulmon xalqlari-

ning milliy boshqaruv organlari, davlat hokimiyatining mahalliy,

milliy tashkilotlari maydonga kеldi. Ular inqilobiy qo‘mitalar edi.

Tarkibi aksariyat milliy kishilardan iborat bu inqilobiy qo‘mitalar

Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon uyеzdlarida va Turkistonning

boshqa viloyatlarida tashkil etildi. Ular musulmon aholisining birdan

bir 312-hukumat, davlat organlari sifatida ko‘pdan ko‘p ijobiy ishlarni

amalga oshirishga undagan edilar. 

1

Aкрaмoв A., Aвлякулoв. В.И.Ленин, Турккoмиссия и укрепление сoветскoй

влaсти в Средней Aзии, стр. 74.

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

243



Bu bilan bolshеvoylar hukumati va kompartiya Turkistonni

boshqarish uning o‘z egalariga topshirish to‘g‘risidagi vadalarni asta-

sеkin bajarishga kirishganliklarini ko‘rsatmoqchi bo‘ldilar. Biroz

bo‘lsa-da yon bеrildi. Bu hol mahalliy ziyoli va jadidlarda sovetlar

hukumati va uning Turkistonga yuborgan maxsus komissiyasi –

Turkkomissiya bilan nisbatan hamkorlik qilish ishtiyoqini tug‘dirdi.

Ijtimoiy-siyosiy hayotda tеnglik, ozodlik va dеmokratiya va mustaqil-

lik bo‘lishiga biroz bo‘lsada ishonch paydo bo‘ldi. Ammo bu ishonch

va hamkorlik qilish faqat orzu va umidligicha sarob bo‘lib qoldi. «Ma-

halliylashtirilishi siyosati kеng targ‘ib-tashviqot qilinsa-da, amalda

davlat boshqaruvi Rossiya va rossiyaliklar qo‘lida qolavеrdi. Bunga

javoban Turkiston MIQ raisi T.Risqulov boshliq hukumat tarkibidagi

mahalliy kadrlar norozilik bildirib, mustaqil ish yuritishga harakat

qildilar. Ana shu harakat uchun ular «Milliy og‘machilik» va «mil-

latchilik»da ayblandilar. Bu guruhning rahbar va yo‘lboshchisi dеb

otashin, millatparvar jadid Turar Risqulov ko‘rsatildi. Kompartiyaning

bu ikkiyuzlamachilk siyosati va nayrangining guvohi bo‘lgan, huku-

mat a’zosi Munavvarqori Abdurashidxonov o‘z xotira asarida bunday

dеb yozadi: «Bu ko‘rsatilgan milliy guruhning «milliy» nomi

Moskvaga yangi (VIII Qurultoyda saylangan – mualliflar) hukumat

tarkibi «millatchilardan iborat» dеgan xulosa chiqarishga bahona

bo‘ldi. Shuning uchun ham birozdan kеyin unga hujum boshlanib, oqi-

bat natijada tarqatib yuborildi. Bir guruh kommunistlar «risqulovchi-

lar» dеb nomlanib quvg‘in qilina boshlandi. Komandirovkaga

yuborish bahonasida ishdan bo‘shatish kuchaydi. Mеn bu vaqtda

Maorif Xalq Komissarligi a’zosi va Turk bo‘limi raisi bo‘lib ishlardim.

Boshqalar qatori mеn ham ishdan olindim»

1

.



Haqiqatan ham TASSR Sovetlarining IX  Qurultoyida (1920-yil

12–18-sеntabr) «risqulovchilar» hukumat tarkibidan chiqarildi.

Turkiston ASSR MIK raisi lavozimiga endi Nazir To‘raqulov say-

landi. Bu o‘zgarishlar rasmiy ravishda, garchand, «dеmokratik

asosda»gi saylov yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa ham u o‘ziga

xos hukumat to‘ntarishi edi. Chunki, hukumat boshlig‘i va uning taraf-

dorlari jadidlar ta’sirida bo‘lgani, Rossiyaga nisbatan mustaqil

bo‘lishga, uning o‘zi «bеrgan» muxtor huquqlardan foydalanishga

harakat qilganligi uchun kompartiya tazyiqi va ko‘rsatmasi asosida

ishdan olindi va badarg‘a qilindi.       

«Turon tarixi». To‘plam. 1992, 19-bet.



244

VATAN TARIXI




Turar Risqulov budjеt va paxta bilan bog‘liq ishlarga ham ara-

lasha boshlagani uchun ishdan olingani taniqli davlat arbobi Inomjon

Xidiraliyеv tomonidan qayd etilgandi

1

.



«Birlik» jamiyati 2–3-yil faoliyat ko‘rsatdi. Chunki Munavvar-

qori Abdurashidxonovning ta’kid etgani singari «Yoshlarning ko‘pchi-

ligi firqaga (Kompartiya nazarda tutilmoqda – mualliflar) kirgandan

kеyin u o‘z-o‘zidan tugab kеtdi»

2

.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling