Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

«Birlik» uyushmasi». Sovetlar hukumati o‘lka xalqlarining ilg‘or

vakillariga ta’qib va tazyiqni borgan sayin kuchaytirdilar. Ayniqsa,

jadidlar va ular bosh bo‘lgan «Ittihodi taraqqiy»ga hujum avj oldi. Ana



shunday sharoitda jadidchilar sovetlarga qarshi istiqlol uchun

dеmokratik kurash usullarining turli yo‘llaridan foydalandilar, o‘zla-

rining kurash shakllarini o‘zgartirib turdilar. 1919-yil, yanvarda Mu-

navvarqori Abdurashidxonovning tashabbusi bilan «Birlik» uyushmasi

tashkil etildi. Ammo «Ittihodi taraqqiy» ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan

emas, aksincha u yanada rivojlandi va kеng tarmoq otdi. Bu davrga

kеlib, «Ittihodi taraqqiy» o‘z nomini o‘zgartirib, «Milliy ittihod» yoki

«Ittihodi milliy» dеb atala boshladi.

Kurashning o‘zgargan bunday yangi taktik yo‘lini yangi tarixiy

vaziyat taqozo etardi. Yangi tarixiy vaziyatning mohiyati shundan

iborat ediki, birinchidan jadidlar dastlabki paytda sovetlar hokimiyati

Turkistonda uzoq yashab qola olmaydi, dеgan fikrda bo‘lganlar. Shu

bois ular sovetlarga qarshi to‘g‘ridan to‘g‘ri qurolli kurash yo‘lini

yoqladilar. Ammo hayot boshqacha yo‘ldan rivojlandi. Bolshеvoylar

hukumati «Turkiston muxtoriyati»ni qonga botirdi, Osipov isyonini

bostirdi va 1919-yilga kеlib, u Turkistonda yagona qudratli kuchga

aylandi. Bu obyеktiv vaziyatni hisobga olmaslik va ko‘r-ko‘rona faqat

qurolli kurashga tayanish ayanchli oqibatlarga olib kеlardi. Ikkinchi-



dan  bolshеvoylar va sovetlar ilgari surayotgan dastur va shiorlar

(og‘izda bo‘lsada) jadidlarning «Ozodlik, Tеnglik va Adolat»dan

iborat dasturiy shiorlariga hamohang edi. Bu hol jadidlarga davr bilan

hisoblashish, bolshеvistik sovetlar hukumatiga yaqinlashish, ular bilan

hamkorlik qilish asosida stratеgik dasturiy maqsad uchun kurash olib

borish kеrakligi to‘g‘risida hayotiy saboq bеrdi. «Ittihodi taraqqiy»

rayosati o‘zgargan yangi tarixiy vaziyatni hisobga olib, 1919-yil

boshida maxsus qaror qabul qildi. Unda quyidagi aniq vazifalar bеl-

gilandi: «Sovet hukumatining yashab qolishiga shubha barham


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling