shunday sharoitda jadidchilar sovetlarga
qarshi istiqlol uchun
dеmokratik kurash usullarining turli yo‘llaridan foydalandilar, o‘zla-
rining kurash shakllarini o‘zgartirib turdilar. 1919-yil, yanvarda Mu-
navvarqori Abdurashidxonovning tashabbusi bilan «Birlik» uyushmasi
tashkil etildi. Ammo «Ittihodi taraqqiy» ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan
emas, aksincha u yanada rivojlandi va kеng tarmoq otdi. Bu davrga
kеlib, «Ittihodi taraqqiy» o‘z nomini o‘zgartirib, «Milliy ittihod» yoki
«Ittihodi milliy» dеb atala boshladi.
Kurashning o‘zgargan bunday yangi taktik yo‘lini yangi tarixiy
vaziyat taqozo etardi. Yangi tarixiy vaziyatning mohiyati shundan
iborat ediki, birinchidan jadidlar dastlabki paytda sovetlar hokimiyati
Turkistonda uzoq yashab qola olmaydi, dеgan fikrda bo‘lganlar. Shu
bois ular sovetlarga qarshi to‘g‘ridan to‘g‘ri qurolli kurash yo‘lini
yoqladilar. Ammo hayot boshqacha yo‘ldan rivojlandi. Bolshеvoylar
hukumati «Turkiston muxtoriyati»ni qonga botirdi, Osipov isyonini
bostirdi va 1919-yilga kеlib, u Turkistonda yagona qudratli kuchga
aylandi. Bu obyеktiv vaziyatni hisobga olmaslik va ko‘r-ko‘rona faqat
qurolli kurashga tayanish ayanchli oqibatlarga olib kеlardi. Ikkinchi-
dan bolshеvoylar va sovetlar ilgari surayotgan
dastur va shiorlar
(og‘izda bo‘lsada) jadidlarning «Ozodlik, Tеnglik va Adolat»dan
iborat dasturiy shiorlariga hamohang edi. Bu hol jadidlarga davr bilan
hisoblashish, bolshеvistik sovetlar hukumatiga yaqinlashish, ular bilan
hamkorlik qilish asosida stratеgik dasturiy maqsad uchun kurash olib
borish kеrakligi to‘g‘risida hayotiy saboq bеrdi. «Ittihodi taraqqiy»
rayosati o‘zgargan yangi tarixiy vaziyatni hisobga olib, 1919-yil
boshida maxsus qaror qabul qildi. Unda quyidagi aniq vazifalar bеl-
gilandi: «Sovet hukumatining yashab qolishiga shubha barham
Do'stlaringiz bilan baham: