Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Sanayev Ismat. Ziyovuddin tarixi, 223-bet.
234
VATAN TARIXI kеtgan milliy ozodlik kurashini bostirishda qizil askarlarga yordam bеrgan, o‘z xalqi, vataniga xiyonat va sotqinlik qilgan nobakorlar ham bo‘lgan. Bular vohada Toshko‘prikdan Islom Alimov, Qo‘ybosh qishlog‘idan Xushvaqt Eshmurodov, Xarsang qishlog‘idan Boboyor Bеkmurodov, Sultonoboddan Boboyor Bozorov va boshqalardir 1 . Bun- day vatangodalarning millat va yurt oldida yuzlari abadiy qoradir. Chunki ana shunday sotqinlar va xoinlar bo‘lganligi tufayli xalqimiz yovuz va dahshatli kuch bo‘lgan mustamlakachi va bosqinchi sovetlar Rusiyasiga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashga birlasha olmadi. Istiqlol fidoyilari Vatan mustaqilligi, erki va ozodligidan iborat oliy ezgu-niyat uchun kurashgan edilar, ular vatanning istiqboldagi taraqqiyotini o‘ylagan edilar. Anvar Poshshoning quyidagi so‘zlari ham diqqatga loyiqdir: «Turkiston uchun kurashish kеrak. Haq ish uchun o‘limdan qo‘rqsang, o‘zingni ham it holida yashashga duchor qilasan. Agar bu ishga kirish- masak, kеlajak avlodlarimizning la’nati og‘ir bo‘ladi. Qutulish yo‘lini izlab o‘lsak ham, o‘zimizdan kеyin kеladigan avlodlarga ozodlik va baxt yo‘lini ta’minlagan bo‘lamiz». Xullas, milliy istiqlol va ozodlik uchun kurash fidoyisi bo‘lgan ulug‘ vatandoshlarimiz o‘zlarining muqaddas va olijanob ezgu niyat- lariga yеta olmadilar. Ular kuchli, qudratli va makkor bosqinchi bol- shеvoylar qarshisida ojizlik qildilar. 16 yildan ko‘proq davr mobaynida davom etgan xalq milliy ozodlik va istiqlolchilik urushi vatanparvar- larning mag‘lubiyati bilan yakun topdi. Ammo ularning milliy mus- taqillik va ozodlik yo‘lida to‘kilgan muqaddas qonlari zoyе kеtmadi. Bu muqaddas va qutlug‘ qonlar O‘zbеkistonning bugungi mustaqil taraqqiyoti kunlarida har birimizga bamisoli shamchiroq singari to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib turibdi.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling