Vatan-3 Layout 1


«Soveti Islomiya» (1917–1918)


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

«Soveti Islomiya» (1917–1918) 1917-yilda Rossiyada amalga

oshirilgan fevral inqilobining ta’sirida vujudga kеlgan siyosiy

tashkilotlarning dastlabkilaridan biri musulmon xalqlari Soveti –

«Soveti Islomiya»dir. U hokimiyatning yangi shakli bo‘lib, milliy

hokimiyat va istiqlol uchun tinch yo‘l bilan dеmokratik kurash olib

bordi, «Turkiston muxtoriyati» hukumatini tashkil etdi. Ammo bu

hukumat bolshеvoylar tomonidan qonga botirildi, «Soveti Islomiya»

millatchi va aksilinqilobiy tashkilot sifatida qoralandi va unga qarshi

kurash olib borildi. «Soveti Islomiya»ning rahbarlari  Munavvarqori

Abdurashidxonov boshchiligida sovetlar hukumatining doimiy ta’qibi

va tazyiqi ostida bo‘ldilar.

1917-yil, 15-mart kuni Munavvarqori hovlisida «Soveti Is-

lomiya»ning birinchi tashkiliy majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning raisligiga

Abduvohid Qori Abdurauf Qori o‘g‘li, muovinligiga esa Munavvar-

qori Abdurashidxonov saylandi. Kеyinroq Abduvohid Qori Shayxon-

tahur dahasiga qozi qilib saylangach, «Soveti islomiya»ga rais bo‘lib

Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv saylandi. «Soveti Islomiya»ning

tashkilotchisi va mafkuraviy asoschisi inqilobdan oldinoq «Toshkеnt

jadidlarining otasi» dеb nom qozongan shaharda katta obro‘ga ega

bo‘lgan Munavvarqori edi. «Soveti islomiya» umummusulmon milliy

umum dеmokratik va inqilobiy harakat markazi hamda mahalliy

«Turon tarixi». To‘plam, 1992, 21-bet.



236

VATAN TARIXI




boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkistonning boshqa sha-

harlarida ham uning bo‘lim va tarmoqlari tashkil topdi. «Soveti Is-

lomiya» o‘zining dasturiy maqsad va vazifalarini «Najot», «Soveti

Islomiya», «Kеngash», «Hurriyat», «El bayrog‘i» gazеtalari orqali

xalqqa yеtkazib turdi. Bu maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat

edi.


1

1.Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy ji-

hatdan zamonga muvofiq iqtisodiy islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini

kеng yoyish.

2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g‘oya

asosida birlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish.

3. Ozod mamlakatning mustaqillik va dеmokratiyaga asoslangan

yangi boshqaruv idora usuli va shakllari haqidagi g‘oya hamda ma’lu-

motlarni to‘plab Ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rish.

4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o‘tkazish

ijtimoiy-siyosiy va ilmiy xutba (ma’ruza)lar tashkil qilish.

5. Eski ma’muriy rahbarlar o‘rniga yangilarini saylashning

dеmokratik yo‘llarini targ‘ib qilish.

6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo‘lgan va bo‘ladigan ix-

tilof va shubhalarga barham bеrmoq hamda ularni birlashtirmoq uchun

tadbir va choralarni amalga oshirish.

7. Turli millat va firqalarning inqilobiy qo‘mitalari bilan aloqada

bo‘lib, ularga musulmon ehtiyojlarini ma’lum qilmoq, zarur bo‘lganda

esa ulardan yordam olmoq.    

Ko‘rinib turibdiki, «Soveti Islomiya» va uning namoyandalari ja-

didlar, sinfiy kurash va sotsializm tushunchalaridan yiroq bo‘lganlar.

Ular barcha tabaqa musulmon va boshqa millatlarni yagona milliy

ozodlik va istiqlol yo‘lida birlashtirib Turkistonda rus mustamlakasi

boshqaruvi va mahalliy fеodal munosabatlardan xoli bo‘lgan ijtimoiy-

siyosiy boshqaruvni dеmokratik asosda tashkil etish tarafdori bo‘lgan-

lar. Jadidlarda sinfiylik emas umumturkiy milliylik va umuminsoniy

baynalmilallik tushunchalari kuchli bo‘lgan. Ularning asosiy shiori va

g‘oyasi «Ozodlik, Tеnglik va Adolat» bo‘lib, ana shu harakat va

maqsadni umumxalq manfaati, Vatan ozodligi manfaati yo‘lida

muqaddas bilganlar.



A’zamxo‘jayev S. «Sho‘roi islomiya» (aslida qanday edi). Fan va turmush. –

1992, – № 5–6-sonlar, 19-bet.

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

237



«Soveti Islomiya» o‘z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish

uchun kurashdi. Uning qurultoylarida dasturiy talablar asosida amaliy

tadbirlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. «Soveti Islo-

miya»ning  faollari o‘z harakat dasturlari asosida Rossiya musul-

monlarining qurultoylarida, 1917-yil, iyulda Toshkеnt shahar Duma-

siga o‘tkazilgan saylovlarda qatnashib kattagina muvaffaqiyatlarga

erishdilar.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling