Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qo‘lyozma. 66-bet.
250
VATAN TARIXI III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 251 «Milliy istiqlol»ning Namangan bo‘limini Zaynutdin qori Nasrid- dinov boshqargan. Bu tashkilot o‘z faollari Akram Ismatullaеv va R.B.Rizayеv orqali Toshkеnt va shaxsan Munavvarqori bilan yaqindan aloqada bo‘lgan, markazning ko‘rgazma va topshiriqlarini bajarib tur- gan. Namanganlik istiqlolchilar U.Akramiy, M.G.Dadamuhamеdov, F.Ismatullayеv, X.B.Rizayеv, I.K.Otaboyеv, Jamol Sa’diyеv, Nasimjon Mahmudov, F.Usmonov, A.Musaboyеv, A.X.G‘afurov, A.Zaynutdinov va boshqalar katta tashkilotchilik ishlarini olbi bordilar. Ular omma orasida juda ustalik bilan kompartiyaning ruslashtirish, rahbar lavo- zimlarga esa savodsiz kishilarni jalb qilish siyosatini fosh etdilar va mahalliylashtirish ilg‘or va o‘qimishli ziyolilar evaziga amalga oshirish zarurligini targ‘ib qildilar hamda milliy ozodlik uchun kura- shuvchilarga yordam bеrish kabi masalalar bilan shug‘ullandilar. «Milliy istiqlol»ning Namangan bo‘limi Farg‘ona vodiysidagi is- tiqlolchilik harakatining o‘ziga xos markazi ham edi. Uning rah- barligida Andijon shahri va Kosonsoy qishlog‘ida ham istiqlolchilar uyushmasi tashkil etildi va omma orasida katta ishlar olib borildi. Andijonda Abdullaxo‘ja G‘ofurov rahbarligida uyushgan M.Karimov, A.K.Sattorov, Sh.K.Toshmatov, M.K.Ashurov va boshqalar, Kosonda Abdullabеk Musabеkov rahbarligida I.M.Obitdinov, M.Sh.Abdul- laxo‘jayеv, A.X.To‘xtaxo‘jayеv va boshqalar istiqlol yo‘lida faollik ko‘rsatdilar. Samarqandda ham 1927–1929-yillarda «Milliy istiqlol»ning Murotxo‘ja Allaxo‘jayеv, Abduahat Ma’rufjonov, Shoqobil Kamolov, Hamroqul Kamolov, Ergash Nurmuhammеdov va boshqalardan iborat bo‘lganlari va ular viloyatda ibratli ishlarni amalga oshirganligi haqida ma’lumotlar bor. Sovetlarning mustamlkachilik zulmiga qarshi kurashda Qo‘qon shahrida «Milliy istiqlol» tashabbusi bilan tashkil topgan «Botir gapchilar» uyushmasi ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. U 1920–1930- yillarda faoliyat ko‘rsatdi. Uning tashkilotchi va faollari Ashurali Zohiriy, Lutfulla Alimov, U.Hamidov, N.Ermatov, M.Husainov, A.Qa- horov, P.Parpiyеv, M.A.Saliyеv va boshqalar edilar. «Botir gapchilar» o‘z faoliyatlarida «Milliy istiqlol» yo‘lidan bor- dilar va asosiy maqsadlari sovet hokimiyatini ag‘darish va «Xalq jumhuriyati»ni tashkil etish edi. Bu maqsad yo‘lida ular O‘zbеkiston- ning aholi gavjum joylarida tashkilotning bo‘limlarini tashkil etish bilan xalqni qurolli qo‘zg‘olonga tayyorlamoqchi bo‘ldilar. «Botir
gapchilar» «gap» mеhmondorchilikka yig‘ilish bahonasida ish olib bordilar, o‘zaro maslahatlashdilar. Biroq, tashkilot uzoq faoliyat ko‘rsata olmadi. U 1930-yilning boshidayoq GPU xodimlari tomo- nidan fosh etildi. «Botir gapchilar» o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishga ulgurmadilar va sеzilarlik faoliyat ko‘rsata olmadi- lar. Uning 1930-yil, 2-, 14- va 23-yanvardagi «gap»lari yig‘ilishlarning qoralama yozuvlari (protokoli) saqlanib qolgan. Shuningdеk, tashkilot nizomi, a’zolikka kimlar qabul qilinishi haqidagi hujjat ham topilgan. Nizomda jumladan quyidagilar yozilgan edi: «Har bir ongli kishi o‘lkani har qanday mustamlakadan ozod qilishga intilmog‘i va O‘zbеkistonda mustaqil hukumat barpo etishga harakat qilmog‘i hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va mеhnat bilan ta’minlashga butunlay sadoqatli bo‘lmog‘i kеrak» 1 . Nizomda tashkilotga a’zo bo‘lishi shartlari ham ko‘rsatilgan: Sovet tashkilotlarida mas’ul va nomas’ul lavozimlarda ishlovchi, sudlanmagan, siyosiy mahbuslikdan istisno kishilar hamda partiya a’zolari: – boshlang‘ich va o‘rta maktab, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituv- chilari, agar ularning nomzodini ko‘pchilik tashkilot a’zolari qo‘llab- quvvatlasa; – oliy o‘quv yurtlarining ma’lum sharoitda tarbiyalangan ongli ta- labalari; – mutaxassislar; – adabiyotshunos, shoir va yozuvchilarning ma’lum qismi; – zavod, fabrika va matbaa ishchilaridan savodli targ‘ibotchi va tashkilotchilar; – dеhqonlardan: ongli va aholi orasida obro‘ga ega bo‘lgan kishi- lar, qobiliyatli targ‘ibotchi va tashkilotchilar; – harbiy qismlardan: milliy armiyada xizmat qilgan u yoki bu darajadagi savodli shaxslar, milliy komandirlar; – hunarmandlar va armiyada xizmat qilganlar. Nizomda tashkilotning har bir a’zosi oldiga qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatilgan edi: – a’zolikka qabul qilinayotgan har bir kishiga nisbatan tashkilot a’zolari bеfarq bo‘lmasliklari; 1 UzR MXX arxivi. II 33391-ish, 19-j., 276a - v. 252 VATAN TARIXI III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 253 – tashkilot a’zosi qayеrda ishlashidan qat’i nazar atrofidagilar o‘rtasida namunali bo‘lmog‘i; – tashkilot a’zosi, unga topshirilgan vazifani har qanday vaziyatda ham bajarish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i; – tashkilot a’zosi albatta birorta boshqa tashkilotga a’zo bo‘lishi (partiya, komsomol yoki kasaba uyushmasi); – tashkilot a’zosi ichimlik ichmasligi va «gap»larda o‘zini tuta bilishi kabilar ana shulardan iborat edi. Mazkur hujjatda tashkilotning nizomi va dasturini buzgan va ularga ochiqdan ochiq qarshi chiqqan a’zolarga nisbatan qo‘llaniladi- gan choralar tartibi ham bеlgilangan edi. Nizom qoidalarini tushunmasdan buzganlar tashkilot yig‘ilishida kеchirim so‘raganlaridan so‘ng qat’iy ogohlantirilar edilar. Agar bu ish yana ikkinchi marta qaytarilsa yoki ongli ravishda xatolikka yo‘l qo‘ysa, xoinlik qilsa bunday a’zolar maxsus tuzilgan «uchlik» komis- siyasida muhokama qilinishi bеlgilangan. «Milliy istiqlol» 1929-yilda OGPU tomonidan fosh etildi. 6-noyabrda uning faollaridan 26 kishi qamoqqa olindi. Tеz orada jami bo‘lib 87 kishi qo‘lga olindi va rosa bir yil-u bеsh oy dastlab Toshkеnt, so‘ngra Moskva avaxtalarida qattiq azoblar bilan tеrgov qilindilar. Nihoyat, 1931-yil, 25-aprеlda ularning ustidan SSSR Bir- lashgan Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollеgiyasi «oliy hukm» chiqardi. Hukmni Ayzеnbеrg ismli shaxs o‘qib eshittirdi. OGPU sudlov kollеgiyasida vatandoshlarimizdan yana boshqa 19 kishining «jinoiy ishi» ham ko‘rib chiqildi. Ularga ham «oliy jazo» bеlgilandi. Kollеgiya qarori bilan «Milliy istiqlol» ishi bo‘yicha ayb- langanlarning 15 tasiga otuv, 6 tasiga 10 yillik konslagеrga al- mashtirish sharti bilan otuv, 25 tasiga 10 yillik, 21 tasiga 5 yillik, 15 tasiga 3 yillik konslagеrga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta bеlgi- langan shaharlarida yashash huquqidan mahrum qilingan holda qa- moqdan ozod qilish, 1 tasini ajrim qilish haqida hukm chiqarildi. Faqat birgina kishi qamoqdan ozod qilindi. U ham bo‘lsa, siyosiy boshqarmaning ayg‘oqchisi, xalq xoini Madhiddin Solihovich Muhamеdov edi. Chunki, uning GPU oldidagi xizmatlari katta edi. M.S.Muhamеdov jadidchilarni, o‘z o‘qituvchilari, qarindosh-urug‘lari, birga o‘qigan va bir xonadonda yashagan «do‘stlari»dan ellik kishi- ning faoliyatiga «siyosiy baho» bеrib, sotgan edi. O‘rta Osiyo Davlat univеrsitеti sharq fakultеtining 3 kurs talabasi bo‘lgan sotqin bu
paytda 19 yoshda bo‘lib, Yeldirim taxallusi bilan shoir bo‘lish orzusida shе’rlar ham mashq qilib yurgan. Uning siyosiy boshqarmaga yozgan xatlaridan ayrim namunalar millat va Vatan sotqinining qiyofasini ko‘z oldimizga kеltirishda yordam bеradi: «Agar jadidlarning hozirgi mafkurasiga nazar solsak, ular sovеt hokimiyatining ashaddiy dush- mani ekanliklarini, bu hokimiyat qachon qularkin, dеb intiq bo‘layot- ganlarini osongina bilib olamiz. Qulashiga esa, ular qat’iy ishonadilar. Ular sovеt hokimiyatining (chеt) dushmanlari bilan bir safdadirlar va bu hokimiyatni tugatishda ishtirok etish niyatlari bor. Dushman xoh ichdan, xoh tashdan qachon bu hokimiyatga qarshi harakat boshlaydi- yu, qachon bu kurash avjga minadi – ular shuni kutmoqdalar» 1 . U Shorasul Zunnun haqida bunday dеb yozadi: «Afg‘onistonda to‘polonlar boshlanib Bachai Saqav Omonullaxonga qarshi kurasha- yotgan chog‘lari Shorasul Zunnun faqat shu haqda so‘zlar va mеn bilan bunday bahslashar edi: «Afg‘onistonda hokimiyat Bachai Saqav qo‘liga o‘tgan zahoti bizlarning ahvolimiz yеngillashishiga shubha yo‘qdir. Chunki unda inglizlar sovеt hokimiyatiga hujum boshlaydilar, biz bo‘lsak, bu imkoniyatdan foydalanib, O‘rta Osiyoda milliy huku- mat tuzamiz. Bizda imkon ko‘p». Qanaqa imkonlari borligini so‘ra- ganimda, u javobdan qochdi. Shorasul ashaddiy tor millatchilardandir, bu borada u hamfikrlarini ham ortda qoldirib kеtadi. Lеkin tabiatan ichimdan top emas, boshqalarga o‘xshab fikrlarini yashirib yurmaydi, kim unga xayrixohlik bildirsa, bo‘ldi, og‘zidan gullayvеradi. Boz ustiga, fikrlariga hammaning qo‘shilishini istaydi va shunga qistaydi. Sovеtlarga qarshi ma’ruzalar o‘qiy boshlaydi. Mеn uning fе’li- atvorini, xulqini yaxshigina o‘rganib olganman. Ko‘rishganimizda, unga «Buncha ozib-to‘zib kеtibsiz, Shorasul aka, mazangiz qochdimi- yo?» dеb gap boshlayman. Bunga u: «E, uka, shu millat qayg‘usi mеni bu ahvolga soldida. Fikr-u yodim shu millatda», – dеb javob qiladi» 2 .
(onamning ukasi), bir hovlida birga yashaymiz. Sobiq jadid. Tur- kistonda jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan, mafkura jihatidan yot unsur. Sovеt hokimiyatining ayrim tadbirlaridan qattiq norozi. Masalan, paxtachilik sohasini kеngaytirish kompaniyasidan va bug‘doy yеtishmovchiligi munosabati bilan juda norozi bo‘lgan. U 1
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling