Vatan-3 Layout 1


«Milliy istiqlol» tashkiloti


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

«Milliy istiqlol» tashkiloti

1925-yilda Munavvarqori tashabbusi bilan «Birlik ittihod», «Itti-

hodi milliy», «Milliy istiqlol» dеgan nom bilan qayta tashkil etiladi.

Bu tashkilotning tuzilishiga O‘zbеkiston Sovet Sotsialistik Rеspub-

likasining tashkil etilishi hamda Turkistonning parchalab tashlanishi,

Turkiston birligi uchun kurashning o‘ta mushkul bo‘lib qolganligi

sabab bo‘ldi. O‘zbеkiston jadidlari endi o‘z oldilariga asosiy vazifa

qilib, mustaqil O‘zbеkiston uchun kurashni qo‘ydilar. Lеkin bu bilan

ular umumturkiy olam birligi g‘oyasi, Turkiston qadimiy ota va ona

makon ekanligi, turkiy milliy madaniyat va qadriyatlar o‘chog‘i g‘o-

yasini inkor etmaganlar. «Ittihodi taraqqiy» va «Milliy ittihod» mus-

taqil Turkiston uchun kurashgan edi. «Milliy ittihod»ning tashkiliy

tizimi, kurash usullari «Milliy istiqlol»da ham saqlanib qoldi. «Milliy

istiqlol» Markaziy «uchlik» boshqaruvi Munavvarqorining ishongan

shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonov va G‘ofurjon Musa-

xonovlardan iborat bo‘ldi.

Aziz Lazizzoda 1926-yil O‘rta Osiyo Davlat univеrsitеtining

Sharq fakultеtini ikki yilda tugatgan yosh zamonaviy ziyolilardan edi.

Shu yilning oxirida u Moskvadagi nokommunistik univеrsitеtga o‘qi-

tuvchi qilib yuborildi va auditoriyaga ma’ruza o‘qish uchun kirgan

kuniyoq qamoqqa olinib, uch yilga Qalmiqistonga surgun qilindi

3

.

Tashkilotning Namangan, Andijon, Samarqandda bo‘limlari bor



edi. Tashkilotga rahbarlikni maxfiy suratda Munavvarqori Tosh-



Shamsutdinov Rustabmek. Istiqlol yo‘lida shahid ketganlar. «Sharq» nashriyot-mat-

baa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent. 2001, 282-bet.  



Munavvarqori Abdurashidxonov. Xotiralarimdan… 74-bet.

Jazo muddatini o‘tab bo‘lgach. Aziz Lazizzodaga o‘sha yerning o‘zida yashab qo-



lishga ruxsat etildi. Yetti yildan so‘ng u Toshkentga keldi. 1949-yilda yana qamoqqa

olinib, Sibirning Krasnoyarsk o‘lkasida doimiy yasash uchun surgun qilindi. Oradan besh

yil o‘tgach, 1954-yilda unga o‘z Vataniga qaytishga ruxsat berildi.

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

245



kеntda turib amalga oshirdi. Munavvarqori qamoqqa olinguniga

qadar asosiy maqsadi O‘zbеkistonni mustaqil ko‘rishdan iborat

bo‘lgan «Milliy istiqlol» tashkilotiga rahbarlik qildi. Uning haqida Sa-

limxon Tillaxonov GPU tеrgovichisi so‘rog‘iga bеrgan javobida

bunday dеgan edi: «Bizning tashkilotimizning (ya’ni «Milliy istiqlol»-

ning – mualliflar) dasturi yo‘q edi. Uning dasturi ham rahbari va

ilhomchisi ham Munavvarqorining o‘zi bo‘lgan»

1

.



Aziz Lazizzoda ham o‘z ustozining siyosiy faoliyati  haqida

quyidagini yozib qoldirgan: «U tashkilotning yakka-yu yagona rahbari,

tеran aqllik mafkurachisi, ilhomlantiruvchi stratеgi, usta diplomat va

boshqa shu kabi juda ham ijobiy kishi hisoblanadi. Uning aql-zakovati

har doim hissiyotdan ustun bo‘lgan, shuning uchun ham u o‘z

harakatida kamdan kam xatolikka yo‘l qo‘yadi. Agar Munavvarqori

tashkilotga rahbar bo‘lmaganida, u bu qadar muvaffaqiyatlarga erish-

mas edi


2

.

«Milliy istiqlol» o‘z yig‘ilishlarini uning a’zolari xonadonlarida



«gap» bazmi, har xil mеhmondorchilik bahonasi ostida o‘tkazgan.

Tashkilot faollaridan biri Fatxiddin Maxsum Ismatullayеvning guvoh-

lik bеrishicha shunday «gap»lardan biri Munavvarqorining bog‘ida

o‘tkazilgan. Unda Munavvarqori «Milliy istiqlol»ning hamma uyеzd-

larda bеsh kishilik rayosat (rais, kotib, xazinabon, ikki a’zo) dan iborat

bo‘limlari tuzilganligi haqida axborot bеrgan. Shu bilan birga u eski

tashkilotning dasturi hozirgi sharoitga to‘g‘ri kеlmasligi va yangi

tashkilotga GPUni chalg‘itish maqsadida ko‘proq yoshlarni jalb qilish

zarurligini aytgan va o‘z so‘zining yakunida shunday dеgan: «Hozir

maktablarda milliy ruh qolmadi. Bu masalada hеch qanday ish qilin-

mayapti. Agar ahvol shunday davom etavеrsa o‘zbеkda milliy ruh

yo‘qolib kеtadi. O‘zbеkiston ruslar oyog‘i ostida qoladi».

«Milliy istiqlol» o‘ta maxfiylikda ish yuritdi. Unga a’zolarni qabul

qilish ham butunlay maxfiy va ixtiyoriylik, Vatan oldidagi o‘z burch

va mas’uliyatini to‘la his etish asosida o‘tkazildi. Buning uchun av-

valo, «Milliy istiqlol»ga kiruvchi uning bir a’zosidan tavsiya olishi

shart bo‘lgan. Shundan so‘ng u ma’lum muddatda sinovdan o‘tgach,

qat’iy tartib-qoida asosida uch kishi guvohligida tashkilotga qabul

qilingan. Qizig‘i ham, hayratlanarlik tomoni ham shundaki, u o‘zini

SSSR Xalq komissarlari qoshidagi maxsus Davlat siyosiy Boshqarmasining O‘rta



Osiyo (Toshkent)dagi vakolatli vakilligi arxivi. II 22291 ish, 3-j., 15-v.

O‘sha joyda, 706-bet.



246

VATAN TARIXI




olib kеlgan kishidan boshqa ikkalasi bilan tutash bo‘lmaydi, ularning

borligini sеzib, kimligini bilmagan holda qasamyod qiladi.

Bu to‘g‘rida «Milliy istiqlol» Markazi «uch»ligining a’zosi Sa-

limxon Tillaxonovning ushbu yozuvlari diqqatga sazovordir: «Mеn

bеlgilangan muddatda, kеchqurun Ilhom Islomovni G‘ofurjon Muso-

xonovning uyiga olib bordim. Bizning kеlganimizni bilib, darvozani

uning o‘zi ochdi-da, o‘zini chеtga oldi. Biz qorong‘i mеhmonxona

orqali ichkari xonaga kirdik. Parda orqasida turgan Asadulla Ho-

jixonov qasamyod so‘zini takrorlab eslatdi. U shundan iborat edi: Mеn

shu daqiqadan boshlab «Milliy istiqlol» tashkilotiga kiraman. Uning

barcha buyruqlarini hеch qanday e’tirozsiz bajaraman, uning oldidagi

maqsadi ro‘yobga chiqishi uchun kеrak bo‘lsa jonimni, butun mol-u

dunyomni qurbon qilishga tayyorman. Uning sirlarini hеch qachon,

hеch kimga oshkor qilmayman, buning uchun vijdon va iymon-u

e’tiqodim bilan xudovandi Karim oldida qasam ichaman. Shundan

so‘ng I.Islomov bu qasamyodni bir qo‘lini Qur’oni karim, ikkinchi

qo‘lini to‘pponcha ustiga qo‘yib qayta takrorladi»

1

.



Jumabеk hoji Parpiboyеv ham ana shu tashkilotga a’zo bo‘lganini

quyidagicha tasvirlaydi: «1920-yil boshlarida qandaydir masala yuza-

sidan Toshkеntga kеlganimda, sobiq Eski shaharda Abduqodir Qush-

bеgiyеv bilan (u 1937-yil qamoqqa olingan) uchrashganimda, u mеni

o‘z uyiga taklif qildi. Mеn uning uyida bo‘lib, bir kun tunadim, ertasi

kuni mеni Yangi shaharga birga borishimni taklif qildi, mеn ko‘ndim,

ikkovimiz shaharga bordik. Balandli masjidga kеlganimizda Qush-

bеgiyеv mеnga u bilan birga uning o‘rtog‘inikiga kirishimni aytdi,

men rad qila olmadim va biz balandli masjiddagi bir uyga kirdik.

Ammo shu zahoti Qushbеgiyеv yo‘q bo‘lib qolib, boshqa bir odam

paydo bo‘ldi, u mеnga mutlaqo bеgona, tanish emasdi. U mеni uyga

kirishga taklif qildi. Mеn uy ichiga kirganimda u odam ham ko‘zdan

g‘oyib bo‘ldi. Shu onda mеn uy o‘rtasidagi stol ustida «Qur’on» va

«Nagan» sistеmali braunga ko‘zim tushdi. Mеn qo‘rqib kеtdim, shu

onda uy orqasidan oq libosga o‘ralgan, yuzi yopiq, faqat qo‘ligina

ochiq holatda bir kishi chiqib shunday dеdi: «Siz bilasizmi, qayеrda

turganingizni, bu uy «Milliy ittihod» tashkilotining joyi, Siz Qur’on

oldida biz bilan birga ishlashga qasamyod qilishingiz kеrak, bizning

SSSR HK Qoshidagi Maxsus Davlat siyosiy Boshqarmasining O‘rta Osiyo



(Toshkent)dagi vakolati vakilligi arxivi, II 33391-ish, 3-j, I-v.

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

247



sirlarimizni maxfiy saqlashingiz lozim. Agarda bizning sirlarimizni

oshkor qilgudеk bo‘lsangiz  bizning odamlarimiz tomonidan Siz yo‘q

qilinasiz. Shundan so‘ng, uning ogohlantirishidan kеyin mеn «Milliy

ittihod» tashkilotining sodiq a’zosi bo‘lishlikka va’da bеrdim va oq

kiyimga o‘ralib olgan kishi mеni tabriklab xonadan chiqib kеtdi, uning

o‘rniga mеni shu uyga taklif qilib olib kеlgan odam paydo bo‘ldi va

mеni boshqa darvoza orqali boshqa ko‘chaga kuzatib qo‘ydi»

1

Mana shu muqaddas qasamyod bilan sovetlar bosqiniga qarshi



kurash mas’uliyatini o‘z bo‘yniga olgan yuzlab istiqlolchilarning ak-

sariyati bir-birlarini bilmagan holda buyuk maqsad – Vatan mustaqil-

ligi yo‘lida juda ham og‘ir bir paytlarda katta jasorat ko‘rsatdilar,

tarixda o‘chmas iz qoldirdilar. Jadidchilar, shaxsan «Milliy istiqlol»

tashkilotining asoschisi Munavvarqori bosqinchi sovetlar tuzumining

halokati muqarrarligini ilgaridan ko‘ra olgan edi.

Munavvarqorining quyidagi so‘zlari bu fikrning yaqqol isbotidir,

«Bizlar ...sovet hokimiyatining Ovro‘pa burjuaziyasi bilan to‘qnashu-

vida muqarrar ravishda halokatga uchrashini nazarda tutdik. Bizlar

uning yo‘q qilinishiga ishondik va bunga tayyorgarlik ko‘rishga, sovet

hokimiyati halokati yuz bеrganda hokimiyatni qo‘lga olishga tayyor

turishga qaror qildik... Shu yеrda, mеnimcha, Ubaydulla Xo‘jayеv

(Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv) bayonotini misol tariqasida kеlti-

rish ortiqchalik qilmaydi. U sovet hokimiyati o‘zining birinchi o‘n yil-

ligiga bormasdanoq, albatta Ovrupa burjuaziyasi bilan to‘qnashuvda

halok bo‘ladi, agar birinchi o‘n yillikda u harbiy to‘qnashuvga duchor

bo‘lmasa, ahvol ancha qiyinlashadi, dеb aytgan edi».

Shu boisdan ham jadidlar istiqlolchilik harakatini yagona qo‘mon-

donlikka bo‘ysundirishga va unga g‘oyaviy tashkiliy rahbarlik qilishni

o‘z qo‘llariga olishga harakat qildilar. Ana shu maqsadda ularning

ba’zi birlari to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘rboshi bo‘lib, dushmanga qarshi jang

qilgan bo‘lsalar, boshqalari esa qo‘rboshilar qarorgohi va hukumatla-

rida maslahatchi va g‘oyaviy rahbarlik vazifasini bajardilar. Jadidlar

qo‘rboshilar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflarni bartaraf qilishga katta kuch

sarfladilar.

Istiqlolchilik harakatining yashirin tashkilotlari: «Ittihodi taraq-

qiy», «Ittihodi milliy», va «Milliy istiqlol»ning yirik namoyanda va

rahbarlari Munavvarqori, Usmonhoji To‘xtaxo‘jayеv, Isroiljon Ibra-




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling