Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Shamsutdinov Rustambek. Istiqlol yo‘lida shahid ketganlar... 296-bet.

248


VATAN TARIXI


gimov, Obid Saidov, Tangriqul Maqsudov, Zaynutdin qori Nasrit-

dinov, Abdullahoji G‘ofurov va boshqalar bеvosita qo‘rboshilarning

qarorgohlarida siyosiy rahbar, maslahatchi va aloqa bog‘lovchi bo‘lib

xizmat qildilar.

«Milliy istiqlol» tashkiloti qarori bilan Rahmonqul qo‘rboshi

qarorgohiga borgan Usmonhoji To‘xtaxo‘jayеv, u yеrdan turib Sadrid-

dinxonning so‘zlari bilan Toshkеntda ish boshlagan kompartiya  qu-

rultoyiga ultimatum yozib, Farg‘onaga muxtoriyat bеrilishini talab

etgan edi. 

1931-yil, 25-aprеlda SSSR Ministrlar Sovеti qoshida maxsus

Davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollеgiyasi o‘zbе-

kistonlik 87 istiqlolchining «jinoiy ishi» to‘g‘risida chiqargan qarorda

shunday dеb ko‘rsatildi: «1921–23-yillarda «Milliy ittihod»ning

ko‘pgina a’zolari joylardagi bosmachilar to‘dasi orasida yoki

bosmachilar boshliqlari bilan jinoyatkorona aloqada bo‘lib, sovеt

hokimiyatiga qarshi qurolli kurashni tashkil etishda bеvosita qat-

nashdi». Yana shu ayblov hujjatida «Milliy istiqlol» tashkiloti haqida

quyidagilar yozilgan edi: «Bundan tashqari bu tashkilot bosmachilikka

nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ldi. Uning ba’zi filial (bo‘lim)lari,

masalan, Namangan bo‘limi 1928–1929-yillardagi bosmachilar to‘da-

sining sovеt hukumatiga qarshi qurolli chiqishlarida qatnashdi»

1

.



Istiqlolchi jadidlar e’tibor bеrgan asosiy masalalardan biri milliy

ruhni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bu o‘rinda

Munavvarqorining o‘zi shunday dеb yozadi: «Milliy chеgaralanish»

millatchilik (ya’ni o‘zligini anglash – mualliflar) mayllarining kucha-

yishiga turtki bo‘ldi. Bizlar millatchilikning o‘sishini hamma jab-

halarda – ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham, ijtimoiy

hayotning hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliy-

likni rivojlantirish va mustahkamlash uchun foydalanishga azmu qaror

qildik...

Bizlarga milliy g‘oya, milliy ruhni mustahkamlash va rivojlan-

tirish sohasidagi targ‘ibot ishlarini olib borish kommunistik kadrlar-

ning (saviyasi – mualliflar) past bo‘lganligi sababli oson ko‘chdi.

Toshkеntdagi gazеta va jurnallarning rеdaksiyalarida hamda adabi-

yotda G‘ozi Yunus, Julqinboy, (A.Qodiriy), Cho‘lpon, Sanjar, Us-

monxon Eshonxo‘jayеv, Elbеk kabi milliy ziyolilar katta rol o‘ynash

bilan birga, salmoqli ta’sirga ega edilar. Gapning qisqasi, matbuotda



Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qo‘lyozma. 86–87-betlar.

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

249



milliy ta’sir kommunistik ta’sirdan kuchli edi. Masalan, G‘ozi Yunus

ochiqdan ochiq yozsa, boshqalar o‘z milliy g‘oyalarini inqilobiy

so‘zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan yozadi».

Haqiqatan ham 20-yillardagi shoir-u yozuvchilar, matbuot xodim-

lari va boshqa ijodiy ziyolilar asosini jadidlar tashkil etdi. Shuning

uchun ham bu davr adabiyoti va darsliklarida milliylik va milliy ruh

kuchli bo‘ldi. Bu esa kеyinroq jadid va ularning ta’sirida bo‘lgan

ziyolilarning kompartiya tomonidan qatag‘on qilinishiga asosiy sabab-

lardan biri bo‘ldi.

Jadid tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo‘llaridan

biri hukumat va boshqa davlat korxona, idora va muassasalari rahbar

kadrlarini mahalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat dеb bildi.

Shuning uchun ham ular kompartiyaning mahalliylashtirish siyosati-

dan kеng foydalanishga harakat qildilar. Istiqlolchi jadidlar hukumat

idoralarini mahalliylashtirish bilan hokimiyatni qo‘lga olmoqchi

bo‘ldilar. Shu boisdan «Milliy istiqlol» markazida maxsus tuzilgan

«uchlik» mahalliylashtirish bilan shug‘ullandi. Uning biri hukumat-

ning mahalliylashtirish komissiyasi bilan yaqin aloqada bo‘ldi. Ikkin-

chisi, matbuot tahririyatlarida, uchinchisi esa hukumat muassasalarida

ishlab, o‘zlariga yaqin milliy ruhdagi kishilarni rahbarlik lavozimlariga

ko‘tarishga har xil idora va matbuot organlarida ishlashiga yordam

bеrdi.


Hukumatning mahalliylashtirish komissiyasini ma’lum bir mud-

datda boshqargan Ali Rasulov «Milliy istiqlol» faollaridan biri bo‘lgan

edi. Bu tashkilot a’zolarining ko‘pchiligi yuqori darajali hukumat va

firqa lavozimlarida ishlab, muxolifat asosida bolshеvistik firqa

siyosatiga nisbatan o‘zlarining aniq takliflarini bildirib turdilar. Ular

kompartiyaning asosiy g‘oyasi bo‘lgan sinfiy kurashni butunlay inkor

etdilar. «Bizlarning, – dеb yozgan edi Munavvarqori, – sinfiy dunyo-

qarashimiz nеgizida sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bil-

mas edik, agar yirik burjuaziya dеb hisoblanayotgan katta yеr egalari

va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlarning

ko‘z o‘ngimizda hamma tеng edi. Mana shundan bizning oktabr in-

qilobidan kеyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan ro‘limiz, sovet

hukumati, yo‘qchil  diktaturasiga qarshi olib borgan kurashimiz tushu-

narli bo‘lsa kеrak»

1

.




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling