1. Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon o‘sha-o‘sha. Ushbu gapda so’z turkumlarning nechta turi qatnashgan?


Download 310.97 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi310.97 Kb.
#1299880
Bog'liq
2-kurs 200 test. morfemika-morfologiya (2)


1. Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon o‘sha-o‘sha.
Ushbu gapda so’z turkumlarning nechta turi qatnashgan?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta
2. Jimlik tilaydi yurak,
Sizdan bugun birgina o‘tinch:
Yolg‘iz qo‘ying meni, do‘stlarim,
Charchaganman, orom olayin.
Ushbu parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to’g’ri hukmlar sonini aniqlang.
1) barcha fe’llarning vazifa shakli bir xil;
2) fe’llar tuzilishiga ko’ra bir xil;
3) fe’llar nisbat ma’nosiga ko’ra bir xil;
4) fe’llar shaxs-son ma’nosiga ko’ra bir xil;
5) fe’llar zamon ma’nosiga ko’ra bir xil;
6) fe’llar o’timli-o’timsizligiga ko’ra bir xil.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
3. Qaysi javobda uzunlik o‘lchovini bildiruvchi hisob so‘zlar keltirilgan?
A) juft, chelak, metr B) qadam, chaqirim, quloch
C) dasta, qarich, botmon D) gektar, tanob, sentner
4. Do‘stlikni e’zozlashning zarur shartlaridan biri
do‘stlar bilan uchrashib turishdir. Turli katta-kichik
marosimlar: bayramlar, tug‘ilgan kunlar, to‘ylar
bilan bir qatorda, do‘stona yig‘inlar ham bu
munosabatlarni mustahkamlaydigan vositadir.
Yasama otlar sonini aniqlang.
A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta
5. Mahmud do‘stlari bilan sinfdoshining so‘nggi izlarini boshqa shaharlardan ham qidirgandi.
Shaxs otlari qaysi bo’lak vazifasida kelgan?
A) ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi
B) to’ldiruvchi, aniqlovchi
C) ega, to’ldiruvchi
D) ega, aniqlovchi
6. Sening tug‘ilib o‘sgan shahringdan ayrilib
yashashingga ko‘zim yetmasdi, buni hammadan ham men juda yaxshi bilardim.
Ushbu gapda olmoshning nechta ma’noviy guruhiga oid so’zlar qatnashgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta
7. Vatan! Taqdiringning toshi bemiqdor,
Aytgin, fido bo‘lay qaysi bir toshga?
Birovning do‘stlar-u xorijlari bor,
Mening hech kimim yo‘q - o‘zingdan boshqa.
Ushbu parchada olmosh turkumiga oid so’zlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta
8. Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi,
balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni
zabt etadilar.
Ushbu parchadagi fe’llar haqidagi to’g’ri hukm qaysi javobda aks etgan?
A) fe’llar murakkab kesim vazifasini bajargan
B) fe’llar tuzilishi qo’shma fe’l
C) fe’llar har xil shaxs ma’nosini anglatgan
D) zamon ma’nosi har xil
9. Bulutlar haydar shamol,
Goh yo‘gib o‘tar yomg‘ir.
Barglar pokiza, zilol,
Goh quyosh to‘kadi nur.
Ot turkumiga mansub so’zlar miqdorini aniqlang.
A) 5 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 6 ta
10. Dunyo baxtli edi bizga qadar ham,
Albat baxtli bo‘lar bizdan keyin ham,
Abad yurak gullar, ochilar tam-tam:
- Muhabbat bor edi, muhabbat mavjud
Ushbu parchada ravish turkumiga xos so’zlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
11. Boyvachcha yer o‘pib, tavba qilibdi va keksa ota-onasini rozi qilish uchun o‘sha zahoti ularning huzuriga shoshilibdi.
Ushbu parchadagi so’z turkumlari haqidagi fikrlardan nechtasi to’g’ri emas?
1) fe’llar 2 xil nisbatda qo’llangan;
2) shaxs otlari uch o’rinda qo’llangan
3) qo’shma fe’llar ikki o’rinda qatnashgan;
4) sifat turkumiga xos so’z ikki o’rinda qatnashgan;
5) olmosh turkumiga xos so’z ikki o’rinda qatnashgan;
6) yordamchi so’z turkumlarining barcha turi qatnashgan;
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta
12. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. O‘sha o‘ynoqi damlarni eslab sog‘inaman. Meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
Ushbu parchada nisbat qo’shimchalari necha o’rinda qatnashgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
13. Fe’ldan yasalmagan yasama otni aniqlang.
A) to‘kinlik B) tilagim C) chiqindi D) surma
14. Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?
Ushbu parchadagi olmoshning nechta ma’noviy turi qatnashgan?
A) 2 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 3 ta
15. Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?
Ushbu parchada nechta ot turkumiga xos so’zlar qatnashgan?
A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 5 ta
16. Tez aytishlarning qay birida sifat turkumiga xos so’z qatnashmagan?
A) Norning nordon anori narida.
B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.
C) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.
D) Hali Vali, Soli sholi o‘rdi.
17. Qishloq allaqachon uyg‘ongan.
Ma’nosi ko’chayotgan so’z haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang.
A) Ravish turkumiga xos so’z
B) Atoqli joy nomi
C) sodda yasama so’z
D) ega vazifasida kelgan
18. Qaysi javobda faqat bir turkumga xos so’zlar berilgan?
A) kitob, a’yon, shoir, adip
B) to’g’ri, azm, qizil, katta
C) yonilg’i, ganj, adil, asl
D) go’zal, chiroyli, rovon, achchiq
19. Erkini sog‘inib yashagan o‘lka endi shu erkinlik, hurlik deb atalgan ne’matdan bahramand bo‘lib yashamoqda.
Yasama fe’llar sonini aniqlang.
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta
20. Har ko‘zki, agar olmasa ibrat, ko‘rdir,
Har luqma, agar bermasa lazzat, sho‘rdir.
Har to‘n, agar o‘zgarmasa, to‘nmas, u kafan,
Har xonaki, birdek turaversa, go‘rdir.
Ushbu sherda ishtirok etgan sifatlarning sintaktik vazifasini belgilang.
A) to’ldiruvchi, hol B) kesim, ega
C) kesim D) aniqlovchi
21. Qaysi javobda ot+ot kompozitsiyasidan hosil
qilingan qo‘shma sifatlar ko'rsatilgan?
1) olaqarg’a; 2) sheryurak; 3) qizilishton; 4) kelintushdi;
5) devsifat; 6) achchiqtosh.
A) 2, 3, 6 B) 2, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 6
22. Uncha-buncha ozodalik gigiyenasiga odatlanganimiz bois, mikrobdan qo‘rqamiz, biroq ilgariroq keladigan, ehtimol, mikrobdan dahshatliroq bo‘lgan halollik gigiyenasini xayolimizga
keltirmaymiz.
Berilgan gapda ravishning qaysi ma’no tur(lar)i qatnashgan?
A) o‘rin, payt, daraja-miqdor
B) holat, maqsad-sabab, daraja-miqdor
C) daraja-miqdor, payt
D) daraja-miqdor, o'rin, maqsad-sabab
23. Men yoshligimdan hindlarning mehmon kelganda,
nikoh va boshqa marosimlarda qadrdonlari bo‘yniga
gulchambar taqishlaridan ta’sirlanaman.
Berilgan gapda olmoshning necha turi ishtirok etgan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
24. Bu g'ayratli va ishbilarmon chorvador baquvvat qo'llari bilan dilkash suhbatdoshini beg'uborlik va iliqlik bilan quchib, samimiy ko'rishdi.
Ushbu parchada sifat turkumiga xos so’zlarda nechta jarangli sirg’aluvchi shovqindor undosh qatnashgan?
A) 6ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta
25. Qaysi javobda keltirilgan gapda bog‘lama qatnashmagan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning
uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak.
B) Menga, albatta, kitob, daftar, qalamlar−hammasi kerak.
C) Do‘st, sen eding ko‘nglim rahbari, Meni bog‘la, topshir dushmanga.
D) Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug‘ilgan
kunlar, to‘ylar bilan bir qatorda do‘stona yig‘inlar ham bu munosabatlarni tobora mustahkamlab boruvchi vositadir.
26. Javoblarning qaysi birida o’tgan zamon sifatdoshi to’ldiruvchi vazifasida kelgan so’zga tobelangan?
A) Aql-idrok, ilm-hunar – bular mehnat bilan topiladigan va kamol toptiradigan narsalardir.
B) Tabiatga qo’pol ravishda aralashish natijasida paydo bo’lgan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida ishlangan dorilar bilan tuzatib bo’lmaydi.
C) Shunday bo’lsa ham, vujudini titratayotgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
D) Yetti qaroqchi yuldyzi tik kelganda g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
27. Javoblarning qaysi birida bajarailmagan harakatning oddiy inkorini bildiruvchi gap tarkibida shaxs otiga ishora qilgan olmosh qatnashgan?
A) Birovlardan qolgan-qutgan baxt bilan kifoyalana boradiganlar qatorida hech qachon turmadim.
B) Sinfimizdagi barcha o’quvchilar sport to’garaklariga qatnashmagan.
C) Rostini aytsam, o’zim ham unchalik yomon bola emasman.
D) Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo’lganim yo’q.
28. Javoblarning qaysi birida o’rin ravishi ko’makchi vazifasida qo’llangan?
A) Donolarning oldida doim eshitguvchi bo’l.
B) To’ydan keyin nog’ora chalmoq nodonlar ishi.
C) Markaziy xirurgiya klinikasining bosh vrachi Mirsodiq Jalilov bir haftadan beri Namanganda dam olardi.
D) Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari uzra suv yaltiraydi.
29. Gumon olmoshi qatnashgan gaplarning qaysi birida ot yasalishi uchun asos vazifasini bajargan?
A) O’zbekoyim nimadir demoqchi edi, Oybodoq dasturxon ko’tarib kirib qoldi.
B) Normurod Shomurodov allaqanday shubhadan yuragi zirqirab o’z kabinetiga kirdi.
C) Kimdir ot yetaklab o’tar azonda, Uzilar ko’chaning sahargi tushi.
D) Ayol qalbi tosh bo’lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo’ladi.
30. Berilgan gaplarning qaysi birida 2 xil mayl shakli bir xil zamon ma’nosini ifodalagan?
A) Bunaqa narsa menga ta’sir qilmaydi, – dedi Mastura.
B) Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo’ldim.
C) Bedanalarni qoyib yuboraylik, onalarininng oldiga borishsin, bizni duo qilishadi.
D) Niyatimga yetaman, mana bu to’polonlarni bostiraman.
31. Qaysi javobda fe’lning sifatdosh shakli uch xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) Boysariboy o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli bilan ko‘chib borgach, Ko'kqamish ko‘li atrofida mollarini semirtirib, yayrab yotadi.
B) Biznikiga ko'pincha ovqatlangani kelib turgani uchun unga o‘rganib qolganimizni ham sezmay qolibmiz, bir kun kelmasa, sog‘inamiz.
C) Ko‘ziga qalin qilib surma surib olgan bu juvonni ilgari ham ko'rganini esladi, ammo ismini bilmagani uchun nima deb murojaat qilishni bilmadi.
D) Shunday odamlar borki, ular bilan bir havodan nafas olishga ham qiynalasan, ammo shundaylar borki, ularsiz nafas olishning ham iloji yo‘q.
32. Martaba berganda fe'l ham bersa keng,
Adl-u muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo'lsin,
lekin Kichik kattalardan asrasin xudo.
Ushbu parchada fe’lning nechta munosabat shakli shakldoshlik xususiyatiga ega?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
33. Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo'ydi va menda go'zallikni sevish, xushfe'l, xushtabiatli bo'lish, ozoda yurish kabi xislatlar uyg'ondi.
Ushbu gapda necha xil fe’lning vazifa shakli qatnashgan?
A)2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta
34. Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Oyog'inga qo'yib yotay bosh,
Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Ushbu parchada necha o’rinda fe’lga xos lug’aviy shakl yasovchi qatnashgan?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4
35. Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima bildim,
Shu-da bir yashash!
She’riy parchadagi fe’llar haqidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) ikkita fe‟lning yetakchi morfemasi fonetik xodisa asosida yozilgan
B) ikkita fe‟l sodda yasama hisoblanadi
C) ikkita fe‟l tarkibida nisbat qo‟shimchasi qo‟llangan
D) faqat o‟timli fe‟llar ishtirok etgan
36. Daraxtni undiradigan, o'stiradigan, mevasini laziz qiladigan quyosh, yer va soy bo'lsa, badiiy mahoratni undiradigan va o'stiradigan, samarasini jozibali
qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir.
Ushbu parchada orttirma nisbat shaklidagi sifatdoshlar necha o’rinda qatnashgan?
A)2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta
37. Qaysi gap tarkibida fe'lning munosabat shakli vazifasida qo'llangan ko'makchi morfema sonor undosh tovush bilan ifodalangan?
A) Otangning bolasi bo'lma, odamning bolasi bo'l.
B) Nima qilay, o'rgilay, aytsam, tilim kuyadi, aytmasam - dilim.
C) Kimki buni tushunmabdi, u katta xatoga yo'l qo'yadi.
D) Bir tishlam non gadosi bo'lib, birovlarning eshigiga borgan vaqtlarim ham bo'ldi.
38. Ushbularning qaysi birida fonetik hodisaga uchragan yasama so’zning asosi fe’l turkumiga oid?
A) Insonda hayotning mohiyatini tushunish qobilyati tarixni anglashdan boshlanadi.
B) Saxiylik kishilar o'rtasidagi ishonch va muhhabbatdan hosil bo'ladi.
C) Olingan bilimlarni mustahkamlashga har doim intilmog'imiz darkor.
D) Bu so'roq qarshisida shaxsiy yetishmovchiliklarimni, turmush og'irliklarini unutaman.
39. Quyidagi qaysi fe'llarning yetakchi morfemasi ot so'z turkumiga oid so'z bilan omonim bo'la oladi?
1) inmoq; 2) yashirinmoq; 3) chaqmoq;
4) saqlamoq; 5) qopmoq
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 5
40. To'tini o’z ismini aytishga o’rgatishadi. Ismni ko’p qaytarishadi. Keyin bir kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o’z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so'zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi.
Berilgan parchadagi fe’llaar tarkibida qaysi nisbat qo’shimchasi qatnashmagan?
A) o’zlik B) majhul C) birgalik D) orttirma
41. Qaysi gapda fe'lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan?
A) Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha'ningizga dog' tushiradigan ish qilmang, - dedi kuyunib.
B) So'rida ko'rpachani yig'ishtiririb olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to'shab, joy soldi.
C) Orqa tomonda o'tirgan Dilbar o'zini tutolmay kula boshladi.
D) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog'ga chiqishni qoldirdi.
42. Narsaning holatini ifodalay oladigan ism asosli sodda yasama fe'llar berilgan javobni belgilang.
A) bo'shamoq, qotmoq, ko'paymoq
B) suvsamoq, hayajonlanmoq, ikkilanmoq
C) varaqlamoq, bezovtalanmoq, shodlanmoq
D) yaltiramoq, sarg'aymoq, bo'shamoq
43. Qaysi gapda fe'lning buyruq-istak mayliga oid munosabat shaklining badiiy uslubga xos ko'rinishi qo'llangan?
A) Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
B) Qora ko'zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg'il, Ko'zum qarosida mardum kabi vatan qilg'il.
C) Ko'rgali husnungni zor-u mubtalo bo'ldum sanga, Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.
D) Yaxshini maqtasang - yarashur, Yomonni maqtasang - adashur.
44. Qaysi gapda fe'lning vazifa shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha bilan omonim
bo'la oladigan nisbat qo'shimchasini olgan fe'l qatnashgan?
A) Menga shuncha yaxshilik qildinggiz, necha bor meni yomon yo'ldan qaytardingiz.
B) Nurga to'ldi dara, to'ldi soy, Nur yog'ildi qorong'i jarga.
C) Tuproq uyumidan sakrab o'tgan. Alijon qaytarma etigiga yopishgan changni jahl bilan qoqdi.
D) Qishloqdan chiqarkan, boy tog'asidan albatta xizmat so'rashni onasi uqtirgan edi.
45. Qaysi gapda orttirma nisbatdan tashqari barcha nisbat shakllaridagi fe'llar ishtirok etgan?
A) To'rt tomoni hujralar bilan o'ralgan sahna o'rtasidagi sadaqayrag'och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib, ko'klamni olqishlaydi, allaqayoqlardan qaldirg'ochlar o'qday otilib kelib, hovli ichiga kirib ketadi.
B) Vatan haqidagi jozibador qo'shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv va osoyishta yashashga, Vatanni ko'z qarochig'iday asrashga da'vat etadi.
C) Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug'urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli
bersalar, bulbullar chax-chaxlab, Bamburni Gullar vodiysiga chaqirardilar.
D) Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir, quyosh lovullab qizdiradiyu, atrof uylar bilan o'ralgani uchun qilt etgan shabada yurmaydi.
46. Vositasiz to'ldiruvchi yasama fe'l bilan ifodalangan vositali to'ldiruvchiga tobelangan gapni aniqlang.
A) Dangasaning nonni yeyishini ko'r.
B) Radiodan taralayotgan kuy qalblarga orom bag'ishlar edi.
C) Nonni ta'riflashga har qanday so'z ojizlik qiladi.
D) Bolalar ota-onani, ustozni hurmat qilishlari kerak.
47. Berilgan murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning kesimlarida fe'lning munosabat shakli orqali ifodalangan qaysi grammatik ma'nolar barcha kesimlarda bir xil?
Agar sen go'daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot kechirganini, o'zingning esa osmon bilan yerning farqini bilmaydigan bir chaqaloq bo'lganingni bilishni istasang, atrofingdagi onalarda qara, ularning
qo'llaridagi chaqaloqlarga nazar sol, shunda sen o'z go'dakligingni yorqin tasavvur qilasan va o'zing bundan xulosa chiqarib olasan.
A) zamon va shaxs-son ma'nosi
B) zamon va mayl ma'nosi
C) mayl va shaxs-son ma'nosi
D) mayl, shaxs-son va zamon ma'nosi
48. Men sizga beg'ubor yaylov havosida chiniqqan, bir necha bor yirtqich hayvonlar hujumiga yo'liqqan qo'rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola haqida hikoya qilmoqchiman.
Berilgan gapdagi sodda yasama fe'l(lar) qanday gap bo'lak(lar)iga tobelanib kelgan?
A) sifatlovchi aniqlovchiga
B) vositasiz to'ldiruvchiga va kesimga
C) vositali to'ldiruvchiga
D) holga va sifatlovchi aniqlovchiga
49. Qaysi gap tarkibida fe'llarning munosabat shakli bilan omonim bo'la oladigan sifat yasovchi qo'shimcha qatnashmagan?
A) Bolaligimni sirdosh dugonalalr davrasida o'tkazmaganman.
B) Belanchakda yotgan go'dakning o'ksik yig'isi Oysha onaga ta'sir qildi.
C) Qizining doimiy ezgin xayollar og'ushida yurganini ko'rib, uning bir dardiga o'n dard qo'shildi.
D) Rahimjon korxona xodimlarining e'tiborsizliklari tufayli yuzaga kelgan qatro jiddiy muammolar haqida gapirdi.
50. Berilgan qo'shimchalardan qaysilari ismning va fe'lning munosabat shakli sifatida o'zaro omonim bo'la oladi?
1) -sa, 2) -k, 3) -m, 4) -ng, 5) -miz, 6) -ing, 7) -ngiz
A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 3, 4, 5, 6 ,7
51. Qaysi gaplarda otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchining kesimga tobelanishi kuzatiladi?
1. Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi.
2. O‘tirganlar otning baland ovozda kishnaganini eshitishdi.
3.Yaxshiga yaxshi nom fe‘lidan yetar,
Sha‘niga barcha el rahmatlar aytar.
4. Topganingdan yo‘qatganing ortiqcha bo‘lmasin, - dedi nabirasiga.
A) 1, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4
52. Qaysi gapdagi so'zlar tarkibida ismlarning va fe'llarning munosabat shakllari o'zaro omonimligini namoyon qilgan?
A) Chin do'st - tug'ishganing bilan teng.
B) Mevali daraxt yerga engashar.
C) Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam - dilim.
D) Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut.
53. - Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini,
Toshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini.
Beshikdagi go‘daklarga tig‘ sanchdilar,
Shunda bildim mardlaringning qilig‘ini.
Ushbu parchada nechta o’timli fe’l qatnashgan?
A)4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
54.Qaysi gapda orttirma nisbat qo’shimchasi qatnashgan?
A)Qoralik ayolning sochida, kipriklarida, qoshida va ko‘zida bo‘lishi kerak.
B)Kenglik ayolning manglayida, chehrasida bo‘lishi husnni oshiradi.
C)Oqlik ayolning ko‘zining oqi va yuzida bo‘lishi kerak.
D)Uzunlik sifatiga kelsak, ayolning qomati, sochi va
kipriklarining uzun bo‘lishi go‘zallik belgisidir.
55. Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar
namlab yoki suv purkab, yaxshi quritmay
dazmollanadi. Ushbu gapdagi sodda yasama fe’llar qanday vazifa shakllarida kelgan?
1) sifatdosh; 2) harakat nomi; 3) sof fe’l; 4) ravishdosh
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 3, 4
56. U bugun juda charchagan edi, kechki taomda ham arang o’tirdi, yostiqqa boshini qo’ydi-yu, darhol uyquga ketdi. Bir mahal endigina orom olib uxlayotganda kimdir hovli eshigini ochib ohista kirib keldi, uning bu
ovozdan so’ng uyqusi butunlay qochdi, boyagi uyqu istagi uni bir zumda tark etdi.
Sifatdosh qaysi zamonni ifodalangan?
A) kelasi B) hozirgi
C) o’tgan D) sifatdosh qatnashmagan
57. Yer uzra qo'ndi oqshom, oy shu'lasi bir mayin,
Kel, oppog'im, kel,erkam, men seni allalayin.
Dudog'ing guldan xushbo'y, yuzlaring undan xushro'y,
Kel oppog'im, bag'rimga jajji boshginangni qo'y.
Ushbu parchada necha o’rinda buyruq-istak mayli shaklidagi fe’l qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
58. Hayot go'zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun eng qadrli narsa, ya'ni umr qisqa. Shundan bo'lsa kerak, inson borki, hamma vaqt bu dunyoning go'zalliklaridan bahra olishga, u in'om etgan ne'matlardan tatishga intilib
yashaydi. Bu istak ba'zan insonni baxtli qilsa, ba'zan uning umrini zavol qiladi.
Ushbu parchada necha o’rinda yasama so’z bilan ifodalangan fe’lning otga xoslangan shakli hisoblanadi?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
59. Sizning bu hayotda orzularingiz ko’zlagan maqsadingiz qiladigan ishlaringiz ko’p lekin hech qachon unutmangki sizning eng buyuk eng muqaddas vazifangiz yurtimiz istiqlolini xalqimiz ozodligini ko’z qorachig’iday asrashdir.
Ushbu gapda necha o’rinda fe’l turkumiga oid so’z qatnashgan?
A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta
60. Qaysi gapda yasama fe’l uch xil gap bo’lagi vazifasini bajargan?
A) Yer qor va yomg’ir namlarini yig'ib, kelgusi yil hosili uchun asrab turadi, o'zida kuch to'playdi.
B) Ona tilimizning imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish uchun uning so’z boyligini bilishgina kifoya qilmaydi.
C) Bobom shirinso'zlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi.
D) Shoira xalqni og’ir sinovlar, ulug’ o’zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini bayon etadi.
61. Bola qoshida ota- onaning so'zi-yu ishi bir bo'lmasligi ularning o'z izzat va
hurmatlari ildiziga o'z qo'llari bilan urilgan o'tkir boltadir.
Ushbu gapda olmoshning necha turi ishtirok etgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
62. Agar sen go'daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot kechirganini, o'zingning esa osmon bilan yerning farqini bilmaydigan chaqaloq bo'lganingni bilishni istasang, atrofingdagi onalarga qara, ularning
qo'llaridagi chaqaloqlarga nazar sol, shunda sen o'z go'dakligingni yorqin tasavvur qilasan va o'zing bundan xulosa chiqarib olasan.
Olmoshlar soni nechta?
A) 10 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 11 ta
63. Bir kuni chol bechora qo’llari titrab osh suzilgan kosasini sindirdi, buni ko’rgan kelini nordon so’zlar aytib uning ko’nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko’chirdi.
Ushbu gapda qo’llangan olmoshlar soni nechta?
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta
64. Bundan anglagan tushuncham shu bo’lidiki, ba’zi insonlar faqat yeyish uchun yashaydilar, ba’zilar yashash uchungina yeydilar.
Parchadagi olmoshlar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
65. 1. Bu voqea xuddi kechagina bo'lgandek, ammo darrov uch yil o'tibdi.
2. Chuqur va xayolchan ko'zlarida sirli va sehrli bir holat aks etadi.
3. Yigit to'satdan gandiraklab borib tizzalab qoldi.
4. Shu payt birdan eshik sharaqlab ochildi-yu, Ertoyev kirib keldi.
Ushbu gapning nechtasi olmosh turkumiga oid so’z qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) qatnashmagan
66. Qaysi gap tarkibida olmoshga nisbatan hokim, harakat nomiga nisbatan tobe munosabatda bo'lgan so'z to'ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Garchi bu hol ularni oqlashiga tirnoqcha asos bo'lmasa ham, ko'nglimga biroz tasalli, o'z-o'zini aldash deysizmi – shularning biri edi.
B) Darveshlarning zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to'ldiradi.
C) O'z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi.
D) Bu masalalarni yechish kerak.
67. Menga yaxshi dedi yor birla o'lmak,
Na lozim g'am bilan dunyoda qolmak!
Shu so'zni aytti, tig' urdi o'zig'a,
Ko'rinmay qoldi keng olam ko'zig'a.
Ushbu parchada qo’llangan olmoshlar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
68. Yer uzra qo'ndi oqshom, oy shulasi bir mayin,
Kel, oppog'im, kel, erkam, men seni allalayin.
Dudog'ing guldan xushbo'y, yuzlaring undan xushbo'y,
Kel, oppog'im, bag'rimga jajji boshginangni qo'y.
Ushbu parchada necha o’rinda olmosh turkumiga mansub so’z ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
69. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol;
Nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol;
Nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, onai rodasi
timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo
qilsa, onaning pok qalbi timsol.
Ushbu parchada olmoshning necha turi ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
70. Vatanning bu asl farzandlari o‘z orzu-havaslari
haqida emas, xalq hayoti, uning ijtimoiy ahvoli
yaxshilanlanishi uchun qayg‘urdilar, ularga juda ko‘p
zug‘um qilsalar ham, o‘z dunyoqarashlarini
o‘zgartirmadilar, hatto bu yo‘lda o‘zlarini qurbon
qildilar.
Ushbu gapda olmosh necha ma’no turi ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
71. Ul na gumbazdir, eshig-u, tuynugidan yo‘q nishon,
Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindirib gumbazni, qizlar holidan olsam xabar,
Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon.
Ushbu parchada necha o’rinda olmosh turkumiga oid so’z qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
72. Sening tug‘ilib o‘sgan shahringdan ayrilib
yashashingga ko‘zim yetmasdi, buni hammadan ham
men juda yaxshi bilar edim.
Ushbu parchada olmoshlar soni nechta?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
73. Yo Ali halim (muloyim) kishida uch alomat bordir
Orasi buzilgan kishi bilan aloqani tiklar qo‘lidan hech
ish kelmaydigan ya’ni o‘z tirikchiligini o‘zi ko‘rishi
qiyin bo‘lgan kishiga ehson qilar unga kimki zulm
qilsa o‘shani afv etar.
Olmoshlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
74. Qiz hozirgina o‘zi tanishgan qush bilan so‘zlashmoqchi bo‘ldi:
−Turnajon, turnajon! Bu yerda nima qilib turibsan?
Kechagi turnalar ichida sen ham bormiding? Menga aytib ber-chi, qayerdan kelib qolding?
Ushbu gapda necha o’rinda olmosh turkumiga oid so’z qatnashgan?
A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta
75. Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? . . . shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bartaraf qiladigan bo‘lib qoldik. (Abdulla Qahhor)
Olmoshlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
76. “Esingizdami, oyi, ukamga alla aytardingiz. Men
Allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha
beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman”.
Necha o’rinda olmoshning ma’nosi ta’kidlangan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
77. Bu toj-u taxt...bu saltanat...insonlar
ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin
ekanki, uning niyati pokligiga kim ishonadi...
Olmoshlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta
78. Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Bu
Vatan bizning qadimiy tuprog‘imizdir. Asrlar
qa’ridan kelayotgan munavvar tonglarga ko‘krak
ochgan o‘zimizning diyorimizdir. Biz uni sevamiz,
ardoqlaymiz.
Gapdagi olmoshlar soni nechta?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
79. Bu bog‘lar Samarqanddagi boshqa bog‘lardan
o‘zining tengsiz tarovati, ulug‘vorligi hamda go‘zal
nafosati bilan ajralib turar edi.
Ushbu gapda necha o’rinda olmosh turkumiga xos so’z ishtirok etgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta
80. Noshukurlik,−debdi u, − noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish hissini yo‘qotadi.
Olmoshning necha ma’no turi mavjud?
A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
81. “. . . yosh jodkorlarga murabbiylik qildi...
Qo‘qondagi havaskor shoiralar, o‘z davrining yosh
shoirlari Amin Umariy, Nasrulla Davron, Ibrohim
Nazir va shu satrlar muallifi−kamina kabi shoirlar
Uning ko‘magidan bahramand bo‘ldi...”
Olmoshlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
82. Hammamizning onamizdir shuVatan,
Yov qoldirgan siynasida ming tikan.
Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Ushbu parchada nechta olmosh mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta
83. Barcha jabr-u sitamlardan o‘tgan, endigina
qo‘lingdan tutgan, seni avaylab-asrash maqsadida
butun vujudi bilan yashayotganlarning orzusisan.
Ushbu gapdagi olmoshlar haqidagi to’g’ri hukmlarni aniqlang.
1) belgilash olmoshlari to’ldiruvchilarga bog’langan
2) kishilik olmoshlari to’ldiruvchini shakllantirgan
3) olmoshlar ismlarga bog’langan
4) kishilik olmoshida fonetik hodisa yuz bergan
5) barcha olmoshda 1 ta sirg’aluvchi jarangli undosh ishtirok etgan
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4 D) 2, 4, 5
84. Badavlat donishmanddan so‘radilar: “Turmushingiz farovon bo‘lsa ham, nima uchun sizning xursand bo‘lib yurganingizni ko‘rgan emasmiz?” U shunday javob beribdi: “Chunki och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman”.Ushbu parchada nechta olmosh qatnashgan?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
85. Murodxonga:−Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib
yuboraylik, onalarining oldiga borishsin, bizni duo
qilishadi,−degan edim, darrov rozi bo‘lib, uylaridan
katta qaychi olib chiqdi.
Ushbu gapda nechta shaxs oti qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
86. Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik
menga. Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga.
She’riy parchada olmoshlarning necha turi qo‘llangan?
A) 3 B)4 C)5 D)2
87. Uning sevgisi, hijron dog‘lari o‘zi kabi pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab
Vafosizlik haqida kitoblarni o‘qisa yoki o‘rtoqlari
og‘zidan ayollar haqida yomon gaplarni eshitsa,
hamisha Masturani eslaydi va bor vujudi isyon
ko‘taradi, bu kabi gaplarga ishonmaydi.
Olmoshlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
88. “Yozuvchi sifatida bir narsani anglab yetganman va bu qoidaga qat’iy amal qilaman. Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini . . . tasvirlamog‘I lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobini bag‘riga bosib o‘qiydi”.
Olmoshlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
89. Biz ona yurt, azizVatan debon sog'inch va
orziqishlarda yashaymiz, mo‘tabar tuprog’imizning
har bir qarich yerini, har bir giyohini ko‘zimizga
surtamiz.
Keltirilgan parchada olmoshning necha turi ishtirok
etgan?
A) 2 ta В) 4 ta С) 5 ta D) 3 ta
90. Qaysi gapda olmoshlar miqdori ko’proq?
A) Biznikiga mehmon keldi, Hammasining qoshi qora.
(Topishmoq)
B) U buni bilmasdi, bunga qo‘l ham urmasdi.
C) Sizdan hech narsa talab qilayotganimyo‘q, aksincha, talablaringizni bajarmoqchiman.
D) Sizni bezovta qilmaslik uchun kecha kelmagan edik, biz buni sizga aytib qo‘ymaganimiz uchun kechirim
so’raymiz.
91. Qaysi maqolda zid ma’noli so’z yasovchi qshimchalar ishtirok etgan?
A) Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma.
B) Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so’z jonni ilitar.
C) Aqlsiz do’stga kular, Aqlli do’stini suyar.
D) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug’gan toparsan?
92. Qaysi gapdagi ot yasovchi qo’shimcha sifat yasovchi qo’shimcha bilan omonim bo’ladi?
A) Vafoli odamning do’stlari ham samimiy bo’ladi.
B) Hunar ado bo’lmas boylikdir.
C) Berilib kitob o’qigan kishi bir kun farog’at topadi.
D) Qaqrab yotgan qirlar bag’ri bir yil ichida mevazor bog’ga aylandi.
93. Quyidagi qaysi hukm noto’g’ri?
A) ser- qo’shimchasi be- qo’shimchasiga nisbatan zid ma’noli
B) ba-qo’shimchasi -siz qo’shimchasiga nisbatan zid ma’noli
C) bo-qo’shimchasi -siz va ba-qo’shimchalariga nisbatan zid ma’noli
D) -dor qo’shimchasi -siz va be- qo’shimchalariga nisbatan zid ma’noli
94. Narsa oti yasovchi va sifat yasovchi qo’shimchalar shakldoshligini qaysi javobda kuzatish mumkin?
A) qo’zichoq -maqtanchoq B) qishlik -yoshlik
C) chizg’ich –yulg’ich D) sachratqi -tutatqi
95. Berilgan gaplarning qaysi birida nuqtalar o’rniga
-li (I) yoki -lik (II) qo’shimchalari qo’yilishini mos ravishda belgilang.
1) Bilim olishning bosh yo’li -moyil. . . dir.
2) Yaxshi odam beg’ubor, keng fe’l. . . bo’ladi.
3) Ko’plarning baxtiga o’z. . . ni jamlab shu ulug’ binoga bir g’isht qo’ysang bas.
4) Umrdan o’tajak har lahza uchun Qudrat. . . qo’l bilan qo’yaylik haykal.
5) Ayniqsa, qiz bola uchun hayo. . . , iffat. . . , sir. . . -sehr. . . , ibo. . . va ochiqchehra. . . bo’lishdan ham ulug’roq husn yo’q.
A) I-2,4,5; II -1,3 B) I -1,2,5; II -3,4,
C) I -3,5; II -1,2,4 D) I -2,5; II -1,3,4
96. Sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar yordamida yasalgan so’zlar qatorini toping.
A) savlatli-basavlat, gunohsiz-begunoh, go’shtli-go’shtdor
B) badavlat-davlatli, aqlli-beaql, suvli-suvsiz
C) savlatli-savlatdor, bilimli-bilimsiz, yozma-chizma
D) gunohkor-begunoh, go’shtli-go’shtdor, suvli-sersuv
97. -don qo’shimchasi haqidagi to’g’ri fikrni toping.
A) narsa oti yasaydi B) ot va sifat yasaydi
C) so’z va shakl yasaydi D) sifat yasaydi
98. Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo’lsa, bu - sog’liq, o’limdan ham qo’rqinchliroq narsa bor bo’lsa, bu- kasallik, hayotga teng narsa – boylik, o’lim bilan barobar narsa – faqirlik.
Ushbu gapdagi yasama so’zlarning nechtasi sifat turkumiga mansub?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
99. -viy sifat yasovchi qo’shimchasi yordamida yasalgan so’zlarni aniqlang.
1) ashyoviy; 2) hajviy; 3) samoviy;
4) xayoliy; 5) kimyoviy; 6) mafkuraviy
A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,5,6 C) 1,3,4,5,6 D) 1,3,5,6
100. Odil podshohning asosiy vazifasi kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o’rnatishdan iborat. Ushbu gapdagi otdan yasalgan sifatlar sonini belgilang.
101. Qaysi qatorda morfologik usul bilan yasalgan sifat yo’q?
A) Inson uchun dil farog’atidan iliqroq ne’mat bormi?
B) Bu dunyoda qayg’urishga arziydigan bitta yo’qotish bor, u ham bo’lsa imondan ayrilmoqdir.
C) Botiniy malohat xuddi sharshara ostidagi gavharmijoz yillar davomida sayqallanadi.
D) Dastlabki kunlar yo’lda mashaqqat bo’lmadi.
102. Kemtik oy cho’qqilar orasidan mo’ralaydi. Ushbu gapdagi yasama so’z haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.
A) fe’ldan ot yasalgan
B) fe’ldan sifat yasalgan
C) ravishdan sifat yasalgan
D) Ushbu gapda yasama so’z mavjud emas.
103. Har doimgi xushkayf, xushchaqchaq suhbat davom etar edi.
Ushbu gapdagi yasama sifatlar miqdorini aniqlang.
A) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta
104. Men davlatimiz tomonidan maktablarga katta e’tibor berilayotganini, chiroyli, hashamatli maktablar qurilayotganini ta’kidlamoqchiman. Ushbu gapda nechta yasama so’zlar miqdori nechta, ulardan nechtasin yasama sift hisoblanadi?
A) 2 ta; 2 ta B) 3 ta; 2 ta C) 4 ta; 2 ta D) 5 ta; 2 ta
105. Samoning bulutlar siyrak, zangorsimon sahnida ham to’lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. Ushbu gapda sifatga oid nechta so’z bor?
A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta
106. Qaysi gapda sifat hol vazifasini bajarmagan?
A) Oftob balandroq ko’tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog’larda ham havo ochilib ketdi.
B) Oyko’l qishlog’ida na ko’l bor, na kattaroq ariq.
C) Kuy ta’sirida tog’lar avvalgidan azizroq va ulug’vorroq ko’rinib ketdi.
D) Oqlangan maktab binosi oydinda ko’kishroq ko’rinadi.
107. O’z onamni elas-elas xotirlayman. Ko’zlari tim qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. Ushbu gapda nechta takroriy sifat qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
108. Agar sifat fe’lga bog’lansa, gapda qanday sintaktik vazifani bajaradi?
A) ravish holi B) aniqlovchi C) o’rin holi D) payt holi
109. Qaysi gapda orttirma darajadagi yasama sifat qo’llangan?
A) Hamma yoq top-toza.
B) Insonning hayot yo’li g’oyat murakkab.
C) Hozir ular uchun eng bexatar yo’l Toshkent edi.
D) Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
110. Quyidagi qaysi so’zlarga qo’shilganda -li sifat yasovchisi -dor, -kor, ba-qo’shimchalarining birortasi bilan sinonimlik munosabatda bo’la olmaydi?
A) go’sht, gunoh B) maza, savlat
C) yurak, kuch D) itoat, ayb
111. Sifat yasovchi -li qo’shimchasi quyidagi qaysi so’zga qo’shilganda -kor sifat yasovchi qo’shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo’la oladi?
A) yurak B) kuch C) itoat D) maza
112. Qaysi so’zda -siz, be-, no-sifat yasovchi qo’shimchalarining uchalasini ham sinonimik munosabatda qo’llab bo’ladi?
A) aql B) mard C) umid D) ma’lum
113. Asliy sifatlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) mazali, uzviy, devoriy B) go’zal, aqlli, yuzaki
C) kuzgi, chillaki, ro’molli D) erksevar, odobli, tonggi
114. Nisbiy sifatlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) mazali, sermeva, chiroyli B) go’zal, paxtali, yuzaki
C) kuzgi, chillaki, ro’molli D) erksevar, toza, tonggi
115. Qaysi gapdagi sifat to’ldiruvchi va aniqlovchining belgisini bildirib kelgan?
A) Shoshilinch, yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik -nodonlar ishi.
B) Goho-goho keladigan uzuq-yuluq xabarlardan boshqa aloqa yo’q.
C) Baland-past devorlar orasidagi mevalarning oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan.
D) Mahallaning oq-qora bolalari shoxdan shoxga tirmashadi.
116. Qaysi gapda orttirma darajadagi yasama sifat ishtirok etgan?
A) G’iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi.
B) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq edi.
C) Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. D) Mehmon degan unaqa sergap bo’lmaydi.
117. Aqlliga aytdim, angladi -bildi,
Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.
Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so’zlar qaysi turkum(lar)ga tegishli? 1) ot; 2) sifat; 3) fe’l
A) 1, 2, 3 B) 2 C) 3 D) 2, 3
118. Quyida berilgan gapda nechta yasama sifat bor? Tutunlar ko’kimtir, mayin, mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta
119. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o’xshaydi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida berilgan barcha to’g’ri hukmlarni toping.
1) yasama sifatlar qatnashgan;
2) qo’shma va sodda sifatlar qatnashgan;
3) aniqlovchi va hol vazifalarida kelgan;
4) sifatlar nomustaqil hol vazifasini ham bajargan;
5) xususuyat bilduruvchi sifatlar ham ishtirok etgan
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5
120. Qaysi qatorda sifat belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalagan?
A) Uzun-uzun arg’amchi yerda yotsa, maylimi?
B) Lola qizil, sariq, oq ranglarda tovlanib ochildi.
C) Behi atirguldoshlar oilasiga mansub, bo’yi ikki metrga boradigan sershox daraxt.
D) Boburnoma asari haligacha sharqdagi voqeot janrining beqiyos namunasi bo’lib kelmoqda.
121. Qaysi gapda hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhga kiruvchi undoshlardan tashkil topgan yasama sifat berilgan?
A) Bu xushovoz xonandaning yoqimli qo’shiqlari barchaga manzur.
B) Oliyjanob insonlar har yerda ardoqlidirlar.
C) Sizday sofdil, mehribon insonni uchratganimdan xursandman.
D) Eng yorqin va samimiy tuyg’ular hamrohingiz bo’lsin!
122. Qaysi qatorda asosi faqat yopiq bo’g’indan iborat yasama sifatlar berilgan? 1) beayb; 2) noa-niq; 3) qadrdon; 4) to’lin; 5) a-chchiq; 6) toshloq
A) 1,3,4 B) 2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 2,3,5,6
123. Qaysi gapdagi sifat paytga xos belgini ifodalovchi qo’shimcha bilan yasalgan?
A) Shahzodaning dilini ma’yus, har kungi mudhish tuyg’ularga o’xshamagan, allaqanday pokiza hislar chulg’ab oldi.
B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi.
C) Bog’dagi sayroqi qushlar orasida bulbulning yoqimli ovoziga yetadigani yo’q.
D) Tashqi ishlar vazirligi ushbu holatni batafsil o’rganib, to’liq bayonot beradi.
124. Qaysi gapda uchta yasama sifat ishtirok etgan?
A) Atrofdagi hovlilardan ko’tarilgan tutunlar ko’kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi.
B) Shahzodaning dilini ma’yus, har kungi mudhish tuyg’ularga o’xshamagan, allaqanday pokiza hislar chulg’ab oldi.
C) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi.
D) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda osgan archalar yo’g’on va bo’ydor bo’ladi.
125. Bu bog’lar ichida qizg’ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar, ko’shklar, kichik-kichik saroylar ko’zga tashlanadi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri?
A) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi.
B) gapda beshta sifat qatnashgan
C) gapda sifatlarning tuzilishiga ko’ra uchta turi ishtirok etgan
D) gapda bitta qo’shma sifat, bitta takror sifat mavjud
126. 1. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar.
2. Yaqin fursatlarda diydor ko’rishmoqni orzu qilarmish. 3. Shaharga yaqin joylashgan qishloqda yashaymiz. Berilgan gaplarning qaysilarida yaqin ravishi bir xil ma’noni anglatgan?
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 2, 3
127. Tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat qaysi gapda mavjud?
A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan.
B) U juda shirinsuxan odam ekan.
C) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi.
D) Orzu mullatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi.
128. Asosida faqat jarangsiz undosh qatnashgan, yetakchi morfemasi ham, ko’makchi morfemasi ham omonim xarakterda bo’lgan sifatni toping.
A) ochiq B) tuzsiz C) yozgi D) yasama
129. Uyushib kelgan yasama sifatlar faqat sanash ohangi bilan bog’langan gapni toping.
A) Xayolchan ko’zlarda sirli va sehrli bir holat aks etardi. B) Dunyoda do’stlikdan afzalroq, yoqimliroq narsa yo’q.
C) Hindubek turkiy, forsiy tillarni mukammal o’rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi bo’lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi.
D) Hovlimizda ko’cha eshikdan kiraverishda kichkina g’ishtin uycha bor.
130. Qaysi gapdagi yasama sifat asosida faqat portlovchi tovushlar ishtirok etgan?
A) Insonning aqli mushtidan ko’ra qudratliroq.
B) Nomus jondan ham qimmatliroq.
C) Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo’q.
D) Andishali muloqot-ulug’lik belgisi.
131. Yasama sifatdan yasalgan ot qaysi qatordagi gapda qo’llangan?
A) Sergaplik dushmaningizdir, chunki u sening aybingni ochib tashlaydi.
B) Yoqimli do’st suhbati olis yo’lni yaqin qiladi.
C) Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo’q.
D) Andishali odam iffatli bo’ladi.
132. Qaysi gapda asosi yasama sifat bo’lgan ot aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) Andishasizlikning hosili -xijolat.
B) Sergaplik dushmaningizdir, chunki u sening aybingni ochib tashlaydi.
C) Senga beradigan maslahatim shuki, umidsizlikka tushma.
D) Vafoli odamning do’stlari ham samimiy bo’ladi.
133. Qaysi gapda takror sifat vositasiz to’ldiruvchiga bog’langan?
A) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay boshladi.
B) Yangi-yangi orzular bilan tepar yuragim.
C) Yangi-yangi ariqlar kavlab, qo’riqlar ochamiz.
D) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko’tarila boshlashdi.
134. Kerakli toshning og’irligi yo’q.
Gapdagi yasama otning asosi qaysi so’z turkumiga taalluqli? A) ravish B) sifat C) modal so’z D) ot
135. Qaysi gapda sifat hol vazifasida kelgan?
A) Chakalakzor qorong’ilikda vahimali va sirli ko’rinardi.
B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi.
C) Hujra kichkina, lekin iliqqina edi.
D) Ko’kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turibdi.
136. Hamma nopok, hamma egri, faqat siz to’g’ri. Gapdagi sifatlar haqidagi noto’g’ri hukmni belgilang.
A) sifatlar tarkibidagi yopiq bo’g’inlar jarangli undoshlar bilan tugagan
B) barcha sifatlar kesim vazifasini bajargan
C) bitta sifat yasama
D) antonim sifatlar mavjud
137. Qaysi gap tarkibida belgiga ega emaslikni bildiruvchi qo’shimcha bilan antonimlik hosil qilmaydigan sifat yasovchi berilgan?
A) Avaz dahlizdan rangdor, vassali, sertokcha uyga kirdi.
B) Inson tabiatning eng ongli farzandi.
C) Bu o’lkada iqlim o’rtacha, suv mo’l, yer unumli, quyosh nuri yetarli.
D) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi
138. Sifatlarning yozilishi haqida berilgan noto’g’ri hukmni toping.
A) Juft sifatlar -u (-yu) vositasida bog’lansa, qismlar ajratib yoziladi.
B) Juft sifatlar -u (-yu) vositasida bog’lansa, qismlar o’rtasiga chiziqcha qo’yiladi.
C) Qo’shma sifatlar asosan qo’shib yoziladi.
D) Juft va takroriy sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.
139. O’z onamni elas-elas xotirlayman. Ko’zlari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. Ushbu gapda nechta sifat bor va ular qanday tuzilishga ega?
A) 3 ta: takroriy va juft B) 2 ta: takroriy
C) 1 ta: takroriy D) 3 ta: takroriy va sodda
140. Qo’llari ketmon, o’roq, ayri ushlayverganidan g’adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. Ushbu gapda sifatlar qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A) kesim, aniqlovchi B) ega, kesim
C) aniqlovchi D) aniqlovchi, hol
141. Bobur tadbirli va jasur lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va o’qimishli inson, ajoyib shoir, ilmning turli sohalaridan xabardor bo’lgan yetuk shaxs edi. Ushbu gapda nechta yasama sifat bor? A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
142. Qaysi gapda sifatning bir ma’noviy guruhiga kiruvchi so’z boshqa bir ma’noviy guruh o’rnida qo’llangan?
A) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshar, buning ham to’rtdan birini ayvon egallagan edi.
B) Maxsum kichkinagina, ozg’in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo’lmaydigan bir odam edi. C) Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin Bolalarim yurar oyoq uchida.
D) Oftob o’chyapti. Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
143. Quyidagi so’zlarning qaysi biri yordamida sifatning orttirma darajasi hosil qilinadi?
1) juda; 2) picha; 3) nihoyatda; 4) behad; 5) xiyol
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 3 4, 5
144. -roq qo’shimchasi berilgan so’zlarning qaysi biri bilan sinonim bo’lishi mumkin?
1) sal; 2) liq; 3) biroz; 4) tim; 5) och; 6) behad
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 3, 4, 5
145. -li qo’shimchasi yordamida yasalgan sifatlar o’zakdan anglashilgan tushunchaga nisbatan qanday ma’noni anglatishi qaysi qatorda to’g’ri va to’liq berilgan?
A) o’zak ifodalagan narsaning mavjudligini bildiradi
B) o’zak ifodalagan narsaning yo’qligini bildiradi
C) o’zak ifodalagan narsaning mavjudligi va me’yordan ortiqligini bildiradi
D) o’zak ifodalagan narsaning me’yordan kamligini bildiradi
146. Quyida berilgan so’zlarning qaysilarida -li, -kor qo’shimchalarini sinonim sifatida qo’llash mumkin?
1) go’sht; 2) gunoh; 3) yurak; 4) kuch; 5) jafo
A) 1, 3 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 2, 4
147. Quyida berilgan so’zlarning qaysilarida -li va -dor qo’shimchalarini sinonimik munosabatda qo’llash mumkin? 1) gul; 2) yurak; 3) umid; 4) kuch; 5) aql; 6) go’sht
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 5 D) 1, 6
148. Qaysi javobdagi birikmada -li qo’shimchasi o’zak ifodalagan narsaning me’yoridan ortiqligini bildirgan?
A) suvli olma D) bolali ayol B) do’ppili yigit C) tuzli suv
149. Sifat yasovchi qo’shimchalardan qaysilari lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik qiladi?
1) -gi; 2) -siz; 3) -ma; 4) -in
A) 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 1, 4
150. Sifat yasovchi qo’shimchalardan qaysilari sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qilishi mumkin? 1) -siz; 2) -ma; 3) –in
A) 1, 2 B) 2 C) 2, 3 D) 1
151. -i qo’shimchasi quyidagi qaysi so’zga qo’shilsa, sifat yasovchi bo’lishi mumkin?
A) do’st B) boy C) jannat D) tinch
152. Quyidagi gaplarning qaysi birida yasama sifat to’ldiruvchiga bog’lanib kelgan?
A) Dorilomon kunlarga qayt, onam, yumib ko’z, O’ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
B) Qandoq bardosh berib yashayman keyin, Baxtsiz kimsalarning nigohlariga.
C) Sening nigohlaringda ajdodlaringning, Keskin nigohlari jamuljam bo’lsin.
D) Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog’i lozim.
153. So’lg’in-so’lg’in lablaringdan ucharkan shu so’z Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad. Ushbu gapdagi takroriy sifatning yasashga asos qismi qaysi so’z turkumiga mansub? A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish
154. Bu yuksak insoniylik barqaror ekan, bizni hech qanday dushman yengolmaydi. Ajratib ko’rsatilgan so’z qaysi so’z turkumi asosida yasalgan?
A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish
155. Qaysi gapda yasama takroriy sifat mavjud?
A) Yo’lovchi issiq-issiq choy ichdi.
B) Yangi-yangi orzular, Bilan tepar yuragim.
C) Yonboshim sekin-sekin qizib bormoqda edi. (G’.G’ulom)
D) Shirmonning qulog’iga uzuq-yuluq so’zlar chalindi-yu, hech narsa uqolmadi. (S.Zunnunova)
156. Qismlaridan biri yasama so’z bo’lgan qo’shma sifatlarni aniqlang.
1) sovuqqon; 2) ko’ngilochar;
3) betgachopar; 4) tinchliksevar
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 4
157. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg’on yomon. Ushbu gapda yasama sifat qaysi gap bo’lagiga bog’langan?
A) kesimga B) egaga C) holga D) to’ldiruvchiga
158. Quyidagi so’zlarning qaysilarida sifat yasovchi qo’shimcha jarangli undoshdan so’ng qo’shilgan?
1) iliq; 2) siniq; 3) egik; 4) tiniq;
5) ochiq; 6) yoyiq; 7) yopiq; 8) teshik
A) 1,2,3,4,6 B) 2,3,4,5,8 C) 2,3,4,6 D) 2,3,5,6,7
159. Otlashgan sifat berilgan gapni toping.
A) Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil. B) Ko’pi ketib, ozi qoldi.
C) Maqtanganning uyiga bor, kerilganning to’yiga.
D) Ahmoqlarning yuragi og’zida, donolarning tili yuragidadir.
160. Qaysi javobda yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar to‘g‘ri ko'rsatilgan?
1) mustaqil so'zlarni va gaplarni tobe munosabatda bog’lash; 2) mustaqil so‘zlar va gaplarni teng munosabatda bog‘lash; 3) mustaqil so'zlarga qo'shimcha ma’no yuklash; 4) so‘zlarga yangi ma’no berish; 5) gaplarga qo‘shimcha ma’no yuklash.
A) 1, 2, 3, 5 В) 1, 3, 4, 5С) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
161. Quyidagi parchada nechta yordamchi so’z turkumiga oid birlik qatnashgan?
Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zoda,
Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada
Iste'dodim so'nganidan qilar karomat.
A)4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta
162. Qaysi so’z birikmasi tarkibida ravish o’rnida kelgan sifat mavjud?
A) ko’p odam B) yaxshi kiyingan
C) tez kelmoq D) tiniq daryo
163. Otlashgan sifat qaysi gapda keltirilgan?
A) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p.
B) Bilimli biladi bilim hurmatin.
C) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi. D) Yomon odamni yomon, yaxshi odamni yaxshi bil.
164. Qaysi qatorda yasama sifat berilgan?
A) teshik, tuzoq, o’roq B) qo’rqoq, yumuq, siniq
C) kichik, chiniq, yutuq D) kurak, egik, taroq
165. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat berilgan?
A) Qiziqarli kitob o’qidim.
B) Yaxshilar ko’p gapirmaydilar.
C) Tushki ovqatni yedik.
D) Bola shirin uyquda edi.
166. Bahorgi harakat- kuzgi barakat.
Gap tarkibidagi yasama so’zlar qaysi so’z turkumiga xos? A) ot B) ravish C) sifat D) fe’l
167. Tub sifatlar qatorini toping.
A) tinch, o’tinch, dardsiz, poraxo’r
B) tiniq, yurak, shifobaxsh, uvvos
C) uzoq, qadrdon, balandroq, osma
D) baland, bedor, yangi, qizil
168. Qaysi qatorda sifat+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan?
A) ochko’z, sho’rtumshuq, balandparvoz
B) toshbag’ir, sofdil, uzunquloq
C) erksevar, sheryurak, devqomat
D) bodomqovoq, qirqoyoq, kunbotar
169. Qaysi qatorda ravish+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan?
A) kamxarj, yoqavayron, kamquvvat
B) kamhosil, hozirjavob, kamxarj
C) kamquvvat, tezotar, devqomat
D) uzunquloq, tezlik, qirqoyoq
170. Ot so’z turkumidan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A) hiylagar, vafodor
B) tashlandiq, bilag’on
C) oqsoq, yoshlarbop
D) hazilomuz, achimsiq
171. Amr qildimki, vazirlar ushbu to’rt sifatga ega bo’lgan kishilardan bo’lishi lozim: birinchisi- asillik, toza nasllilik; ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi - sipoh-u el ahvolidan xabardorlik, to’rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Ushbu gapda sifat yasovchi qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan?
A) 6 B) 3 C) 4 D) 5
172. Yaxshi so’zlash degani o’zining gaplarini maqol-u matallar, she’riy parchalar bilan bezab gapirish degani emas, balki ko’ngliga kelgan gaplarni o’rinli va foydali tarzda, yumshoqlik hamda bosiqlik bilan so’zlash deganidir. Ushbu gapda so’zlarda ishtirok etgan sifat yasovchi qo’shimchalarni belilang.
A) -li, -iy, -lik, -q
B) -li, -lik, -q
C) -li, -iq, -lik
D)-li, -iy, -q, -iq
173. Chopib kirar sovuq shaharga
Yalangoyoq yashil daraxtlar. (Sh.Rahmon)
Parchadagi yasama sifatlarni ko’rsating.
A) sovuq, yalangoyoq, yashil B) yalangoyoq, yashil
C) sovuq, yalangoyoq D) sovuq, yashil
174. -li sifat yasovchi qo’shimchasi quyidagi qaysi so’zlarga qo’shilganda -kor sifat yasovchi qo’shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo’la olmaydi?
1) itoat; 2) gunoh; 3) paxta; 4) yurak; 5) kuch; 6) maza
A) 1,2,3 B) 3,4,5,6 C) 2,4,5,6 D) 1,4,5,6
175. -li va -kor sifat yasovchi qo’shimchalari quyidagi qaysi so’zlarga qo’shilganda sinonimik munosabatda bo’la oladi?
1) itoat; 2) gunoh; 3) paxta; 4) yurak; 5) kuch; 6) maza
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 6
176. Auditoriyaga kelishgan qomatli, xushbichim, o’ziga yarashgan kostum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida tilla gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, moshrang do’ppili kishi viqor bilan kirib keldi. Ushbu gapda sifat turkumiga oid nechta so’z qatnashgan?
A) 9 ta B) 10 ta C) 11 ta D) 8 ta
177. Auditoriyaga kelishgan qomatli, xushbichim, o’ziga yarashgan kostum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida tilla gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, moshrang do’ppili kishi viqor bilan kirib keldi.
Ushbu gapda sifat turkumiga oid nechta yasama so’z mavjud?
A)9 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
178. O’zga qishloqda tug’ilgan donodan boshqa qishloqdagi odamlar ham naf oladi.
Ushbu gapda qo’llangan yordamchi so’zlar sonini aniqlang.
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) ishtirok etmagan
179. Bola qoshida ota- onaning so'zi-yu ishi bir bo'lmasligi ularning o'z izzat va hurmatlari ildiziga o'z qo'llari bilan urilgan o'tkir boltadir.
Ushbu gapda qo’llangan yordamchi so’zlar turkumiga xos birliklar soni nechta?
A)2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
180. Agar sen go'daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot kechirganini, o'zingning osmon bilan yerning farqini bilmaydigan bir chaqaloq bo'lganingni bilishni istasang, atrofingdagi onalarda qara, ularning qo'llaridagi chaqaloqlarga nazar sol, shunda sen o'z go'dakligingni yorqin tasavvur qilasan va o'zing bundan xulosa chiqarib olasan.
Yordamchi so’z turkumiga oid birliklar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
181. Martaba berganda fe'l ham bersa keng,
Adl-u muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo'lsin,
lekin Kichik kattalardan asrasin xudo.
Yordamchi turkumiga xos birliklar sonini aniqlang.
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
182. 1. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetsagina, olam tinch, dunyo farovon bo'ladi. 2. Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo'ydi va menda go'zallikni sevish, xushfe'l, xushtabiatli bo'lish, ozoda yurish kabi xislatlar uyg'ondi. 3. Havo ochiq, quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta'siri yo'q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi.
Gaplarning nechtasida faqat sof yordamchi so’z turkumiga xos birliklar qatnashgan?
A)1 tasida B) 2 tasida
C) 3 tasida D) qatnashmagan
183. Ushbu gaplarning qaysi birida teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklarni bog’lagan?
A) Dasturxon ustida dam o’zbek kuylari yangraydi, dam hind qo’shiqlari ijro etiladi.
B) Bo’taboy tin olmay, goh bosh chayqab, goh qoshini kerib, goh “Ana! O’h, o’h-o’h!” deb quloq soladi
C) Yerga tushgan chiroq bir-ikki lopilladi-yu, avval ko’k, keyin qizg’ish alanga ko’tarildi.
D) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi.
184. Qaysi javobdagi gapda vazifadosh yordamchi so’z turkumiga xos birliklar ishtirok etgan?
A) Sa’diy Sheroziy xalq donishmandligining nodir namunalariga o’z iste’dodi bilan sayqal berib, “Guliston” va “Bo’ston”ni yaratdi.
B) Hammasi joyida, do'stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman.
C) Xalqimiz o'tmishda ko'plab hokimliklar, xonlik va amirliklar tuzgan, shuning uchun uning ko'plab poytaxtlari bo’lishi tabiiydir.
D) Quyosh bosh ko’tarib chiqadi-yu, uxlab yotgan dov-daraxtlar, giyohlar, borliqni uyg'otib yuboradi.
185. Vazifadosh bog'lovchi yordamida bog'langan bo'laklar to'ldiruvchiga tobelangan gapni toping.
A) Beparvolik kishilar uchun na ma'naviy, na moddiy javobgarlik his qilishmagan joyda vujudga keladi.
B) Havo ochildi, lekin quyoshning harorati-yu issig'ini sezmayapmiz.
C) Haqiqatni hasad va manmanlikka qurbon etuvchilar uchun oldinda shu'la yo'q, chunki porloq kelajak ularga harorat baxsh etmaydi.
D) Ish vaqtida ayyor, lekin osh vaqtida tayyor bo'lib, sirtingda yaltirab, iching qaltirab turib, tirikman degandan ko'ra o'lim afzal.
186. “Yozuvchi sifatida bir narsani anglab yetganman va bu qoidaga qat’iy amal qilaman. Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini . . . tasvirlamog‘i lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobini bag‘riga bosib o‘qiydi”.
Ushbu parchada yordamchi turkumiga xos birliklar soni nechta?
A)4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta
187. Bu yil bahorni juda-juda sog‘indik. Ayniqsa, yanvarning izg‘irinli, ayozli kunlarida ko‘klamning qadri juda bilindi. Mana, bobo quyosh charaqlab, kunlar iliy boshladi. Ona zamin qish uyqusidan uyg‘ondi. Odamlarning bahri-dili ochilib, kayfiyatlari ko‘tarilib, bahorgi tashvishlarga sho‘ng‘ib ketishdi. Hammaning niyati yaxshi, ularni qulay imkoniyatdan foydalanish istagi chulg‘ab olgan. Dehqonlar yerdagi namlikdan, tog‘dagi qor zaxirasidan xursand−bu yil hosil mo‘l bo‘lishidan umidvor.
Ushbu parchada qo’llangan sifat turkumiga xos so’zlar soni nechta?
A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 5 ta
188. Hamdardlik bir odamning qayg‘u-hasratlariga achinib, o‘zida ham qayg‘u hosil qilishidir, lekin quruq va yuzaki hamdardlikning foydasi yo‘q.
Ushbu gapda necha o’rinda yordamchilar guruhiga mansub birliklar qatnashgan?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
189. To’tini o’z ismini aytishga o’rgatishadi. Ismni ko’p qaytarishadi. Keyin bir kuni, ehtimol, bexostanmi yoki o’z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilayotgan so’zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi.
Ushbu gapda qo’llangan yordamchi so’z turkumiga xos birliklar soni nechta?
A)5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta
190. Qaysi gapda yordamchi so'z turkumlarining barchasiga oid birliklar ishtirok etmagan?
A)Sen ham men kabi rohatda yashasang bo'lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo'q.
B)Bu she’r menga bag'ishlangani uchungina emas, balki unda ulug' shoirning buloq suvlari kabi musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman.
C)Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo'g'ul va boshqa tillardagi so'zlardan ham mahorat bilan foydalangan.
D)Cho'lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o'z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.
191. Bundan anglagan tushuncham shu bo’lidiki, ba’zi insonlar faqat yeyish uchun yashaydilar, ba’zilar yashash uchungina yeydilar.
Ushbu gapda qo’llangan yordamchi so’z turkumiga xos birliklar soni nechta?
A)4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta
192. 1. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetsagina, olam tinch, dunyo farovon bo'ladi. 2. Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo'ydi va menda go'zallikni sevish, xushfe'l, xushtabiatli bo'lish, ozoda yurish kabi xislatlar uyg'ondi. 3. Havo ochiq, quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta'siri yo'q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi.
Qaysi gapda ko’makchi va bog’lovchiga misol berilgan?
A)1 B) 2 C) 3 D) 2, 3
193. Quyida berilgan qaysi gapda yordamchi so'z turkumlarining har bir turiga oid birliklar qatnashgan?
A) U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o'ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi.
B) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan, sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan.
C) Bu maqsad sari qo'yilgan birinchi qadamgina emas, balki kelajakka ishonch belgisidir.
D) Siz ham bu ishga qadam qo'yishdan ilgari bir karra o'ylab ko'rsangiz bo'larmidi?
194. U bugun juda charchagan edi, kechki taomda ham arang o’tirdi, yostiqqa boshini qo’ydi-yu, darhol uyquga ketdi. Bir mahal endigina orom olib uxlayotganda kimdir hovli eshigini ochib ohista kirib keldi, uning bu ovozdan so’ng uyqusi butunlay qochdi, boyagi uyqu istagi uni bir zumda tark etdi.
Yordamchi so’z turkumiga oid birliklar sonini aniqlang.
A)1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
195. Muallim va ustoz shuurimizni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli xislatlar bilan chiroy va oro kasb etadi, tushuntirish bilan odamni
foydasiz narsalardan xalos etadi, insonni chin ma'noda komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalbiga joylaydi.
Ushbu gapda qo’llangan bog’lovchilar soni nechta?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta
196. Faqat bitta tuyg'u uxlamas biroq,
Uning to'shagida mix bor toabad.
Uni qiynab yotar omonsiz so'roq,
Faqat uxlamaydi birgina hasad.
Ushbu gapda qo’llangan yordamchi so’z turkumiga xos birliklar soni nechta?
A)2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
197. Ko'makchi, bog'lovchi, yuklamaga oid birliklar qatnashgan gapni belgilang.
A) Yozuvchining vazifasi faqat yaxshi asarlar yozish, xalq dilining tarjimoni bo'lish bilan cheklanmaydi.
B) Yuragini ezib turgan bu ezgin o'y-u fikrlar bilan chalg'ib, kech tushganini ham sezmay qolibdi.
C) Boshqalar qatori o'zbek adabiyotida millatning o'ziga xos olami chuqur hamda ishonarli tasvirlangan asarlar bor.
D) Yaxshilarni mahv etgan tuhmat va ig'vodan oldin yomonlarning chirkin qalbida hasad o'ti yongan.
198. Yuklama qatnashgan gapni aniqlang.
A) Hunarsiz kishilarda hech qachon xosiyat bo'lmaydi.
B) Na qo'shiq, na kulgu, na churq etgan ovoz eshitilardi.
C) Bo'rondan so'ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi balki ko'paydi.
D) Bu harakatlarining natijasiga faqat o'zi ishondi.
199. Yordamchi so’z turkumlarining faqat bir turiga, oid birliklar uch o’rinda qo'llangan gapni toping.
A) Ko’z oldimda sobit turar faqat shu Vatan, Kulbasi ham kenglik qadar chulg'aydi meni.
B) Faqat o'tmish bilan yashamas inson, Garchand bo’lolmaydi undan hech ozod.
C) Dildan o’chiraylik g'amning otini, Bahor ham baxt kabi axir yagona.
D) Mana shu o'yin-kulgular, qo'shiq va kuylar yosh-u qarining diliga orom hamda quvonch bag'ishlagan lola sayli yaqinda bo'lgan edi.
200. Yasama so’z vazifadosh ko’makchi bo’lib kelgan gapni aniqlang.
A) Bobur xastaligi ustiga ko’p ishlab o’zini toliqtirib qo’ygandi.
B) Bubur Agradan Kobulga yuborgan bu maktub Mohimga atab yozilgani sezilib turardi.
C) Bobur tufayli mana shu qorong’ulikni boyniga olib kelmoqda edi.
D) Bobur o’z hayoti haqida bu qadar ochiqchasiga yozgani Xondamirni hayron qoldirdi.
Download 310.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling