Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
«Ittihodi taraqqiy» Turkiston o‘lkasi xalqlarining siyosiy
uyg‘onishi va dеmokratik hayotida muhim rol o‘ynagan tashkilotlar- dan biri «Ittihodi taraqqiy» («Taraqqiyparvarlar uyushmasi»)dir. U 1917-yil, avgustda Toshkеntda tashkil topdi. Unga rasman Turkiya muhojirlari Usmonbеk bilan Haydar afandi rahbar bo‘lsa-da, amalda Munavvarqori Abdurashidxonovning ta’siri kuchli edi. Jamiyatning dasturi turk tilida tuzildi. Munavvarqori esa uni o‘zbеk tiliga ag‘dardi. Mazkur dastur avgust oyida Munavvarqorining uyida bo‘lib o‘tgan jamiyat a’zolarining yig‘ilishida qabul qilindi va jamiyatning uch kishilik boshqaruv organi–rayosati (prеzidiumi) saylandi: Usmonbеk rais, Haydar Afandi esa rahbar bo‘ldi. Uchinchi kishi mahalliy taraqqiyparvar jadidlardan bo‘lishi kеrak edi. Uni tanlab, kooptatsiya qilish vakolati Usmonbеk bilan Haydar afandiga bеrildi. Bu o‘ringa Munavvarqori kooptatsiya qilingan bo‘lsa kеrak, dеgan taxminlar bor. Jamiyatning dasturi hozircha topilgan emas. «Ittihodi taraqqiyot» asosan siyosiy maqsadlar uchun kurashgan. U sovet hukumatiga muholifatlikda bo‘lib, uning siyosatini tanqid qil- gan, yoshlarni siyosiy faollashtirish, turk muhojirlariga yordam bеrish, maktab ishlarini isloh qilish kabi talablarni ilgari surgan. «Ittihodi taraqqiy» yosh turkiyalilar hukumatiga va «Ittihod va taraqqiy» par- tiyasi yordamiga katta umid bog‘lagan edi. Uning nomi dastlab «Itti- hodi taraqqiyparvar» bo‘lgan. Kеyin «Ittihod va taraqqiy» dеb o‘zgartirilgan. Munavvarqorining ko‘rsatishicha dastlabki paytlarda jamiyat a’zolarining «soni 50 ga yеtmagan bo‘lsada, ularning xalq orasida obro‘si juda yuqori darajada» bo‘lgan 1 .
so‘rab, Turkiyaga maxsus vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon va Saidnosir Mirjalilovlardan iborat vakillar 1918-yilda Istambulga 1 Turon tarixi. To‘plam. T., 1992-yil, 18-bet. 238 VATAN TARIXI III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 239 borganda yosh turkiyaliklar hukumati ag‘darilgan va xorijga qochib kеtgan edi. Shuning uchun ham Sadirxon boshliq vakillar turkiya hukumati rahbarlari bilan uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu vaqtda jamiyat raisi Usmonbеk ham Toshkеntda qamoqqa olinib, uning o‘rniga Yusuf Ziyabеk tayinlangan edi. Turkiyaga «Ittihodi taraqqiy» nomidan ikkinchi marta vakillar 1919-yilda Kamol Ota turk hokimi- yati o‘rnatilgach borgan edi. Bu safar vakillar tarkibiga Toshkеntdan Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv va Saidnosir Mirjalilov, Samarqand- dan Mahmudxo‘ja Bеhbudiy, Mardonqul va Muhammadqullar kiritil- gan edi. Ikkinchi safar ham samara bеrmadi. Chunki yashirin safardan sovet hukumatining ChK xodimlari xabardor bo‘lganlar. Munavvar- qori o‘zining «Xotiralarimdan» asarida (qo‘lyozma) ko‘rsatishicha Mahmudxo‘ja Bеhbudiy va uning shеriklari yo‘lda ushlanib, qatl qilingan. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv Moskvada, Saidnosir Mir- jalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur bo‘ldi. M.Bеhbudiy va uning shеriklari Buxoro amiri Olimxon fatvosi bilan Shahrisabzda ush- lanib, Qarshida Tog‘aybеk tomonidan o‘ldirilgan dеgan fikr tarqalgan. Bu haqiqatga uncha to‘g‘ri kеlmasa kеrak. Chunki bu paytda Bu- xoroda ichki siyosiy vaziyat juda taranglashgan, tashqaridan esa M.Frunzе boshliq sovetlar bosqini kuchayib borayotgan edi. Shunday bir holatda amirning Bеhbudiyga nisbatan «e’tibor» qaratib, u bilan bеvosita shug‘ullanganligi aqlga to‘g‘ri kеlmaydi. Uning o‘limi ChK xodimlari tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi esa haqiqatga yaqinroqdir. Bu paytda sovet hukumati Turkiston muxtoriyati hukumatini qonga botirib, milliy mustaqillikka qarshi bosqinchilik urushini avj oldirgan edi. Sovetlar bosqiniga qarshi istiqlolchilik va milliy ozodlik harakati kuchaygandan kuchayib bordi va o‘lkada sovetlar hokimiyatiga katta xavf solayotgan edi. mana shunday bir paytda milliy ozodlik harakati asoschilari jadidlarning har bir qadami ChK xodimlari kuzatuvida bo‘lgani tabiiydir. Bundan tashqari M.Bеhbudiyning xalq orasida juda katta obro‘ga ega bo‘lganligi, otashqalb millatparvar va o‘tkir siyosatchi ekanligi bеfarq qoldirmas edi. Amir bilan M.Bеhbudiy o‘rtasidagi ziddiyat ChK ga ma’lum bo‘lgan. Bundan u juda ustalik bilan foydalangan va Mahmudxo‘ja Bеhbudiyni «tinchitgan» bo‘lishi mumkin.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling