Vatan mahalladan boshlanadi


«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar» bo‘limi  boshlig‘i Maxfirat Qurbonova


Download 25.51 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi25.51 Kb.
#211786
1   2   3
Bog'liq
MAHALLA — VATAN

«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar» bo‘limi  boshlig‘i Maxfirat Qurbonova

*******

Reja:
1. Mahalla kichik bir Vatan.
2. Keksasi bor xonadon fayzli xonadon.
3. Hurmatga sazovor bobojon va buvijonlarimiz.
Jamiyatda mahallaning o’rni katta.  U jamiyatning bir bo’lagi. Go’dakning bolaligidan boshlab tarbiyalovchi, uni ezgu yo’lga boshlovchi, kelajagi haqida qayg’uruvchi maskan bu albatta Vatandir. Uni ko’z qorachig’imizdak asrashimiz lozim. O’z mahallamizni toza, ozoda, fayzli va eng asosiysi ko’rkam qilib saqlashimiz bu bizning mahallamiz oldidagi burchimizdur. Chetdan kelgan mehmonlar ham mahallaning tozaligiga qarab u yerda kim yashashini bilib olishimiz mumkin. Fayzi mahallamiz bu bizning faxrimizdur.
Har bir mahallaning ko’rki mening nazarimda bu keksa insonlar yani bizning bobojon va buvijonlarimizdur. Ularning bizlarga qiluvchi nasihatlari, ibratli so’zlari biz yoshlarga kelajak hayotimizda katta yordam beradi desam mubolag’a bo’lmaydi.  Ularning nasihatlari oltindan ham afzalroqdir. Chunki ularning har bir nasihat-u, gaplarida qanchadan-qancha ma’no yashirin.
Mamlakatimizdagi har bir mahallada bo’lganidek bizning ham mahllamizda mahalla faollari saylab olingan. Ular mahallamizdagi barcha ezgu tadbirlarni, hasharlarni, to’y-u marakalarga qo’llaridan kelgancha yordam beradilar va faol qatnashadilar. Mening bobojonim va buvijonim ham mahallamiz faollaridan biridirlar. Bobom va buvimning oldilariga tez-tez mahallamiz a’zolari o’zlarini qiynagan savolva masalar yuzasidan tashrif buyurib turadilar. Bobom va buvim ularga qo’llaridan kelgancha yordam beradilar. Buvijonim bo’sh vaqtlari bo’lganida mahallamizdagi kichkintoy bolalarni yonlariga olib ularga turli hikoyalar, rivoyatlar, ertakalar so’zlab beradilar. Kichkintoy bolajonlar bularni maroq bilan tinglaydilar va ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Bir kishiga qirq hunar oz deganlaridek, ba’zida bobom mahallamiz o’g’lonlari bilan bu haqida suhbat quradilar va fikr almashadilar. Ular mahallamiz o’g’lonlariga ko’chatlar, gullar ekishni o’rgatadilar. Bu kasblari ularga kelajakda kerak bo’lishini uqtiradilar. Mahallamiz ahli nihoyatda inoq, soddadil va hushchaqchaqlar. Men o’z qo’shnilarimni juda ham yaxshi ko’raman va mahallamni ozoda saqlashga harakat qilaman.
Chirchiq shahar
5- maktab
To’raboyeva Nilufar
9-“G”
!!!!!!!!!!!!!
Download 25.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling