Vatan ostonadan boshlanadi


Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi


Download 0.54 Mb.
bet23/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi
Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan va taraqqiy etgan ilg‘or demokratik davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashni maqsad qilgan O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlar jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda, tan olinmoqda. Bu, Prezidentimiz rahnamoligida rivojlanishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lining to‘g‘ri va oqilona tanlanganidan dalolatdir. Shu bois, endilikda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb atalayotgan mazkur yo‘ldan qat’iy va og‘ishmay olg‘a intilganimiz o‘zining yuksak samaralarini namoyon etmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq, islohotlar islohot uchun emas, inson uchun, uning baxt-saodati, haq-huquqlari va manfaatlarini ta’minlash uchun, degan hayotiy tamoyil yuksak taraqqiyotimizda bosh omil bo‘ldi desak, mubolag‘a emas. Ayniqsa, boy tariximiz, ilmiy-madaniy merosimiz, dinu diyonatimiz, qadimiy urf-odat va an’analarimiz qayta tiklanib, yangicha mazmun-mohiyat kasb etdi. Endilikda mehr-oqibat, hamjihatlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat kabi insoniy fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hamohang tarzda hayotimizning oltin qoidasiga aylandi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligini yangi tarixiy sharoitda tiklash va yanada rivojlantirishning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy asoslari yaratildi va mustahkamlandi. O‘z kelajagining haqiqiy bunyodkoriga aylangan xalqning oliy manfaatlariga javob beruvchi ichki va tashqi siyosat muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, asrab-avaylash, zamonaviy, yangicha ma’naviy uslublar bilan boyitish, ibratli tariximizni puxta o‘rganish, qadimiy obida va yodgorliklarimizni ko‘z qorachig‘idek saqlash, buyuk ajdodlarimizdan qolgan ma’rifiy merosni o‘qib-o‘rganishga ham katta imkoniyatlar yaratildi.
Eng asosiysi, odamlarimizning ruhiyati va dunyoqarashi, hayotga, o‘z mehnatining natijasiga munosabati, jahonda va yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi tubdan o‘zgarmoqda. Fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi, burch va mas’uliyatni anglash tuyg‘usi kuchayib bormoqda.
Barcha sohalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz zamirida avvalo, yurtimizdagi tinch va osoyishta hayot, yaratib berilgan xotirjam turmush tarzi tufayli amalga oshirilayotgan bunyodkorona mehnat, yaratish, yashnatish zavqi mujassam desak, xato qilmaymiz.
Yurtboshimiz rahnamoligida olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatning asosini ham aynan tinchlikparvar g‘oya, davlatlararo va millatlararo totuvlik, mintaqa va dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi ezgu maqsadlar tashkil etadi. Zero, davlatimiz rahbarining turli vaqtlarda turli nufuzli minbarlardan turib Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlash, bu mintaqani yadro qurolidan xoli hududga aylantirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik, mintaqaviy mojarolar, millatlararo ziddiyatlar, ekologik muammolarga qarshi kurash borasida bayon etgan tashabbuslari bugun dunyo miqyosida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularni hayotga tatbiq etish eng maqbul yo‘l ekani davlat va jamoat arboblari, taniqli siyosatchilar tomonidan ochiq-oydin e’tirof etilmoqda.
Mazkur yilda xonadonlarimiz farishtalari bo‘lgan nuroniy otaxonu onaxonlarimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va izzat, g‘amxo‘rlik va e’tibor yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Xususan, “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida yoshi ulug‘ insonlarning hayot darajasini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, tizimli asosda sog‘lomlashtirish kabi qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qolaversa, Davlatimiz rahbarining 2014 yil 13 oktyabrdagi “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2015 yil 19 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi, joriy yil 6 martdagi “1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi hamda shu yil 14 aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlariga asosan, keksalarni ijtimoiy himoyalash ko‘lami kengaydi.
Prezidentimiz 9 may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydonida jurnalistlarga intervyu berar ekan, urush maydonlaridan qaytmagan, bugungi musaffo osmonimiz uchun jon bergan vatandoshlarimiz xotirasi oldida bosh egish barchamiz uchun ham qarz, ham farz ekanini alohida ta’kidladi.
Chindan ham, insoniyat tarixidagi eng dahshatli qirg‘inbarot bo‘lgan bu urush yurtimiz uchun ham naqadar qimmatga tushgani barchamizga ayon. Binobarin, 1,5 million nafar o‘zbekistonlik fuqaro frontga ketib, janglarda bevosita ishtirok etgani, ularning yarim millioni janggohlardan qaytmagani, yana qanchalab insonlarimiz mayib-majruh, nogiron bo‘lib kelgani, minglab ayollar beva, bolalar yetimga aylangani afsuski, achchiq haqiqat.
Front ortida qolgan yurtdoshlarimiz esa, tunlarni kunlarga ulab, och-nahor bo‘lsada, o‘ta og‘ir, zahmatli mehnati bilan G‘alabaga salmoqli ulush qo‘shdi. Xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibat, saxovat, ezgulik singari yuksak insoniy xislatlar ayni urush yillarida yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi. Front hududlaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan 1 millionga yaqin oila va bolalarni el-yurtimiz qabul qilib, ularga o‘zi yemay yedirdi, o‘zi kiymay kiydirib, uyining to‘ridan joy berdi.
Prezidentimiz e’tirof etganidek, vaqt o‘tadi, zamonlar o‘tadi, lekin tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashib jon fido etgan ajdodlarimiz xotirasi xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanib qolaveradi. Zero, bu fazilat el-yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan.
Mamlakatimiz rahbari o‘z intervyusida tinch va osoyishta hayotni saqlash, himoya qilish, bugungi kunga kelib jahonning turli mintaqa va hududlarida qarama-qarshilik va ziddiyatlar, qonli mojarolar, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgani, fashizm balosi yana bosh ko‘tarayotgani, millatchilik, shovinizm singari ofatlar maydonga chiqayotganidan tashvish bildirib, barchamizni yana bir bor ogohlikka da’vat etgani bejiz emas.
Zero, biz bugun dunyoga ustun bo‘lish istagida hech narsadan tap tortmaydigan g‘arazli kuchlar mavjud bo‘lgan globallashuv davrida hayot kechirmoqdamiz. Sir emas, hozir dunyoni manfaatlar boshqarmoqda. Insoniyat chindan ham notinch va tahlikali zamonda yashamoqda. Bashariyat yuksak orzu-umidlar bilan qadam qo‘ygan XXI asrda tinchlik va osoyishtalikka qarshi bosh ko‘tarayotgan mafkuraviy tahdidlar yalpi xavfsizlikka jiddiy xatar solayotgani bor gap. Ayniqsa, kurrai zaminni qaytadan bo‘lib olish ilinjidagi manfaatlar kurashi yo‘lida turli g‘arazli g‘oya va kuchlar tinim bilmayotgan, o‘ta shafqatsiz, ayyorona va yovuz usullar qo‘llanayotgan murakkab bir vaziyat bani basharni bunday chirkin xatti-harakatlarning ildizini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlash yo‘lida doimo hushyor bo‘lishga, sergaklikka chorlaydi.
Bugun bizning xalqaro munosabatlardagi faol tashqi siyosatimizning asosi — O‘zbekistonning milliy manfaatlaridir. Ana shu manfaatlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida har qanday davlat bilan o‘zaro teng huquqli va tinchlikparvar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kuchaytirish pirovard maqsadimizdir. Butun dunyoga ma’lum, O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatida doimo tinchlik tarafdori bo‘lib kelgan va turli xil nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qator e’tiborga molik tashabbuslarni dunyoning nufuzli minbarlaridan turib e’lon qilgan. Ana shu tinchlikparvar siyosat bundan buyon ham izchil davom etaveradi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham, o‘z dasturiy maqsad-vazifalaridan kelib chiqib, bu borada mamlakatimizning boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo‘shilmaslik, barcha nizoli masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki harbiy tahdiddan tiyilish, chegaralar daxlsizligi va xalqaro huquqning boshqa me’yorlariga og‘ishmay amal qilish kabi tamoyillarga asoslangan siyosatini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Chunki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik tufayli ham barcha sohalarda yuksak marralarni qo‘lga kiritmoqdamiz. Hayotimiz, turmush darajamiz tobora farovonlashib, shahar va qishloqlarimiz obod bo‘lib bormoqda. Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallaganimiz ham ana shu fikrimizning dalolati emasmi?!
Osmonimiz musaffoligi sababli ham yurtimizning barcha kentu qishloqlarida keng ko‘lamli, katta hajmdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, “Asr qurilish” deb nom olgan ulkan inshootlar, yo‘l va ko‘priklar, gigant korxonalarni barpo etish katta muvaffaqiyatlar bilan amalga oshirilmoqda. Birgina poytaxtimizda bunyod bo‘layotgan, milliy me’morchilik va zamonaviy shaharsozlik an’analari uyg‘unlashtirilgan turar joylar, ijtimoiy ob’ektlar, yo‘l va ko‘priklar, so‘lim bog‘u xiyobonlar hatto xorijliklarning ham hayrat va havasiga sabab bo‘lmoqda.
Shu yilning 12 may kuni foydalanishga topshirilgan Toshkent shahrining Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Abdulla Qodiriy ko‘chasi ustidan o‘tgan yangi ko‘prik ushbu fikrimizning yaqqol dalilidir. Quvonarlisi, uni bunyod etishda mamlakatimiz yo‘lsozligida yana bir yangilikka qo‘l urildi – ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 102 va 111 metrlik ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etildi. Ularga chiqib-tushish uchun zinapoya bilan birga eskalator va lift ham muhayyo etilgan. Ularda yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari ham o‘rnatilgan. Yurtboshimiz tashabbusi bilan qurilgan, eni 26, uzunligi qariyb 500 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik sharofati bilan Sebzor ko‘chasining o‘tkazuvchanlik imkoniyati avvallari soatiga 3200 ta avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, endi bu ko‘rsatkich 9800 taga yetdi. Abdulla Qodiriy ko‘chasida ham avtomobillar qatnovi 2400 tadan 5600 taga ortdi. Natijada, ushbu chorrahadagi tirbandlik bartaraf etilishi bilan bir qatorda, Nurafshon, Abay, Olmazor, Zulfiyaxonim, Qorasaroy, Sag‘bon, Zarqaynar, Navoiy, Saqichmon ko‘chalaridagi qatnovlarda ham muammolar bartaraf etildi.
Ha, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan va oshirilayotgan tub islohotlar samarasi o‘laroq, O‘zbekiston bugun dunyo bilan bo‘ylashmoqda. Jamiyat hayotidagi mustahkam barqarorlik, demokratik o‘zgarishlar yo‘lidagi sobitqadamlik, mustaqil yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat, inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, eng asosiysi, biz o‘z tanlab olgan yo‘limizdan og‘ishmay, qat’iyat bilan dadil odimlayotganimiz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz garovidir.
Bu yutuq va marralarimizning zamirida esa, birinchi navbatda, erkin va ozod, tinch va osoyishta hayotimiz turibdi. Shunday ekan, tinchlik uchun kurashaylik, osuda turmushimizni himoya qilaylik, bugungi dorilomon kunlarimizning qadriga yetib, shukr qilaylik.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling