Vatan ostonadan boshlanadi


Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling!


Download 0.54 Mb.
bet22/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling!
1. Agar istagim amalga oshsa, nima bo`ladi?
Orzungiz ro`yobga chiqqan damlarni xayolan tasavvur qiling. Nimani his etasiz? Agar o`ng`aysizlik, uyat, noqulaylik kabi hislarni tuysangiz, hozirdanoq bu niyatdan voz keching. Demak, orzu qilayotganingiz sizga yot narsa. Ertaga u ro`yobga chiqib qolsa, sizga baxt emas, ko`ngilsizlik keltirishi tayin.
2. Agar istagim amalga oshsa, nima bo`lmaydi?
Bu savol ayni damdagi, ya`ni orzuingiz hali ro`yobga chiqmagan, orzuligicha qolgan paytlarning afzalliklari, kelajakda yo`qotib qo`yishingiz mumkin bo`lgan narsalar, duch kelishingiz ehtimoli bor xavf haqida o`ylab ko`rish imkonini beradi. Olaylik, pulingiz ko`p bo`lishini orzu qilyapsiz. Ammo ko`p pul ortidan talay tashvishlarni ham etaklab keladi. Unutmang, ayrim narsalarga erishgandan ko`ra ular haqida orzu qilib yurgan ma`qulroq.
Masalaning bunday tarzda qo`yilishi siz shu paytgacha o`ylab ham ko`rmagan va borligini sezmay kelayotgan qadriyatlaru imkoniyatlar haqida o`ylab, mushohada etishga, boringizni qadrlab, shukr qilishga o`rgatadi.
Orzular amalga oshishining yana bir sharti esa – niyatning sofligi. Niyat qildim, amalga oshar ekan deb orangizdan ola mushuk o`tgan qo`shningizning borsa-kelmasga daf bo`lishini so`rash mumkin emas. Yangi yilda faqat toza va ezgu niyatlar qilish lozim. Undan ko`ra o`sha qo`shningiz bilan yarashib olishni so`rang. Yana ham ma`qulrog`i, bir taqsimcha salatmi yo norin ko`tarib bayram bilan tabriklagani chiqing, jon deb kutib olishiga 200 foiz kafolat (mabodo, uning o`zi otni ildam qamchilab, chiqib qolsa, ochiq yuz bilan kutib oling). Xuddi shunday, biznesdagi raqibim sinsin deb emas, ishda omadim kelib, raqiblarimdan o`zib ketay qabilida niyat qilish lozim.
Yana bir muhim shart – ishonch. Axir, amalga oshishiga ishonmasangiz, mo``jiza so`rab nima qilasiz? Bir oz nojoiz bo`lsa ham, mo``jizani arvohga o`xshatishlarini eslatmoqchiman. Ya`ni ishonsangiz – u bor, ishonmasangiz – yo`q.
Unutmang! Niyat qilib bo`lgach, uni «qo`yib yuboring». Xuddi qushni qafasdan ozod etgandek yoki kompyuterda «pechatat» tugmasini bosgandek. To`g`ri va aniq ifodalangan niyat albatta amalga oshadi, faqat siz qani amalga osharmikan, qanchalik to`g`ri amalga osharkin yoki tezroq amalga oshsaydi deya unga tikilib o`tirmasangiz, bas. Shunchaki, u haqda unuting. Vaqti kelib orzuingiz ro`yobga chiqqanida o`zingiz hayron qolasiz. Bu shunaqangi ajib bir hiski…


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling