Vatan ostonadan boshlanadi
Download 0.54 Mb.
|
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ozod va obod yurtda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarning uylari ham, ularning hayoti, turmushi ham go‘zal va farovon bo‘lishi kerak”
Ona tabiatni asraylik
Tabiat u naqadar go’zal va sokin. Shaharning ser shovqin kunlaridan qochib tabiat qo’yniga ketging kelayveradi. Ayniqsa tabiatning beg’ubor va jozibador har bir fasli o’zgacha tarovatli. U naqadar mehribon. Uning bag’ridan to’lqillanib oqayogan zilol suvi, g’arb pishayotgan mevasi, musaffo osmoni bularning barchasi ona tabiatning bir mo’jizasidir. Biz unga qanchalik mehribon bo’lsak, uning mehri shunchalik tovlanib borayveradi. Shunday ekan biz doim tabiatni asrash bu o’zimizni asrash bilan chambarchas bog’liq ekanligini his qilishimiz lozim. Biz tabiatning qanchalik xavsizligini taminlasak u bizga o’z ne’matlarini ulashadi. Lekin bugungi kunda texnika rivojlangan sari tabiatning buzilishiga olib kelmoqda. Ya’ni katta katta neft zavodlaridan chiqayotgan gazlar va tutunlar tabiatning zaharlanishiga, ob-havoning buzilishiga olib kelmoqda. Bunday xolatlarni bugungi kunda juda ko’plab uchratish mumkin. Bundan tashqari o’simlik olamining kamayib ketishi, hayvonlarning qirilishi, suv toshqinlari, tog’larning yemirilishi, vulqonlarning otilishi bularning barchasi tabiatning buzulishi orqali ro’y berayotgan tabiat xodisalaridir. Bunday izchil vaziyatda bugungi kunda davlatimiz tabiatni muvofaza qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarf qilmoqdalar. O’zbekiston Resrublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan turi hamda kamayib borayotgan hayvonlarni hozirda ovlash taqiqlanadi. Tabiat muvobxozasini asrash har birimizning burchimiz xisoblanadi. Tabiat bilan insoniyat bir butun. Insoniyat tabiatning bir bo’lagi. Tabiat bu bizning onamiz. Biz uni xuddi onamiz kabi asrab avaylamog’imiz lozim . Bu har birimizning burchimiz va vazifamizdir. Yoshlarimizning ongiga bu narsalarni singdirish uchun ko’plab tadbirlar seminar treninglar nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan mumtazam tarzda o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu loyihalarda tabiat mavzusi bo’yicha qiziqarli o’yinlar, spektaklar va davra suhbatlari olib borilib, yoshlarga tabiatni asrash va muvoxazaa qilish to’g’risida bir qancha tushunchalar bo’lib o’tdi. mana shunday tadbirlardan yoshlarimiz o’zlariga keraklicha ma’lumotlarni bilib olib yurtimizning kelajagi uchun o’z hissalarini qo’shishga, tabiatni asrab uni yanada gullab yashnatishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Odoblik ko`ngildan boshlanadi. Xalqimiz tabiatan bunyodkorlikni, yaratuvchanlikni, obodlikni yaxshi ko‘radi. Buni yurtimizning har bir go‘shasidagi odamlarning turmush tarzidan, hayotiy tutumlaridan ham bilsa bo‘ladi. Deylik, bir kishi qurilish boshlasa, qo‘ni-qo‘shnisi, yaqinlari qarab turmaydi, hashar bo‘layotgan xonadonga albatta kirib keladi. Har biri o‘z hissasini qo‘shsam deydi. Bunday paytlarda hazil-mutoyiba va hamjihatlik, orzumandlik kayfiyati hukmron bo‘ladi. To‘g‘ri-da, odam uy timsolida o‘zining orzu-havasini quradi. Shuning uchun har bir qo‘yilgan g‘ishtdan, yuksalishdan ko‘ngli tog‘dek o‘sadi. Bu uyda yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, deb niyat qiladi. Ana shunday ezgu niyatlar bilan odamlarning ongu tafakkuri o‘zgarib, nurlanib boradi. Muhtaram Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobida keltirilgan “Ozod va obod yurtda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarning uylari ham, ularning hayoti, turmushi ham go‘zal va farovon bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarida katta hayotiy haqiqat aks etgan. Kitobni o‘qirkanmiz, ko‘z oldimizda bugun mamlakatimizda keng quloch yoygan yangilanish jarayoni bor bo‘yi bilan gavdalanadi. Bu jarayon – Istiqlolning ilk kunlaridanoq Yurtboshimiz tomonidan jamiyatga tatbiq etilgan ezgu g‘oyalarning hosilasidir. Xo‘sh, odamlarda yangicha fikrlash qachon, qay tarzda shakllandi? Sho‘ro davrini eslaylik. Bir quloch yerga zor bo‘lib, qishloqlardagi katalakdek guvala uylarda, iqlim va xalqning milliy qadriyatlari hisobga olinmay qurilgan biqiq shaharlardagi gugurtqutidek beton xonalarda yashagan odamlarning dunyoqarashi yodingizdadir!? O‘sha paytdagi shaharlarimiz allaqayoqdan ko‘chirib keltirilgandek, ko‘chma shaharga o‘xshardi. Men maktabni bitirib, Farg‘onaga o‘qishga hujjat topshirgani borganimda shahar xo‘mrayib, qovog‘ini solib, begona bo‘lib turgandek tuyulgan, havoning og‘irligidan ko‘nglim behuzur bo‘lgandi. Shaharlarning bu holati kishilarning fe’l-atvoriga, o‘zaro munosabatiga, tiliga, muomalasiga, turmush tarziga, eng yomoni, farzandlar tarbiyasiga ham ko‘chib o‘tgandi.Mana shunday sharoitda bizni asl ildizlarimizga, azaliy qadriyatlarimizga, o‘zligimizga qaytarish, ko‘ngillarga obodlik, ruhiyatga ravshanlik olib kirish uchun Prezidentimiz ishni tarixiy adolatni tiklashdan boshladi. Sho‘roning qattol siyosati tufayli oyoqosti qilingan muqaddas ziyoratgohlar tiklandi, nomi unut bo‘lgan buyuk daholarimiz, aziz avliyolar, mutafakkir zotlarga ehtirom ko‘rsatildi. Ularning tabarruk xoki yotgan maskanlarni ziyorat etish ming-minglab ko‘ngillarga obodlik, xalq ruhiyatiga poklik, o‘ziga ishonch, g‘urur-iftixor bag‘ishladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling