Vatan ostonadan boshlanadi


Bayrog`imiz-faxrimiz,g`ururimiz


Download 0.54 Mb.
bet14/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Bayrog`imiz-faxrimiz,g`ururimiz
Har bir xalq, millat uchun o‘z vatanining ramzlari muqaddas hisoblanadi. Chunki ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topadi. Ana shunday ramzlardan biri bu davlat bayrog‘idir. 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.
Shu munosabat bilan bugun Ishtixon tuman sudi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudining raisi K.Pansatov, Ishtixon tumanlararo sudining raisi Nurbek Umarov hamda Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi Zubaydullo Nurmatovlar ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’ala ekanligini hamda Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo‘lish bilan birga millat bayrog‘i sifatida yuksak e’zozlanishi xususida keng fikr-mulohazalar bildirdilar.
Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda.
Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimizning yorqin timsolidir.
Zero, Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

Yo`l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar
Aholi yashaydigan joy
Kirish va chiqish yo'llari 5.22 - 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Ajratuvchi bo'lak
Yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan alohida qismi.
Ajratuvchi bo'lak yotiq chiziq, yo'l sathidan baland qurilma, ko'kalamzorlashtirilgan joylar ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Arava
Ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo'shib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mu'ljallangan qurilma.
Asosiy yo'l
Tuproqli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o'xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1-2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yo'l yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling