Vatan ostonadan boshlanadi


Jahonda bo`lmasa muallimagar,hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar


Download 0.54 Mb.
bet3/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Jahonda bo`lmasa muallimagar,hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.
Ustoz ... hayot tushunchasi paydo bo`lganidan buyon yashab kelayotgan siymo. Shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga bo`lgan ishonch, hurmat-izzat o`zgacha. Ustoz deganda, har qaysi inson ko`nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg`ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o`lchab va ado qilib bo`lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo`ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma`rifat dunyosi sari yo`l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo`lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko`nglida hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi.Ustoz Hoji-Akbar Rahmonqulov... U kishini milliy sivilistika fanlarining chinoriga mengzashadi. Bu o`xshatishda ustoz nomi va undan qolgan yuridik adabiyotlarning umrboqiyligiga ishora bordek. Aslida,
bu e`tirofda shu yam-yashil chinor soyasida qad rostlagan, u kishining mehru-muruvvatidan bahramand bo`lganlarning ehtiromi ham mujassam.«Fuqarolik huquqi fuqarolik jamiyatining tashkil topishi va rivojlanishi uchun muhim huquqiy vositadir. Fuqarolik jamiyatini shakllanishida fuqarolik huquqi zimmasiga eng yuksak vazifa yuklatiladi. Fuqarolik huquqining ta`sirchan kuchi shundan iboratki, shaxsning hayotda yuqori maqomga ega ekanligini yuridik jihatdan mustahkamlaydi, mulkning daxlsizligini va uning asosida vujudga keladigan munosabatlarning erkinligini ta`minlaydi. ...», – deydi ustoz olim asarlaridan birida.Hoji-Akbar Rahmonqulovich o`zining serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan keng jamoatchilikda o`chmas va yorqin iz qoldirdi. U kishi mamlakatimizda yuridik fan va amaliyot rivojiga ulkan hissa qo`shgan, katta hurmat va obro`-e`tiborga sazovor bo`lgan atoqli olim sifatida tanilgan edi.Ustoz olimning hayotga kelib orttirgan dunyosi nimada edi? Ijodi, tayyorlagan shogirdlari, asarlarimi? Darhaqiqat, milliy sivilistika fanlarida munosib o`rin olgan «O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar», «O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismiga sharhlar», «Mulk huquqi», «Xususiy mulk va uning daxlsizligi», «Majburiyat huquqi», «Fuqarolik huquqining sub`ektlari», «Fuqarolik huquqi ob`ektlari», «Oldi-sotdi shartnomasi», «Fuqarolik huquqi muammolari», «Xalqaro xususiy huquqning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari», «Insonparvar davlat Konstitusiyasi» singari 400 ga yaqin monografiya, darslik, ilmiy maqolalar, o`quv qo`llanmalar, fuqarolik qonun hujjatlariga sharhlar yuridik fanlarni ilmiy-nazariy jihatdan yanada boyitishda, sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishda, «Fuqarolik huquqi» hamda «Tadbirkorlik huquqi» fanlari bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini mazmunan yuqori saviyada tashkil etishda muhim manba bo`lib kelayotir.Hoji-Akbar Rahmonqulovich haqida so`z aytganlar ko`p. Aytmaganlar esa undan-da ko`p. Ustozning do`stlari va shogirdlari qalbidagi yorug` xotiralar – o`zi alohida olam. Ular qog`ozga tushsa, ibrat va o`rnak ko`zgusiga aylanishi tayin. Ulug` ustozga shogird bo`lish baxti menga ham nasib etgan edi.Ustozning sadoqatli shogirdlaridan, taniqli olimlardan biri, professor Omonboy Oqyulov «Ziyoli inson, ustoz qanday bo`lishi kerak?» degan savolga bir og`iz so`z bilan: «Hoji-Akbar Rahmonqulovichday bo`lishi kerak», deb javob bergan bo`lardim», degan gapi barcha shogirdlarning nomidan aytilganidek.Hoji-Akbar Rahmonqulovichning tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi bo`lib Toshkent shahrida yuridik fanlar bo`yicha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalarini yoqlash bo`yicha Ixtisoslashgan kengash tashkil etildi, nafaqat O`zbekiston, balki boshqa qo`shni mamlakatlar uchun ham yuqori malakali huquqshunos olimlarni tayyorlash tizimi yo`lga qo`yildi. U kishi Konstitusiyaviy komissiyaning a`zsi sifatida mustaqil O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi loyihasining «Jamiyat va shaxs» deb nomlangan bo`limini tayyorlovchi ishchi guruhiga rahbarlik qildi. Fuqarolik va Oila kodekslari loyihalarini ishlab chiqishda bosh-qosh bo`ldi.1995-1996 yillarda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida tahsil olish jarayonida ustoz biz yoshlarga «Fuqarolik huquqi» fanidan o`tgan ma`ruza mashg`ulotlari tinglovchilarning qiziqishlariga sabab bo`lgan. 1998 yilda u kishining Akademiya professori lavozimida ishlash davrida menga ilk marotaba ustoz bilan yaqindan suhbatlashish jarayonida kelajakda ilm yo`lini tanlash, nomzodlik dissertasiyasi ustida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish zarurligi haqida bildirgan qimmatli fikr-mulohazalari o`qish davridan keyingi hayotimni ushbu yo`nalishda davom ettirishga «tamal toshi» bo`lib xizmat qildi.Keyinchalik Akademiyaning kunduzli bo`lim ad`yunkturasida o`qigan davrimda akademik Hoji-Akbar Rahmonqulovich rahbarligida nomzodlik dissertasiyasini, mehnat faoliyatim davrida esa doktorlik ishini tayyorlash hamda ularni muvaffaqiyatli himoya qilish baxtiga musharraf bo`ldim.U kishining xonadoniga borganimizda monografiya yoki darslikni yozish ustida ishlab o`tirishlarining, ushbu holatning gohida ertalabgacha davom etishining guvohi bo`lganmiz. Ustoz halolligi, mehnatsevarligi, fan

yo`lidagi tinmay izlanishlari, yoshlarga nisbatan xayrixohlik, mehribonligi, har qadamda qo`llashga urinishlari singari olim va insonga xos ajoyib fazilatlari bilan ajralib turar, u kishining bu xislatlari shogirdlariga o`rnak va yorqin namuna bo`ldi, desam mubolag`a bo`lmaydi.Suhbat jarayonida ustoz o`tmishda ilmga berilgan e`tibor, mashaqqatli kunlar, Ulug` Vatan urushi davridagi boshidan o`tkazgan kechinmalari, sivilistika fanlarining dolzarb muammolari va ularni hal etish istiqbollari haqida so`zlab berar, ilmiy ishda e`tibor qaratilishi lozim bo`lgan jihatlarni erinmasdan tushuntirib berardilar. Bayramlarda, tug`ilgan kunlarida do`stlari, shogirdlari, yaqinlari, hamkasblari ustozning xotiralarini maroq bilan tinglardilar, hazil-mutoyibalari ko`tarinki kayfiyat bag`ishlar edi.U kishi bilan o`tkazgan har bir suhbat kishining ruhiyatini ko`tarishga xizmat qilar edi. Shaxsan menda ilmiy ishdan tashqari, oilamdagi turmush sharoitimga, qiyinchiliklarga e`tibor qaratishlari, farzandlarimning ta`lim-tarbiyasida, mehnat faoliyatimdagi duch kelayotgan masalalar bilan yaqindan qiziqishlari, o`z maslahatlarini berishlari, hatto yosh oila bo`lgan paytda shaxsiy muammolarni hal etishga ko`rsatgan amaliy ko`maklari yorqin xotira bo`lib qolgan.Xalqimizda «Ustoz otangdek ulug`», degan yaxshi ibora bor. Darhaqiqat, ota insonning dunyoga kelishiga sababchi bo`lsa, ustoz unga hayotda yashashni ta`lim beradi.Ustoz bilan birgalikda monografiyalar yozish baxtiga muyassar bo`ldim. Dissertasiya ishim bo`yicha nuqtai-nazarlari, xususan Fuqarolik kodeksi bilan Tadbirkorlik kodeksining o`zaro nisbati haqida bildirgan fikrlari kelgusidagi ilmiy izlanishlarimda, shogirdlarimning nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari bo`yicha mo`ljalni to`g`ri olishda bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda, bir so`z bilan aytganda, ijtimoiy hayotda shaxs sifatida voyaga etishimda, munosib o`rin egallashimda ustozning o`gitlari poydevor vazifasini o`tadi va bugungi kunda ham o`tib kelmoqda. Bu borada buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojibning quyidagi fikrlarini eslash ham ayni muddaodir.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling