Vatan ostonadan boshlanadi
Download 0.54 Mb.
|
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
- Navro`z-mehr-oqibatni ulug`lovchi qadriyat
- Xalqaro Navroʻz kuni
Sport – sog`lik garovi
Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda sportni davlat darajasida rivojlantirishga e’tibor qaratilyotganligi bejizga emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-yanvardagi 23-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2022-yil 16-fevraldagi 40-son buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruq asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi. Rejaga asosan ishchilar orasida sportning shaxmat, shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi. Musobaqada xizmatimiz xodimlari faol ishtirok etishdi. G‘oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari ishchi-xodimlar har kuni ish boshlanishidan oldin va kun davomida tanaffuslar paytida badantarbiya bilan shug‘ullanib kelishadi. Jismoniy mashq qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va ko‘zi o‘tkirlashashishi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanishi hech kimga sir emas. Kun davomida 10-15 daqiqa badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish xodim salomatligini yaxshilabgina qolmay, ish unumdorligini oshirishi ham oddiy haqiqat. Navro`z-mehr-oqibatni ulug`lovchi qadriyat Insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni oʻzida ifoda etadigan Navroʻz bayrami eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi.Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit-turk”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Umar Hayyomning “Navroʻznoma”, Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarlarida keltirilgan tarixiy maʼlumotlarga murojaat qiladigan boʻlsak, Navroʻz bayramining 3 ming yildan oshiq tarixga ega ekanligiga guvoh boʻlamiz. Bu oʻrinda Navroʻz bayramining paydo boʻlishi quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi kabi qator tabiat qonuniyatlari bilan bogʻliq. Bu esa mazkur bayram chuqur ilmiy asoslarga ham ega ekanligini koʻrsatadi.Milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi boʻlgan Navroʻzni umumxalq bayrami sifatida nishonlash mamlakatimiz mustaqilligi arafasida qayta tiklandi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 1990-yil 3-maydagi Farmoniga muvofiq Navroʻz umumxalq bayrami, 21-mart esa dam olish kuni deb eʼlon qilindi.Keyingi yillarda ushbu bayramni mamlakatimizning barcha hududlarida keng nishonlash anʼanaga aylandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar esa ushbu bayramga yangicha ruh bagʻishlamoqda. Bu oʻrinda Toshkent shaxrida “Navroʻz” bogʻi foydalanishga topshirilganligi alohida eʼtiborga loyiq. Chunki aynan bunday bayram nishonlanadigan maskan birorta boshqa mamlakatda mavjud emas. Navroʻz bayrami – yangilanish fasli nafaqat Oʻzbekistonda, balki, Afgʻoniston, Albaniya, Bahrayn, Eron, Hindiston, Iroq, Livan, Ozarbayjon, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Suriya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston kabi davlatlarda ham keng nishonlanadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlab oʻtganidek “Navroʻz oʻzining oʻlmas ruhi, umuminsoniy gʻoyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur oʻrin egallamoqda”. Jumladan mazkur bayram 2009-yil 30-sentyabrda insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida YUNESKO tomonidan umumjahon nomoddiy madaniy meroslar roʻyxatiga kiritildi. 2010-yilning 19-fevral kuni BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida esa 21-mart “Xalqaro Navroʻz kuni” deb eʼlon qilindi. Qabul qilingan rezolyutsiyada Navroʻz bayrami turli xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalar va oʻzaro hamjihatlikni ragʻbatlantirish, oʻzaro birdamlik, qoʻni-qoʻshnichilik munosabatlari, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab oʻtilgan. Bu oʻrinda BMTning sakkizinchi Bosh kotibi Pan Gi Mun ham “Ishonamanki, jahon ahli bu kunni alohida qayd etadi. Zero, dunyoda turli oʻzgarishlar, inqiroz va urushlar boʻlishiga qaramay, ushbu bayram anʼanalari nishonlanadigan mamlakatlarda Navroʻz ruhi sira yoʻqolmadi”, – deya mazkur bayram haqida oʻz fikrini bildirib oʻtganligi alohida eʼtiborga loyiq. Navroʻz anʼanalarini qayta tiklash va asrab-avaylash oʻzbek halqining madaniy-tarixiy merosiga boʻlgan chuqur hurmatni anglatadi. Shu bilan birga, bugungi avlodning ushbu qadimiy bayramning atrof-muhit bilan uygʻun holda yashashga intilishni mujassam etgan gʻoyalari va qadriyatlariga sodiqligini yorqin ifoda etadi. Shu oʻrinda mazkur bayramning jamiyat hayotidagi ahamiyatini quyidagilarda koʻrish mumkin. Birinchidan, Navroʻz asrlar davomida shakllangan anʼana va qadriyatlarni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga katta hissa qoʻshadi. Bu oʻrinda ushbu bayram keng nishonlanadigan davlatlar tomonidan Navroʻzning kelib chiqish tarixi, u bilan bogʻliq boʻlgan anʼana va qadriyatlarning chuqur oʻrganilishi va dunyo miqyosida keng targʻib qilinishi insoniyatning nomoddiy madaniy merosining yana-da boyishiga olib keladi. Ikkinchidan, umumxalq bayrami birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish va insonlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik, mehr-shafqatlilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Uchinchidan, yangilanish fasli turli xalqlar oʻrtasidagi madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va ularni oʻzaro yaqinlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling