Vatan ostonadan boshlanadi
Tartibga soluvchining ishoralari
Download 0.54 Mb.
|
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi yilda yangi orzular
Tartibga soluvchining ishoralari
Qoidalarga koʻra, tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: - chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; - old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: - chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; - oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; - orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; - piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi; qoʻlini yuqoriga koʻtarganda: - ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi koʻrinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorugʻlik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qoʻllashi mumkin. Barcha haydovchi va piyodalardan yoʻllarda tartibga soluvchilarning ishoralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻraymiz. Yangi yilda yangi orzular Yangi yil! Eng sevimli, eng mo``jizakor va eng ajoyib bayram! Kap-katta bo`lib qolganimizga qaramay, shu bayramdan negadir mo``jiza kutishda va yaxshi niyatlar qilishda davom etaveramiz… Lekin mo``jiza o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi, unga yaxshilab tayyorgarlik ko`rish kerak. Nima, sizningcha, olmos ko`zli zirak yoki avtomat kir yuvish mashinasini orzu qilishingizning o`zi etarlimi? O`ylaysizki, Qorbobo (yoki eringiz) Yangi yil kechasi tuhfa etadi-yu, yana bir orzuingiz amalga oshganidan baxtiyor yuraverasizmi? Hafsalangizni pir qilishga majburman, hech qachon bunday bo`lmaydi!Biz — ayollar Yangi yilni qanday kutib olamiz. Bong urilishiga besh daqiqa qolganda sochimizdan bigudini echib, ko`zlarimizni apil-tapil bo`yaymiz, muzlatkichdan «shampanskoe»ni keltiramiz, bokallar uchun yana bir bor oshxonaga borib kelgunimizcha soat millari o`n ikkini ko`rsatib bo`ladi. Niyat esa haliyam qilinmagan, bor orzular xayoldan ko`tarilgan. Apil-tapil: «Sog` bo`laylik!», «Tinchlik-xotirjamlik bo`lsin!», «Shu yil orzu qilgan narsalarimga etishay», «Yangi uy (mashina, dala hovli) sotib olaylik» singari ezgu, ammo noaniq va odatiy tilaklarni takrorlaymiz-qo`yamiz. Va bir xonalik ijara kvartirada yashashda, avtobusda ishga qatnashda va yozda, hech bo`lmasa, bolalarimizni oromgohga jo`natish uchun kuyib-pishishda davom etaveramiz.Biroq bu yil hammasi boshqacha bo`ladi. Demak, quyida Yangi yil tilaklarini aniq-tiniq bayon etish va ularning amalga oshishi uchun nimalar qilish haqida tavsiyalar keltiramiz.Avvalo, faol orzu qilish kerak. Xalqimizning Yangi yilni kutib olishga doir o`z irimlari bor. Har qanday skeptik (tanqidiy fikrlovchi) odam ham bu bayramda biroz irimchiroq bo`lib qoladi. Birovdan olgan qarzlarini qaytaradi, ro`zg`orim yil davomida kam-ko`stsiz bo`lsin deya dasturxonini to`kin qiladi, eski yildagi gina-kuduratni yangisiga olib o`tmaslik uchun nizolarni bartaraf etishga, kechirishga va kechirim so`rashga oshiqadi. Ayollar imkon bo`lsa, boshdan-oyoq yangi libos kiyishga (imkon bo`lmasa, jillaqursa, bitta yangi paypoq sotib olishga) harakat qiladilar. Bularning bari, ya`ni ezgulik haqida o`ylash, unga intilish, uni chaqirish o`ziga xos ajib bir muhitni yaratadi. Shunday sharoitda ro`y bermasa mo``jiza, qachon ro`y beradi?!Qorbobodan sovg`a so`rashning ham o`ziga yarasha yo`l-yo`rig`i bor. Birinchi qoida, nima istashingizni aniq bilish. Ikkinchisi, uni ifodalay olish. Bekorga yosh bolalarga «Qorboboga xat yoz» deyilmaydi. Chunki yozayotib inson istaklarini o`zi uchun aniqlab oladi, aniq va lo`nda ifodalaydi va agar istaklar bir nechta bo`lsa, ularni eng zaruridan boshlab ro`yxatga tizadi. Bu bilan ichki olamimizda ham ma`lum bir ravshanlik va tartib yuzaga keladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling