Vatan taraqqiyotiga mening hissam (yuksak ma’naviyatli avlod – uchinchi renessans bunyodkorlari)


Download 443.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.10.2023
Hajmi443.42 Kb.
#1711881
1   2   3   4   5
Bog'liq
vatan-taraqqiyotiga-mening-hissam-yuksak-ma-naviyatli-avlod-uchinchi-renessans-bunyodkorlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 113
uchun avvalo, yosh avlodning yashash va ta’lim olish muhitini yaxshilash va bu yo‘lda 
amaliy islohotlarni yo‘lga qo‘yish lozim.
2. 
Metodlar va o‘rganilish darajasi. 
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatdga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh 
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va 
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz ” degan edi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. [1] Darhaqiqat, yuksak ma’naviyatli 
avlod, albatta, imkoniyat va sharoit yaratib beradigan davlatda kamol topadi.  
Yurtimizda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega 
bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim 
masaladir va yoshlarga oid davlat siyosati siyosatning eng ustuvor pog‘onasida, balki 
zamon talab qilayotgan yuksak darajadadir. Yangi O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash, 
ularning muammo-yu tashvishlarini eshitish, his qilish va ularni hal qilishga amaliy 
yordam berish, mustaqil hayotga kirayotgan yigit-qizlar, yosh oilalarni qo‘llab-
quvvatlash uchun hamma – davlat va jamoat tashkilotlari birgalikda ko‘p tizimli ishlar 
olib bormoqda.
Avvalari xalqning muammolarini yechishga vaqt ketsa, hozirda muammolarning 
kelib chiqmasligi uchun harakat qilinmoqda. Ayniqsa, yoshlarni eshitish, ularning 
muamollarini yechich davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Vatanimizda Uchinchi 
Renessans asosi va poydevori, shubhasiz, biz yoshlarmiz! Buning isbotlashimiz uchun 
barcha imkoniyat vas hart-shoaroitlar yaratib berilgan.
Davlatimiz yoshlarga e’tiborni, birinchi navbatda, ta’limdan boshladi. 
“Madaniyat yoshlikdan, insonni bolallar bog‘chasida, maktabda kitob o‘qitishdan 
boshlanadi” kabi gapning amaliy ifodasi sifatida islohotlar maktabgacha ta’lim 
muassasalarini tubdan isloh qilishdan va jahon tajribasidan o‘rgangan holda eng 
zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘chalarni ta’minlashdan boshlandi. Bog‘cha 
bosqichidan yetarli shart-sharoit va yaxshi bilim olmagan yoshdan oliy ma’lumotli 
bo‘lganida nimani kutish mumkin? Aynan mana shunday savollarga amaliy savol 
sifatida hozirgi kunda yurtimizning barcha hududlariga kichik yoshli farzandlarning 
ta’lim-tarbiya olishi uchun yoshlar va o‘qituvchilarga birdek sharoitlar yaratilmoqda. 
Tarix zarvaraqlariga oltin harf bilan nomlari yozilgan Imom Buxoriy, Muhammad 
Xorzamiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, 
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ma’naviy va ilmiy meros yosh 
avlodni chin man’noda komillik sari yetaklaydi, ularning hayot yo‘li va faoliyati ibrat 
namunasidir. Ulug‘ bobokalonlarimiz biz, yoshlarni ilm olishga, kitob o‘qishga va ilmni 
tajribalar bilan mustahkamlashga chaqiradi. Haqiqatan, ilm olmoq va uni ulashmoq 
ma’naviyat quyoshining eng yorqin nurlaridir. Kishing ong-u tafakkuri kitob o‘qish va 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 7 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 443.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling