Vatan va vatanparvarlik. Vatan himoyachilari. O’zbekistonning Qurolli kuchlari


Download 115.5 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi115.5 Kb.
#226838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vatan va vatanparvarlik

Huquqiy asos
Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g`risida“gi Qonuni hamda 1991-yil 30 dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Kengashining Qurolli Kuchlari va Chegara qo ʻshinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992-yil 1-fevraldan sobiq Ittifoq tizimidagi qo ʻshinlarni mablagʻ bilan taʼminlanishi toʻxtatilishini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 10-yanvarda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va o ʻ quv muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga olish to`g`risida“, 14-yanvarda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o ʻ quv muassasalari to`g`risida“ qarorlar qabul qildi.

Unda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq Ittifoqqa qarashli Ichki ishlar va Mudofaa vazirligining qismlari, birlashmalari, qo ʻshilmalari, oliy o ʻ quv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga olinadi, deb belgilandi. Qaror asosida harbiy xizmatchilar, ularning oila a ʼzolari, harbiy muassasalardagi ishchi va xizmatchilar, sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qilgan pensionerlarga ijtimoiy va huquqiy himoyalandi. Harbiy qismlar va o ʻ quv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar davlat tomonidan moddiy texnika va mablagʻ bilan taʼminlandi. 1992 yil 24 martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qo ʻshinlari boʻlinmalari haqida“gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati qoshida Chegara qo ʻshinlari boshqarmasi tashkil etildi va Oʻrta Osiyo Chegara qo ʻshinlari boʻlinmalari uning tasarrufiga o ʻtkazildi.

1992 yil 18 mayda „Oʻzbekiston Respublika hududida joylashgan havo desanti qo ʻshinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo ʻshinlari, taʼminot qismlari haqida“gi farmon bilan bu qo ʻshinlar respublika tasarrufiga o ʻtkazildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 12 noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida“gi, 13 noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida“gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qo ʻshinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi o ʻz Qurolli Kuchlarini tuzishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning huquqiy me ʼyorlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Xelsinki yakunlovchi akti, MDH kollektiv xavfsizlik Shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-iyuldagi farmoniga muvofiq, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining „Mudofaa toʻgʻrisida“, „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“ hamda „Muqobil xizmat to`g`risida“gi qonunlari qabul qilindi.

1993-yilning 22-noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi to`g`risida“gi Prezident farmoni imzolanib, Qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 29 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining „Vatan himoyachilari kunini belgilash to`g`risida“ gi qonuniga binoan, 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni, deb e ʼlon qilindi.

1995-yil avgustida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasi mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan hodda 2000-yil 3 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. QK tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari asosida isloh qilishdan iborat boʻldi. Bunda avvalo qo ʻshinlar qo ʻllanishning strategik va taktik jihatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlar tuzilishi asosi Oʻzbekiston Respublikasini himoya qila oladigan qo ʻshinlar va maxsus qo ʻshinlarni tuzishga qaratildi.

Bular: quruqlikdagi qo ʻshinlar; harbiy havo kuchlari va harbiy havo hujumidan mudofaa qo ʻshinlari;

maxsus va muhandislikquruvchilik qo ʻshinlari; Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo ʻshinlari;

Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari va chegara qoʻshinlari.

Quruqlikdagi qo ʻshinlar tarkibiga motooʻqchi, tankchi va artilleriya qo ʻshilmalar va qismlaridan, havo desanti, hujumchi desant, havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, tez harakat qiluvchi kuchlar qismlari, taʼminot qismlari va boʻlinmalari kiradi.

Harbiy havo kuchlari Qurolli Kuchlarning eng yuqori manyovrlangan qo ʻshin turlaridan biri hisoblanadi.

Maxsus qo ʻshinlar jangovar harakatlarni operativ taʼminlash masalalarini hal etish uchun mo ʻljallangan.

Qoʻshinlarning harakati va manyovri uchun yo ʻllarni tayyorlashda muhandislik boʻlinmalarining tutgan o ʻrni alohida. Bu boʻlinmalar g ʻildirakli va zanjirlik asoslardagi yo ʻlyotqizgich, minalardan tozalovchi muhandislik mashinalari, koʻprik quruvchilar hamda o ʻziyurar mexanizatsiyalashgan koʻpriklar kabi maxsus texnika turlari bilan taʼminlangan.

Urush holatida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari o ʻ z vazifalarini O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qo ʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi. Ularning birgalikdagi harakatini muvofiqpashtirish uchun 2000 yilda Mudofaa Vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan Shtabi tuzildi.

Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo ʻmondoni hisoblanadi.

Qurolli Kuchlarning tashkiliy davrida Qurolli Kuchlar tashkiliyshtat tuzilishi takomillashtirildi va unga muvofiq harbiy qismlar, muassasalar va harbiy o ʻ quv yurtlari isloh qilindi; harbiy bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytirish va Qurolli Kuchlar akademiyasini barpo etish hisobiga milliy kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratildi; Qurolli Kuchlar vazifalariga binoan, harbiy xizmatchilar barcha toifasining taʼlim jarayoni yaxshilandi; mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy-siyosiy holat hisobga olinib, qo ʻshinlarni joylashtirish tizimi takomillashtirildi. Bu — davlat chegaralarini hamda xalqimiz manfaatlarini ishonchli himoya qilish imkonini yaratdi; zamon talabiga javob bera oladigan qo ʻshinlarni barqaror boshqarish tizimi barpo etildi; harbiy xizmatni tashkil etishning infratuzilmasi yaratildi; Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida“, „Mudofaa to`g`risida“ qonunlari, 1996 yilda Umumharbiy Nizomlar qabul qilinishi bilan Qurolli Kuchlarimiz huquqiy bazasi yaratildi.

Oliy Majlisning 1-chaqiriq 14-sessiyasida Qurolli Kuchlarni, Chegara va Ichki qo ʻshinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichmabosqich chuqur isloh etish masalalariga qaratildi. Qurolli Kuchlarni isloh qilishda jahon va davlatimiz harbiy yutuqlari, harbiy qurilishning ilgʻ or tajribalari va fanidan foydalanildi. Jangovar vazifalarni hal qilishning yanada samarali imkoniyatlarini izlash borasida faol ish olib borildi. Bunda, albatta, ekstremizm va xalqaro terrorizm faoliyatining faollashuvi kabi yangi omillarga qarshi kurash ham nazarda tutildi. Islohot shaxsiy tarkibni ma ʼnaviyaxloqiy tarbiyalashni, ularning professional tayyorgarligini va qayta tayyorlashni tashkil etishning butun tizimini qaytadan koʻrib chiqishni koʻzda tutadi. U jangchilarda Vatanga muhabbat va sadoqatni, yuksak ma ʼnaviy fazilatlar va mustahkam irodani tarbiyalashga, professionalizmni, a ʼlo jangovar tayyorgarlikni taʼminlashga yo ʻnaltirilgan.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tizimida olib borilgan islohotlar, davlat mudofaasini tashkil etish borasida toʻplangan tajribalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining „Mudofaa to`g`risida“gi qonuni Oliy Majlisning 2chaqiriq 5sessiyasida 2001-yil 11-mayda yangi tahrirda tasdiqlandi.

Qonun davlat mudofaasining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy tadbirlar majmuidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa masalasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi, harbiy okruglar, vazirliklar, davlat qo ʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning o ʻz-o ʻzini boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda mamlakat fuqarolarining davlat mudofaasini taʼminlashdagi vakolatlarini belgilab berdi.

Mudofaa va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo ʻmondoni amalga oshiradi. Urush sharoitida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bir paytning o ʻzida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo ʻmondonining o ʻrinbosari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitupiyasida belgilangan tartibga koʻ ra, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo ʻmondoni O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan birbirini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e ʼlon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi; Qurolli Kuchlarning oliy qo ʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o ʻ z tasarrufidagi qo ʻshinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo ʻshinlarining zamonaviy qurolyarogʻlar, harbiy texnika va moddiytexnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini taʼminlaydi.

Qoʻshinlarni operativ boshqaruvini tashkil etish maqsadida Harbiy okruglar tashkil etildi. Harbiy okrug bu — operatsion yo ʻnalishlarda O ʻzbekiston Respublikasining xavfsizligini ta ʼminlovchi asosiy harbiyma ʼmuriy birlik hamda umumqo ʻshin tezkorstrategik hududiy birlashmasidir. Harbiy okruglar tashkil etilishi bilan qo ʻshinlar va qismlarni qayta joylashtirish amalga oshirildi. Bu ularni eng muhim strategik yo ʻnalishlarda jamlashga, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi. Bugungi kunda har bir harbiy okrug, yirik qismlar oʻz oʻ quv poligonlariga ega va ularda harbiy texnikani boshqarish ko ʻnikmalarini hosil qilish, jangovar qurollardan otish, artilleriya, havo janggi tayyorgarligi, vzvod, batalon, qism tarkibida taktik o ʻ quv mashg ʻulotlarini o ʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Harbiy islohotlar strategiyasi asosida son jihatidan uncha katta boʻlmagan, zamonaviy qurolyarogʻ va texnika bilan qurollangan armiyani, jangovar harakatlar olib borishning eng samarali usullarini egallagan va har qanday bosqinchi kuchlarga qarshi turishga hamda zarba berishga qodir boʻlgan tezkor, har tomonlama o ʻziga suyangan va taʼminlangan qismlarni tuzish asoslari yaratildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Mudofaa vazirligining Toshkent umumqo ʻshin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandirmuhandislar, Chirchiq tankchi komandirmuhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalar universitetining maxsus aloqa fakulteti, Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy texnika maktabida Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 1995 yil 2 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi ochildi. Harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, Urganch va Fargʻ ona shahrilarida harbiy mutaxassisliklarga yo ʻnaltirilgan litseylar faoliyat koʻrsatmoqda. Harbiy litsey tinglovchilari 2 yil mobaynida harbiy koʻnikma toʻplab, o ʻzlari tanlagan qo ʻshin turlari boʻyicha oliy harbiy bilim yurtiga yo ʻl oladilar.

Qurolli kuchlar - harbiy harakatlar (hujum yoki mudofaa) olib borish hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat tomonidan taʼminlanuvchi qurollangan kishilarning uyushgan birlashmasi; siyosiy hokimiyatning muhim tarmogʻi.

Qurolli kuchlarning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga ajralishi va davlat paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Quldorlik davlatlarining qoʻshinlari, asosan, harbiy yoʻlboshchilar yoki shohlarning drujinalaridan, erkin xalq lashkarlaridan iborat boʻlgan. Misr, Yuno-niston, Rim va boshqa davlatlarda harbiy-dengiz floti tuzilgan. Mulkchilik munosabatlari rivojlana borgan sari vassalliklar lashkarlari Qurolli kuchlarning asosini tashkil etgan. Har bir mulkdor mohir jangchi boʻlib, oʻz qurolli otryadiga ega boʻlgan. Gʻarbiy Yevropada piyoda askarlar ahamiyatini yoʻqotib, ogʻir qurollangan otliq ritsarlar asosiy kuchga aylangan. Sharqda arablar, turklar, moʻgʻullar va boshqalarning davlatlarida Qurolli kuchlar, asosan, ogʻir va yengil qurollangan otliq askarlardan iborat boʻlgan (qarang Armiya).

18-asr oxirida Yevropa davlatlari (Fransiya va boshqalar)da umumiy harbiy xizmat majburiyati joriy etildi. 19-asr oxirlariga kelib rivojlangan davlatlar Qurolli kuchlari soni keskin koʻpaydi. 20-asr boshlarida yangi jangovar texnika paydo boʻldi, transportning rivojlanishi kadr prinsipi asosida tuzilgan armiya va harbiydengiz floti yaratilishiga olib keldi. Keyinchalik qurollanish poygasi avj oldi va yirik davlatlar qurolli kuchlari jadal koʻpaya boshladi. Fan va texnikaning eng yangi yutuklaridan harbiy maqsadlarda foydalanish keng yoʻlga qoʻyildi. Yangicha qoʻshin turlari vujudga keldi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Qurolli kuchlar ham miqdor, ham sifat jihatdan oʻsdi. Qoʻshinlar mexanizatsiyalashtirildi va motorlashtirildi, artilleriya va tanklar soni ortdi, reaktiv artilleriya va ballistik hamda qanotli raketalarning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz floti rivojlandi. Operativ birlashmalar (quruqlikdagi qoʻshinlarda — front yoki armiyalar guruhi, harbiy-dengiz flotida — flot) vu-judga keldi. 1945 yil AQShda, 1949 yil sobiq SSSRda, keyinroq Buyuk Bri-taniya, Fransiya va Xitoyda atom quroli paydo boʻldi.

Qurolli kuchlar turlariga quyidagilar kiradi: quruqlikdagi qoʻshinlar, strategik maqsaddagi raketa qoʻshinlari, mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari, harbiy-havo kuchlari, harbiidengiz floti. Qurolli kuchlar turlari boʻlinma, qism, qoʻshilma, shuningdek, birlashma (asosan, urush davrida)larga uyushgan qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlardan tashkil topadi. Qurolli kuchlarda yagona tashkiliy tizim, shaxsiy tarkibni oʻqitish va tarbiyalashning , komandir kadrlarni tayyorlashning , xizmatni oʻtashning umumiy tartibi mavjud. Taraqqiy etgan davlatlarning zamonaviy Qurolli kuchlari eng yangi jangovar texnika, shuningdek, raketa-yadro quroli bilan taʼminlangan boʻlib, yuksak tayyorgarlikka, keng jangovar imkoniyatlarga eg


Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling