CHEGARA QO‘SHINLARI
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakat rahbariyati, shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Chegara qo‘shinlari shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratilganligini ta’kidlab o‘tmoq joizdir.
Chegara qo‘shinlarining shakllanish solnomasi 1992- yildan boshlangan. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijasida mustaqil davlatlar tashkil topishi, millatlararo, etnik va diniy xarakterdagi ziddiy atlarning keskinlashuvi chegara qo‘shinlarini tashkil etish jarayonini yanada jadallashtirib yubordi.Yosh suveren davlatimizning chegarasini ishonchli qo‘riqlash, milliy xavfsizlikni ta’minlash vazifasi olgari surildi.
1992- yil24- martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |